Guliston davlat universitеti
Antik davr madaniyati va san‟ati
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Antik davr madaniyati va san‟ati
Aleksandr Makedonskiyning Markaziy Osiyo hududlarini zabt etishi natijasida yunonlar bilan mahalliy xalqlar, Yevropa bilan Osiyo o‗rtasida o‗zaro iqtisodiy-madaniy aloqalar vujudga kelgan. Yunonlar osiyoliklarning madaniyatiga, osiyoliklar esa yunonlar madaniyatiga qiziqish bilan qaray 25 boshlaganlar. Makedonskiy qo‗shinlari bilan bosqinchilik va qirg‗in urush dahshatlari kirib kelgan bo‗lsa, shu bilan birga, o‗ziga xos yunon madaniyati ham kirib kelgan. Yunon tili davlat tili hisoblangan. Yunon yozuvi hatto islom dini kirib kelgunga qadar ham muomalada bo‗lgan. Aleksandr Makedonskiy o‗rta osiyoliklarning madaniyati va san‘atiga, urf- odatlari, marosimlari, diniy e‘tiqodlari va hatto, kiyim-kechagiga alohida e‘tibor berish orqali mahalliy xalq va yunon istilochilari o‗rtasidagi qarama-qarshiliklarni, ziddiyatlar va kelishmovchiliklarni bartaraf etisliga, turli xalqlar qorishig‗ini vujudga keltirish hamda yagona til va madaniyat birligini qaror toptirishga harakat qiladi. Natijada u saroyda mahalliy xalq udumlari va liboslarini joriy qiladi, mahalliy aholi bolalari uchun yunon maktablarini tashkil etadi, aralash nikohga yo‗l ochadi. Makedonskiy o‗z bosqinchilik siyosatini hamda Yunon-Makedoniya ta‘sirini singdirishda mahalliy shart-sharoitni, xalqning azaliy an‘analari, marosimlari va diniy e‘tiqodini hisobga olgan bo‗lsa, Salavkiylar bu siyosatni amalga oshirishda qattiqqo‗llik, ya‘ni G‗arbga xos diktatura siyosatidan foydalandi. Mahalliy aholini, uning madaniyatini umuman inkor etish, noiblarni faqat yunonliklar orasidan tayinlash, mahalliy boshqaruvda ko‗plab harbiy istehkomlar, inshootlar qurib, harbiy kuch orqali aholini bo‗ysundirib turish tadbirlariga zo‗r berganlar. Chunonchi, Aleksandrning yunon va mahalliy madaniyatlarni o‗zaro uyg‗unlashtirishdagi sa‘y-harakatlari bo‗lganini bilgan holda, salavkiylarning, aksincha, tobe xalqlar orasida faqat yunon madaniyatini targ‗ib ectishni vazifa deb bilganliklarini qayd etish lozim. Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan eng yirik antik davlatlardan bo‗lgan Yunon-Baqtriya davlati davridagi madaniyat ellinizm va mahalliy xalq madaniyatining o‗ziga xos, ya‘ni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘naviy hayot va mafkurada ellinizm va mahalliy xalq madaniyatlarining uyg‗unlashuvi tarzida ro‗y bergan. Mahalliy badiiy uslub natijasida yaratilgan buyumlar: oltin va kumush kosa, lagan, medalyonlarga turli xil afsonalar, marosimlar, bayramlarning elementlari, xudolar, o‗simlik va hayvonlar tasviri tushirilgan. Xudolardan Anaxita va Mitra, olma ushlab turgan ona va chavandoz haykallari yaratilgan. Ellinizm madaniyatining, shu jumladan, Yunon-Baqtriya davlatchiligi va madaniyatining rivojlanishida o‗sha davr yunon-baqtriyaliklar dinlarining sintezlashuvi muhim rol o‗ynagan. Bu davrning hukmron dini zardushtiylik bo‗lsa-da, mahalliy diniy tasavvurlar yunon mifologiyasidagi timsollar bilan chatishib ketgan. Ikkala xalq e‘tiqod qilgan xudolarning tangalar va ibodatxonalarni bezab turuvchi suratlari hamda haykallar va boshqalarda birgalikda tasvirlanishi yunon madaniyatining hukmronlikni butunlay o‗z ixtiyoriga olmaganligini ko‗rsatadi. Yoki yunonlar e‘tiqod qiluvchi xudolar mahalliy xalq kiyimida, Zevs, Gelios kabi Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling