Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Zarautsoy tasvirlari
13 ov manzaralarini tasvirlaganlar. O‗rta tosh (mezolit) asrining eng katta yutuqlaridan biri, kishilar tomonidan o‗q-yoyning kashf etilishi bo‗lgan. Bu ovchilikning rivojlanishiga sabab bo‗lgan. Ovchilikning rivojlanishi, o‗z navbatida, ayrim hayvonlarni qo‗lga o‗rgatishga olib kelgan. Bu davrga oid Machay g‗ori (Surxondaryo viloyati) topilmalari shuni ko‗rsatadiki, so‗nggi mezolit davriga kelib kishilar tosh qirg‗ichlar, pichoqlar, suyakdan bigiz va ignalar yasaganlar. Bu esa hayvon terilaridan kiyim tikib kiyish va turarjoy atroflari hamda tepasini terilar bilan bekitish imkonini bergan Mezolit davrida ibtidoiy rassomlar tabiatning u yoki bu kuchlariga bo‗lgan munosabatlarini, dunyoqarashlarini – u diniymi yoki dunyoviymi, bundan qat‘yi nazar, qoyalarga chizilgan rangli suratlar orqali ifodalab berganlar. Masalan, Zarautsoy qoya toshlaridagi suratlarning bir qismi qizil rang bilan ishlangan. Zarautsoy qoyalaridagi rasmlar orqali o‗rta tosh davri rassomlarining fikr doirasi, diniy tasavvurlari qay darajada rivojlanganligini bilib olsa bo‗ladi. Til va ongning asta-sekin paydo bo‗lishi natijasida obyektiv voqelik va uning turli xil hodisalari haqida tushuncha va tasavvurlarda o‗zgarishlar ro‗y bera boshlaydi. Ibtidoiy kishilarning eng sodda ko‗rinishdagi diniy va badiiy dunyoqarashi shakllana boshladi. Ibtidoiy kishilar o‗zlarining tabiat va uning hodisalariga bo‗lgan munosabatlarini turli xil vositalar – qoya toshlar, g‗or devorlariga chizilgan eng sodda ko‗rinishdagi suratlarda mehnat ritmi bilan bog‗liq bo‗lgan raqslarda ifodalay boshlaganlar. Demak, ibtidoiy davr, moddiy ishlab chiqarish jarayonining takomillashuvi ma‘naviy madaniyat elementlarining shakllanishini tezlashtirgan. Mintaqamizning iqtisodiy-geografik joylashuvi, tarixiy manbalarva asariarda ko‗rsatilishicha, m.a. VI- IV ming yilliklar oralig‗ida Markaziy Osiyo geografik joylanishuvi va iqlim sharoitiga ko‗ra ikkita yirik madaniy-tarixiy hududga bo‗lingan. Janubi-g‗arbiy hududlarda (hozirgi Turkmanistonning janubiy hududlarida) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‗ullanuvchi o‗troq qabilalar yashagan bo‗lsa, shimoliy hududlarda ovchilik, baliq ovlash va yig‗uvchi-terimchilik bilan shug‗ullanadigan kishilar istiqomat qilganlar. Ular o‗rtasida tosh qurollardan foydalanish uzoq davrlargacha saqlanib qolgan. Albatta, xo‗jalik yuritishning cheklanganligi shimolda yashovchi turli qabilalar madaniyati va san'atining janubiy hududda yashovchi qabilalar madaniyatidan orqada qolishiga sabab bo‗lgan. Faqat m.a. II ming yillikka kelibgina shimolda yashovchi kishilar dehqonchilik bilan shug‗illanishni yo‗lga qo‗ya boshlaganlar, o‗troq hayot kechirishga o‗tishgan, metall (bronza)dan mehnat qurollari yasashgan. Mazkur bo‗linish va sodir bo‗lgan o‗zgarishlar o‗sha davr kishilarining xojalik yuritishida, turmush tarzi va o‗zaro madaniy aloqalari hamda san'atida o‗z aksini topgan. Dehqonchilik bilan shug‗ullanish qo‗shni hududlarda yashovchi turli qabilalar bilan madaniy aloqalar o‗rnatishga olib kelgan. Ularning ma‘naviy madaniyati Bolqon yarimorolidan Hindistongacha cho‗zilgan ulkan hududda birmuncha ertaroq shakllangan. Neolit davri Markaziy Osiyo xalqlari ma‘naviy madaniyatining shakllanishi 14 va rivojlanishiga qadimgi Sharqning yuksak madaniyatga erishgan Elam, Shumer, qadimgi Misr va buyuk Hind sivilizatsiyasi hisoblangan Moxenjadaro va Xarrapa sivilizatsiyalari o‗z ta‘sirini ko‗rsatgan. M.a. V ming yillikda yashagan qabilalar madaniyatining asosiy xususiyati diniy qarashlarning vujudga kela borganligi va bu bilan bog‗liq bo‗lgan terrakota haykalchalarining ko‗proq ona timsolini tasvirlaganligidir. Qo‗lda yasalgan sopol idishlarga qizg‗ish-qora rangdagi tabiiy bo‗yoqlar bilan turli geometrik shakllar chizilgan. Ayrim idishlarning tashqi tomonlariga hayvonlarning ko‗proq. tog‗ echkisining suratlarini tushirish rasm bo‗la borgan. Bu esa dehqonchilik madaniyati bilan shug‗ullanuvchi qabilalar o‗rtasida totemistik qarashlarning kurtaklari paydo bo‗lganligini ko‗rsatadi. Neolit davri (m.a. VI-IV ming yilliklar oralig‗i) insoniyatning tayyor mahsulotlardan foydalanishi, mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‗tishi bilan xarakterlanadi. Bu davrga kelib chorvachilik va dehqonchilik paydo bo‗ladi, tosh qurollar yanada takomillashtirilib, kulolchilik va qurilish ishlari rivojlanadi, to‗qimachilik va hayvon terilaridan buyumlar ishlab chiqarish vujudga keladi. Hayot kechirish manbalarining ko‗payishi, kishilarning yashash uchun yangidan yangi hududlarga ko‗chib otishi kengayadi. Bu esa qabilalar o‗rtasida hosildor yerlar va ov qilinadigan maskanlarni egallash uchun kurashlarni vujudga keltiradi. Mazkur o‗zgarishlar kishilarning tabiat bilan o‗sha davr madaniyatining rivojlanishida o‗z ifodasini topgan, ya‘ni kishilarning dunyoqarashi, ishlab chiqarish munosabatlarini, hayot shart-sharoitlarida tub o‗zgarishlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Mehnat taqsimotining osha borishi, qabilaviy munosabatlarning kuchayishi va mustahkamlanishi, matriarxat davridan patriarxat davriga o‗tish kishilar o‗rtasidagi munosabatlarni yanada murakkablashtirgan. Magik qarashlar kuchaygan, dehqonchilikka oid afsonalar rivojlangan. Shunga qaramasdan, neolit davri san'atida kishilarning mehnat faoliyatini aks ettirish asosiy mavzuligicha qolgan. Loydan turli xil kichik haykalchalar yasash, o‗ta sodda badiiy hu- narmandchilik va naqqoshlikning rivojlanishi amaliy-dekorativ (bezak) san‘atining paydo bo‗lishi neolit davri madaniyatining xarakterli xususiyati hisoblanadi. O‗sha davr badiiy hunarmandchiligida kishilar mehnat jarayonlarida estetik tomonlarni his qila boshlaganligi ko‗zga tashlanadi. Ularning obyektiv dunyo qonuniyatlarini qanchalik darajada anglab borganligi ham turmushda ishlatilgan ko‗plab buyumlar va amaliy bezak san‘atida o‗z ifodasini topgan. Predmetlarda aks etgan naqshlar, o‗z xarakteriga ko‗ra, turli xil: parallel chiziqlar, qo‗sh spiral, egri chiziqlar, doira va boshqa shakllarda bo‗lgan. Markaziy Osiyoda bronza davri taxminan m.a ILI ming yillik o‗rtalaridan to I ming yillik boshlariga qadar davom etgan. Bronza davrida cho‗l va adirlarda chorvachilik madaniyati rivojlangan bo‗lsa, janubiy hududlarda hunarmandchilik madaniyati ravnaq topgan. Shu bilan biiga, janubiy Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling