Guliston davlat universitеti
Madaniyatning sohalar va ko„rinishlar bo„yicha tasnifi, madaniyat va
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Madaniyatning sohalar va ko„rinishlar bo„yicha tasnifi, madaniyat va
san‟atning funksiyalari. Madaniyat tushunchasi keng va tor ma‘nolarga ega. Keng ma‘nodagi 7 madaniyat tushunchasi o‗ziga butun inson amaliy faoliyati natijasida bunyod etilgan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklarni qamrab oladi. Madaniyat bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida, ya‘ni tabiat va jamiyatni o‗zgartirisliga qaratilgan mehnat faoliyati jarayonida vujudga keltirilgan barcha boyliklar majmuyidan iboratdir. Tor ma‘nodagi madaniyat tushunchasi insoniyat ma‘naviy hayoti sohasini qamrab oluvchi barcha sohalarga nisbatan ishlatiladi. Madaniyat, birinchidan, insonning biologik va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi iste'mol vositalari shaklida, ikkinchidan, ishlab chiqarish faoliyati mahsuli sifatida olib qaraladi va ikkiga: moddiy hamda ma‟naviy madaniyat kabi turga ajratiladi. Moddiy madaniyat – bu, eng avvalo, mehnat qurollari, transport, aloqa vositalari, uy-joylar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar, har xil buyumlar, xullas, insoniyatning moddiy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha narsalar hamda kishilarning ishlab chiqarish tajribalari, ko‗nikmalari va mahoratlaridir. Ma‟naviy madaniyat esa kishilarning bilimlari, tajribalari, urf-odatlari, xulq- atvorlari, fan, adabiyot, san‘at, falsafa, axloq, huquq, ilmiy dunyoqarash, diniy e‘tiqodlari, ta‘lim-tarbiya, matbuot, xullas, insoniyatning ma‘naviy ehtiyojlarini qondiruvchi barcha ma‘naviy boyliklardir. Madaniyat o‗z taraqqiyoti jarayonida ayrim tarmoqlarga ham bo‗linib boradi. Masalan, ma‟naviy madaniyat, badiiy madaniyat, estetik madaniyat, axloqiy madaniyat, kiyinish madaniyati, muomala madaniyati va boshqalarga bo‗linsa, moddiy madaniyat texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, qurilish madaniyati, turmush madaniyati kabi tarmoqlarga ajraladi. O‗z navbatida, bu tarmoqlar bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan turli-tuman tushuncha va xatti- harakatlarni qamrab oladi. Masalan, turmush madaniyati uy-joy qurilishidagi ko‗rkamlik, kiyim-kechak, poyafzal, oshxona, uy jihozlari, ozodalik, pazandalik, oila va jamiyatda maishiy xizmat va dam olishni tashkil etishni qamrab olishini tushunamiz. Moddiy va ma‘naviy madaniyatlarni bir-biridan ajralgan, alohida holda tasavvur qilish mumkin emas. Aslida, moddiy madaniyat ham, ma'naviy madaniyat ham insoniy faoliyat natijasidir. Lekin har qanday insoniy faoliyat ma‘naviy boylik bo‗la olmaydi. Moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish yagona ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining ikki tomoni hisoblanib, bu jarayonda moddiy ishlab chiqarish belgilovchi rol o‗ynaydi. Chunki moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish muayyan jamiyatning barcha tomonlarini, shu jumladan, ma‘naviy ishlab chiqarish jarayonini ham belgilab beradi. Aslida ma‘naviy ishlab chiqarish – bu ijtimoiy ong shakllarini tashkil etuvchi davlat, oila, mafkura, huquq, axloq, fan, san‘at, diniy e‘tiqodlar va boshqalarni ishlab chiqarishdir. Moddiy va ma‘naviy madaniyatlarning o‗zaro bog‗liqligi kishilarning ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarining moddiy ko‗rinishga aylanishida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Masalan, madaniy qadriyatlarda ehtiyojlar, qobiliyatlar, maqsadlar ham ma‘naviy ko‗rinishda, ham moddiy ko‗rinishda namoyon bo‗ladi. Biz yashab turgan dunyoda moddiy va ma‘naviy madaniyatning unsurlari bir 8 butunlik va o‗zaro ta‘sir doirasida mavjud bo‗ladi. Masalan, moddiy va madaniy boyliklarni yaratishda mehnat qurollari: ish qurollari, texnika, texnologiya, uy- ro‗zg‗or buyumlari va boshqalar moddiy madaniyatdagi; so‗z, xatti-harakat, bo‗yoq, loyiha, qog‗oz, yozuv qurollari va boshqalar ma‘naviy madaniyatdagi asosiy mehnat qurollari hisoblanadi. Moddiy va ma‘naviy madaniyatlar nafaqat o‗zaro bir-biri bilan bog‗liq holda mavjud bo‗ladi, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi farqli jihatlar ham ko‗zga tashlanib turadi. Bu farq, birinchidan, ma‘naviy madaniyatning ikki shaklda - predmetlar va faoliyatning mahsuli sifatida mavjud bo‗lishida ko‗zga tashlanadi. Kitoblar, tasviriy va haykaltaroshlik san‘ati asarlari, me‘moriy yodgorliklar, kinofilmlar, televideniye va boshqalar ma‘naviy madaniyatning moddiy, ya‘ni predmet shaklidagi ko‗rinishlaridir. Sozanda, xonanda, raqqos, aktyor, suxandon. pedagoglarning va targ‗ibotchilarning ijro hamda mahoratlari faoliyatning mahsullari hisoblanadi. Moddiy madaniy boyliklar vaqt o‗tishi bilan eskiradi, vayron bo‗ladi, buziladi, xizmat vazifasini o‗tab, nom-nishonsiz yo‗q bo‗lib ketishi mumkin. Ma‘naviy madaniy boyliklar esa asrlar o‗tsa-da, keyingi avlodlar ongi va ko‗z o‗ngida milliy qadriyatlar shaklida saqlanib qoladi. Ulardagi asosiy mazmun, g‗oyalar, tamoyillar, me‘yorlar avlodlardan avlodlarga o‗tadi, abadiy yashab qoladi. Ular har bir tarixiy-madaniy jarayonda ijtimoiy taraqqiyotga yordam beradi. Moddiy va ma'naviy madaniyatlar o‗rtasidagi ikkinchi farqli jihat insonning moddiy ehtiyojlari – oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalarga bo‗lgan ehtiyojlari ma‘lum darajada cheklangan bo‗ladi. Ma‘naviy ehtiyojlari, ya‘ni bilim olish, san‘at asarlarini tomosha qilish yoki tinglashi, fan sohalarini o‗rganishi, kishilar bilan muloqotda bo‗lishi, urf-odatlar, marosimlarni tashkil etishi yoki undagi ishtiroki hamda aqliy faoliyatning boshqa turlariga ehtiyoji doimo va to‗xtovsiz ravishda oshib boradi. Uchinchidan, moddiy va ma‘naviy madaniyat o‗rtasidagi farqlardan yana biri shuki, moddiy qadriyatlar (moddiy madaniyat) ko‗proq iste‘molga mo‗ljallangan bo‗lsa, ma'naviy qadriyatlar (ma‘naviy madaniyat) inson shaxsini shakllantirishga, uni kamol toptirishga xizmat qiladi. To‗rtinchidan, moddiy madaniyatning turli elementlari aniq ehtiyojlarni qondirishga mo‗ljallangan boladi. Masalan, mehnat qurollari faqat ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga, oziq-ovqat faqat tirik organizmning moddalar almashinuvi ehtiyojini qondirishga, kiyim-kechaklar tabiat hodisalari ta‘siridan saqlanishga xizmat qiladi. Shuningdek, transport va aloqa vositalarining, uy- ro‗zg‗or buyumlarining ham aniq bir vazifalari mavjud. Ma‘naviy madaniyatning har bir unsuri ko‗p qirrali xususiyatga ega bo‗ladi, ya‘ni o‗zida boshqa elementlar (tarkibiy qismlar)ning vazifalarini birlashtiradi. Masalan, san‘atni olib qarasak, u nafaqat badiiy estetik, balki siyosiy, axloqiy, mafkuraviy, diniy mazmunga ham ega bo‗ladi. Yoki huquq o‗zida axloqiy, siyosiy, mafkuraviy va hatto, diniy mazmun-mohiyatni birlashtiradi. Ma‘naviy qadriyatlarda ham siyosiy, mafkuraviy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, estetik, diniy mazmun birlashib keladi. 9 Madaniyat ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida jamiyatning rivojlanishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmasdan qolmaydi. Bu ta‘sir madaniyatning jamiyat hayotida bajaradigan vazifalarida o‗z ifodasini topadi: 1) bilish funksiyasi; 2) axborot berish (informativ) vazifasi; 3) aloqa bog„lashlik (kommunikativ) vazifasi; 4) tartibga solish (regulativ) vazifasi; 5) baholash vazifasi. San‘at ham turli ko‗rinishlari bilan o‗ziga xos badiiy-estetik qadriyatlarni to‗plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiyatiga ega bo‗lgan estetik tizimni tashkil etadi. San‘at tasviriy san‟at, me‟morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino,sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va boshqalarni o‗z ichiga oladi. San‘atning turlari o‗z predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Masalan, adabiyotda asosiy ifoda vositasi bo‗lib til xizmat qiladi; tasviriy san‘atda bo‗yoqlar orqali konkret-hissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pyesa qahramonlarining siymosi aktyorlarda o‗z aksini topadi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling