Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Davlatning xalqaro-huquqiy pozitsiyasi (Mejdunarodno-pravovaya pozitsiya gosudarstva)


Download 4.26 Mb.
bet75/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Davlatning xalqaro-huquqiy pozitsiyasi (Mejdunarodno-pravovaya pozitsiya gosudarstva) – xalqaro hayotning muayyan masalasi borasida alohida olingan davlatning rasmiy nuqtai-nazari. U davlatning milliy manfaatlariga asoslanadi. Davlatning xalqaro-huquqiy pozitsiyasi, odatda, davlat rahbari bayonotlari, milliy qonunchilik hujjatlari va tashqi siyosiy tashabbuslarda o’z ifodasini topadi.


Xalqaro huquqiy vositalar (Mejdunarodno-pravovo’e sredstva) – xalqaro huquqni amalga oshirish va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashga oid tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar majmui. Xalqaro huquqiy vositalar: xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsip va normalarini; mintaqaviy institutlarni; tinchlikparvar kuchlarni; xalqaro-huquqiy hujjatlarni (ikki tomonlama va ko’p tomonlama bitimlarni, mintaqaviy tashkilotlarning ta’sis hujjatlarini); zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashuvchi tuzilmalarni (masalan, antiterror tuzilmalar, tezkor harakatlanuvchi kollektiv kuchlarni) va boshqalarni o’z ichiga oladi.


Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar (Mejdunarodno’e mejpravitelstvenno’e organizatsii) – umumiy maqsadlarG’manfaatlarga erishishG’ta’minlash maqsadida uch va undan ortiq davlatlar tomonidan xalqaro shartnoma tuzish asosida ta’sis etiladigan rasmiy xalqaro institutlar. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning nisbatan yangi sub’ektlari hisoblanadi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida xalqaro hamjamiyat a’zolarining manfaatlari muntazam faoliyat yurituvchi muvofiqlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratilishini taqozo etdi. Mazkur tashkilotlar uchun quyidagi xalqaro-huquqiy belgilar xos: ta’sis hujjatlari; doimiy ravishda faoliyat yurituvchi va ishchi organlar; davlatlar a’zoligi; maqsad va vazifalar. Turli xildagi xalqaro hukumatlararo tashkilotlar mavjud: universal va mintaqaviy (ishtirokchilar doirasiga ko’ra); umumiy va maxsus vakolat (faoliyat ko’lami bo’yicha); davlatlararo va davlatlardan ustun turuvchi (vakolat xususiyati bo’yicha); ochiq va yopiq (a’zo bo’lish tartibiga ko’ra). Hozirgi kunda dunyoda 300 ga yaqin xalqaro hukumatlararo tashkilotlar mavjud. O’zbekiston ... dan ortiq xalqaro tashkilotga a’zo.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling