Guliston davlat universitеti


Tuproqqal‟adagi “Jangchilar zali”


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Tuproqqal‟adagi “Jangchilar zali” 


22 
Qadimda har bir rivojlangan davlatning o‗z 
yozuvi mavjud bo‗lganidek, Qadimgi Xorazm ning 
ham eng katta ma‘naviy boyligi - yozuvi mavjud 
bo‗lgan. Qadimgi Xorazm yozuvi taxminlarga ko‗ra 
m.a. ILI asrning oxirlari va II asrning boshlarida 
oromiy yozuvi ta‘siri ostida shakllangan. Qadimgi 
Xorazm yozuvining dastlabki namunasi ilk bor 
S.P.Tolstov 
rahbarligidagi 
ekspeditsiyaning 
Oybo‗yirqal‘a va Qo‗yqirilganqal‘ada olib borgan 
tekshiruvlar 
natijasida 
topilgan 
edi. 
Eroncha 
«Aspabarak» yoki «Aspabadak» («Otda ketayotgan») so‗zi xumcha chanbaragi 
ostiga yozib qo‗yilgan. Bundan tashqari yana xumcha va ayolni tasvirlovchi 
haykalchaning orqa tomoniga yozilgan boshqa yozuvlar ham topilgan. 
Umuman olganda, qadimgi xorazmliklarning afsonalari, yozuvi va diniy 
qarashiari qal‘alardan topilgan san‘at va hunarmandchilik namunalari bu o‗lka 
xalqlarining ma‘naviy madaniyati, estetik didi va dunyoqarashi nihoyatda yuqori 
bo‗lganligini ko‗rsatadi. 
Qadimgi davrda madaniy-iqtisodiy jihatdan yuksalgan davlatlardan biri 
Baqtriya davlati hisoblangan. G‗arb va Sharqqa boradigan savdo yo‗lining 
markazida joylashgan qadimgi Baqtriya davlati nafaqat Markaziy Osiyo 
hududidagi moddiy va ma‘naviy madaniyatning taraqqiyotiga, balki o‗ziga qo‗shni 
bo‗lgan boshqa davlatlarning madaniy-iqtisodiy taraqqiyotiga ham sezilarli ta'sir 
ko‗rsatgan. 
Baqtriya yirik shaharlar, qasrlar, istehkomli qal‘alar va ibodatxonalari ko‗p 
bo‗lgan mamlakat hisoblangan. Shu sababli qadimgi Baqtriya «Shaharlar 
mamlakati» deb atalgan.
Bu shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangan. Baqtriyaning 
shimoliy hududlari (Kobadiyon)dan topilgan «Amudaryo xazinasi» nomi bilan 
mashhur bo‗lgan buyumlar - 179 oltin, 7 kumush buyumlari va o‗sha zamonda 
zarb qilingan 1500 dona kumush va chaqa tangalar (ular orasida Yunon-Baqtriya 
podshohlari — Diodot va Yevtidemlar tomonidan zarb qilingan tangalar ham bor), 
oltin zeb-ziynatlar, bilaguzuk, uzuk, maijon, quyma oltindan yasalgan odam, ot-
arava, echki, g‗oz, baliq va boshqa hayvonlarning haykalchalari, oltin jomlar 
Yunon-Baqtriya davlatida nafaqat hunarmandchilik va zargarlikning naqadar 
rivojlanganligidan, balki qadimgi baqtriyaliklarning yuksak estetik tafakkurga ega 
bo‗lganligidan ham dalolat beradi. 
Baqtriya davlati eronlik ahamoniylar hukmronligi ostida 
yashagan paytda Eron madaniyati ta‘siri, ayniqsa, mahalliy 
xalq tilida sezilarli darajada bo‗lgan. Aleksandr Makedonskiy 
(Iskandar Zulqarnayn) boshchiligidagi yunon- makedonlar 
istilosi davriga kelib yunon madaniyati ta‘siri kuchaygan. M.a. 
ILI asrdan to Kushonlar davrigacha bo‗lgan uzoq davr 
davomida qadimgi Baqtriya madaniyatining rivoji bevosita 
ellinistik madaniyat ta‘siri ostida tadrijiy ravishda rivojlangan. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling