Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Ostadon
19 qarama- qarshi kuchlaming ayovsiz kurashi natijasi, deb hisoblanadi. Bu kurashda yaxshilik va ezgulikka qarshi yovuz kuchlar qarama-qarshi turadi. Zardushtiylik falsafasida, birinchidan, butun olam ikkiga bo‗linib, bir- biriga qarama-qarshi kuchlar, qarama-qarshi harakatlar, tasavvurlar va boshqalarning doimiy harakati, olam hodisalarining oddiydan murakkablikka rivojlanishi (olamning to‗rt bosqichda yaratilishi), bir-biriga qarama-qarshi bo‗lgan kuchlar — Ahuramazda va uning yordamchilari, Axriman va uning tarafdorlarining quyidan yuqoriga, yuqoridan quyiga qarab joylashtirilishi, qarama-qarshi kuchlarning to‗xtovsiz va ayovsiz kurashishi talqinida beriladi. Ikkinchidan, zardushtiylik falsafasida to‗rt unsur - yer, havo, suv, olov e‘zozlanadi. Zardushtiylikda dehqonchilik, yer va unga ishlov berishga alohida e'tibor beriladi. Muqaddas matnlarda kimki bekor yotgan (o‗lik) yerga suv chiqarib ishlov bersa, u keyingi hayotida mukofot oladi, deyiladi. Hosil berib turgan yerga ishlov bermaslik, sug‗orish tizimini buzish va yerni cho‗lga aylanlirish katta gunoh hisoblangan, buning uchun Ahuramazda gunohkorni qattiq jazolaydi, deb ta‘kidlanadi. Zardushtiylik dini o‗zidan oldingi tabiat kuchlarini ilohiylashtirishga qaratilgan qabilaviy dinlardan o‗zining birmuncha ilg‗orligi va yakka xudo - Ahuramazdaga e‘tiqod qilishi bilan ajralib turadi. U behuda qon to‗kuvchi qurbonliklar, harbiy to‗qnashuvlar, bosqinchiliklarni qoralab, o‗troq va osoyishta hayot kechirishni, mehnat qilishni, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‗ullanishni da‘vat qiladi. Zardushtiylik xalq madaniyatining nodir yodgorligi sifatida muhim qiymatga ega bo‗lib, birinchidan, u qadimgi Sharqda vujudga kelgan bir qator dinlar, dastlab yahudiy dinining, so‗ngra jahon dinlariga aylangan islom va nasroniylik dinlariga asos bo‗lib xizmat qilgan. Ikkinchidan, Zardushtiylik ta‘limotiga binoan xudo, quyosh, olov kabilar inson uchun eng zarur hisoblangan narsalar (yer, hayvon, o‗simlik, suv va b.)da namoyon bo‗ladi. Bu esa panteistik falsafaning vujudga kelishiga sabab bo‗ladi. Uchinchidan, ajdodlarimizdan meros bo‗lib o‗tib kelayotgan axloqiy me‘yorlarning shakllanishiga katta ta‘sir qiladi. Chunki avlod-ajdodlarimiz qadim- qadimdan tabiatni, yer, suv, daraxt, o‗simlik va jonivorlarni e‘zozlab keladi. To‗rtinchidan, zardushtiylik dini qadimgi yunon madaniyatining rivojlanishiga ham ta‘sir ko‗rsatgan. Chunki yunonlar Zardusht haqida ko‗plab hikoyalar eshitganlar va bu din hamda uning ta‘limoti haqida muayyan tasavvurga ega bo‗lganlar. Turkiy asotirlarda ham Quyoshga sig‗inish, unga atab qurbonlildar qilish, turli xil marosimlar o‗tkazish haqida ma‘lumotlar uchraydi. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati turli tillarda so‗zlashuvchi xalqlar tomonidan yatratilgan M.a. I ming yillikning o‗rtalaridan boshlab Markaziy Osiyo hududlariga turkiy qabilalarning tez-tez ko‗chib kelishlari natijasida, bu yerlarda turli xil tillarning shakllanish jarayoni ro‗y beradi. Murakkab tarixiy jarayonlar tufayli Markaziy Osiyoning ko‗pgina hududlarida forsiy va turkiy xalqlar tillari vujudga kelgan. Bu tillarda so‗zlashuvchi turli etnik guruhlarning iqtisodiy- 20 madaniy aloqalari natijasida urf-odatlari, marosimlari, yashash tarzi, ma'naviy madaniyati bir-biriga o‗xshash bo‗lgan hozirgi Markaziy osiyoliklarning qadimgi ajdodlari shakllangan. O‗rta Osiyo xalqlarining yagona tarixiy makonda shakllangan madaniyati bir qancha submadaniyatlardan tashkil topgan. Xususan, sak va massagetlar, xoraznliklar, baqtriyaliklar, so‗g‗diyonaliklar submadaniyati. Ularning diniy e‘tiqodlari, urf-odatlari, axloqiy me‘yorlardagi umumiyligi madaniy umumiylikning shakllanishida kata ahamiyatga ega bo‗lgan. Xususan, Strabon xorazmiylarni sak- massagetlar turkumiga kiritadi, qadimgi so‗g‗dlar va baqtriyaliklar turmush tarzi va xulq-atvori bilan o‗zaro farqlanmaydi, deydi. Tarixiy va arxeologik manbalarga ko‗ra xorazmiylar, baqtriyaliklar va so‗g‗diylar o‗z kiyim-kechaklari, bosh kiyimlari, qurol-aslahalari bilan saklardan farq qilmaganlar. Vohadagi elatlar saklar bilan deyarli bir tilda gaplashganlar. Etnik jihatdan dehqonchilik vohalarida joylashgan elatlarda Amudaryoning yuqori havzasidagi xorazmiylar, Gurgan quyi oqimidagi girkanlar, Kopetdog etaklaridagi umumiy nomdagi parfianlar, Murg‗ob havzasidagi marg‗iyonlar, Zarafshon, Qashqadaryo vohalaridagi so‗g‗dlar, Surxondaryo vohasidagi baqtriyaliklar va parkana (farg‗ona)liklar tarixiy manbalarda tilga olinadi. Yuqori Amudaryoning ikki sohilidagi barcha elatlar m.a. I ming yillik o‗rtalarida yuksak madaniyatga ega bo‗lib, irrigatsiya va qurilish inshootlarini, hunarmandchilik sirlarini egallagan, zo‗r ma‘naviy qadriyatlarni yaratgan etnik guruhlar, hatto qo‗shni davlatlarga o‗z ta‘sirini o‗tkazganlar. Hozir biz yashab turgan hududlarda qadim-qadimda sak, massaget va boshqa skiflar dunyosining vakillari yashagan. Keyinchalik skiflar hozirgi Volga, Don, Dunay daryolari bo‗ylarigacha bo‗lgan hududlarni bosib olganlar. «Skiflar Markaziy Osiyodan tarqalgan edi», - deb yozadi rus olimi A.B.Ditmar o‗zining «Skifiyadan Elefantingacha» nomli asarida. Demak, turli sabablarga ko‗ra (bizningcha, o‗zaro qabilaviy kelishmovchiliklar natijasida) Markaziy Osiyo hududlaridan ketib qolgan skiflar Yevropaning ancha ichkarisigacha cho‗zilgan bepoyon o‗lkalarga kirib borib yashaganlar va u yerlarda o‗ziga xos madaniyatni yaratganlar. Olib borilgan arxeologik qazishmalar hamda yozma manbalar qadimgi Xorazm madaniyati yuksak darajada rivojlanganligini ко‘rsatadi. Qadimgi Xorazm davlatining yuksak madaniy taraqqiyotga erishishida bir tomondan, Yaqin Sharq, Xitoy va Shimoliy Hindiston bilan, ikkinchi tomondan, Sharqiy va Janubiy Yevropa (ko‗proq Volga daryosi bo‗ylari) xalqlari bilan olib borgan madaniy- iqtisodiy aloqalari muhim rol o‗ynagan. ' Qadimgi Xorazm hukmdorlari mamlakatning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalishi uchun ko‗plab tadbirlarni: tangalar zarb qilish, boshqa davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish, sug‗orma dehqonchilikni kengaytirish ishlarini olib borganlar. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti ko‗plab shaharlar, qal'alar, qasrlar va istehkomlar qurilishida o‗z aksini topgan. Ko‗hna xarobalarni tekshinsh bu o‗lkada yirik suv inshootlari, qal‘alar, ko‗plab karvonsaroylar mavjud bo‗lganligini, shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq gurkirab 21 rivojlanganligini ko‗rsatadi. Qadimgi Ко‘zaliqir, Qal‘aliqir, Jonbosqal‘a, Tuproqqal‘a, Ayozqal‘a, Bozorqal‘a, Qangaqal‘a, Qirqqiz kabi ko‗plab qal'alarda olib borilgan arxeologik izlanishlar qadimgi Xorazmning nafaqat moddiy madaniyati, balki arxitektura va amaliy bezak san‘ati ham yuksak darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Birgina Tuproqqal‘adagi izlanishlarning o‗zi qadimgi Xorazm shaharlarining puxta reja asosida qurilganligini, qurilish san'ati yuksak darajada bo‗lganligini ko‗rsatadi. Qal‘adagi saroy nihoyatda mahobatli va go‗zal bunyod etilgan. Saroy ichida joylashgan «Podsho zali», «Jangchilar zali», «Raqqoslar zali», «G‗alaba zali» kabi ko‗plab zallarning har biri o‗ziga xos tarzda bezatilgan. Xorazm vohasidagi ko‗plab qadimiy qal‘alar o‗z qa‘rida xorazmliklarning badiiy dunyoqarashi namunalarini saqlab kelgan. Mashhur arxeolog S.P.Tolstov Jonbosqal'a va Tuproqqal‘a xarobalarini o‗rganib, Jonbosqal‘adan ko‗plab terrakota haykalchalari, Tuproqqal‘adan esa qadimgi xorazm hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalarni topadi. Shu boisdan ham S.P.Tolstov Jonbosqal‘ani «Haykallar muzeyi», Tuproqqal‘ani esa «Behisob tangalar muzeyi» deb atagan. Qal'alar (masalan, Qo‗yqirilganqal‘a) ichidan topilgan turfa ashyolar Qangyuy davrida (m.a. IV-I asrlarda) qal‘a aholisining madaniy hayoti, dunyoqarashi, turmush tarzi qanday bo‗iganligini ko‗rsatadi. Sopoldan yasalgan suvdonlarning tashqi bezaklari, og‗zi odam shaklida ishlangan kichik idishlar, ot va grifonlar surati tushirilgan turli xil rangdagi sopol ritonlar, kichik hajmdagi sopol haykalchalar, dastasi fil yoki ot boshiga o‗xshatib yasalgan ko‗zalar qadimgi Xorazm haykaltaroshligi va amahy bezak san‘ati haqida ma‘lumot beradi. Qal‘a xonalari devoriga ishlangan rang-barang naqshlar, hayvon va tasviri, ossuariy- ostadonlar tashqi bezaklari o‗sha davr san‘atkorlarining badiiy tafakkuri nihoyatda yuqori bo‗lganligidan dalolat beradi. Qadimgi Xorazm o‗lkasi tarixi va etnografiyasini keng tadqiq etgan S.P.Tolstov, Ya.G‗uIomov, l.Jabborov va boshqalar xorazmliklarning eng dastlabki diniy tasavvurlari animizm, totemizm, fetishizm, magik ko‗rinishda bo‗lganligi va m.a. I ming yillik o‗rtalariga kelib, quyosh so‗ngra esa olovga sig‗inganliklarini ko‗rsatib o‗tadilar. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling