Guliston davlat universiteti


Download 109.36 Kb.
bet12/29
Sana19.11.2021
Hajmi109.36 Kb.
#175687
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
KURS ISHI 1-19 ALLOBERDIYEV U

Uchunchidan-fanning ko’chkisimon rivoji va shu qonuniyat bilan o’suvchi ilmiy-texnikaviy axborot, axborotni uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi,uning asosida esa kompyuter texnikasi yotadi.Ushbu zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanish,asosan individual tarzda ishlash orqali amalgam oshiriladi.Shunday ekan,zamonaviy o’qitish tizimining asosiy o’zagi-o’qitishni individuallashtirish deb hisoblash mumkin.Shuning uchun o’qitishni individuallashtirish, mustaqil ta’lim,masofaviy o’qitish tizimi texnologiyalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish dolzarb masalaga aylanib qoldi.

To’rtinchidan-muhandislik yechimlar turning keskin ko’payishi ilmiy-texnik taraqqiyotning xususiyati hisoblanadi.Materillar,texnologik jarayonlar, mashinalar konstruksiyalarining zudlik bilan almashinuvi sodir bo’ladi.Boshqaruv tizimining avtomatlashuv darajasi oshadi va ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishnga qo’llash muddatlari qisqaradi. Masalan,telefon aloqasi kashfiyoti bilan undan foydalanish orasida 56 yil o’tgan bo’lsa, radioga-35,televizorga-14, atom energijyasiga -6, tranzistorga-5 yil o’tdi.Hozirgi paytda bu muddat,odatda 1 yilga ham yetmaydi.

13

Shunday qilib, oily ma’lumotli mutaxassislar tayyorlovchi tizim,ularda ishlab chiqarish ,texnika,texnologiyaning uzluksiz o’zgarib turuvchi sharoitiga zudlik bilan moslashuvchanlikni shakllantirishga yo’naltirishi zarur.Ular bilimlar harakatlanuvchi,tanqidiy fikrlash,ijod va kasbiy faoliyatida epchillik kabi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim.



Beshinchidan-ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida uning yuksalib boruvchi talablariga javob beradigan mutaxassislarni oily maktabda tayyorlash uchun o’qitishni jadallashtirish ,o’qitishda inson organizmining ,uning ongining butun imkoniyatlaridan to’la foydalanish zarur bo’ladi.Ya’ni, ko’rsatmali o’qitish metodlaridan foydalanishni jadallashtirish lozim.Bu esa, o’qitish jarayonida axborotlar berishda ,o’quv materiallini tizimlash va turkumlash usullari, o’qitishni kompyuterlash,o’quv televideniyasidan foydalanish va h.k.ni anglatadi.

Oltinchidan-har bir odam tabiatan faqat o’ziga xos o’qish va o’rganishdagi zehni,qobiliyatiga ega bo’ladi.Demak,zamonaviy o’qitish tizimining vazifasi o’quvchining individual qobiliyatini hisobga olish va rivojlantirishdan iborat bo’lishi kerak.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvi sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning farqli xususiyatlari bilan ajralib turadi.Mashina va jihozlar unumdorligi, ular puxtaligining ko’p marotaba oshganligi tufayli mahsulot birligiga sarf qilinadigan energiya ham bir necha marotaba kamayadi.Bu sharoitlar kadrlar tayyorlash tizimiga tegishli talablar qo’ya boshladi.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvidan oldingi davrda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori puxtaligi va sifati bilan ajralib turmas edi.Shuning uchun mahsulotlar uchun kafolatli ta’mir muddatlari o’rnatilgan edi,kafolatli ta’mir esa ishlab chiqarish korxonalari hisobidan bajarilar edi.Mazkur sharoitlarda an’anaviy o’qitish tizimi,ishlab chiqarish talabiga javob berar edi.Ishlab chiqarish sharoitining o’zgarishi bilan an’anaviy o’qitish asosida tayyorlangan mutaxassislar sifati qo’yiladigan talablarga javob bera olmay qo’ydi.

O’qitishning ommaviyligi o’sib kelayotgan bir sharoitda ko’pchilik kadrlarni tayyorlash sifati darajasi ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining o’sish sur’atidan,ya’ni ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvidan ancha orqada qola boshladi.

14


Download 109.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling