Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I. O„QUV MATERIALLAR 
I.1. MA‟RUZA MAVZULARI BO„YICHA O„QUV MATERIALLARI 
 
1-mavzu: Kirish 
Reja: 
1. Madaniyat va san‘at tushunchasi. 
2. Madaniyatning sohalar va ko‗rinishlar bo‗yicha tasnifi, madaniyat va san‘atning 
vazifalari. 
3. Madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
Madaniyat, san‘at, moddiy va ma‘naviy madaniyat, madaniyatning sohalar va 
ko‗rinishlar bo‗yicha tasnifi, madaniyatning funksiyasi, madaniy qadriyatlar, 
madaniy taraqqiyot, ma‘naviy meros, milliy madaniyat 
Madaniyat va san‟at tushunchasi. 
Madaniyat tushunchasi tabiat, jamiyat va insonlar o‗rtasidagj o‗zaro 
munosabatlarni belgilab beruvchi ko‗plab qarashlar, nazariyalar va g‗oyalarga, 
tushuncha va tasavvurlarga nisbatan qo‗llaniladi. Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy 
kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi bo‗lib, kishilar 
hayoti va faoliyatining turli ko‗rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy 
va ma‘naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr 
(antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‗zbek madaniyati), shuningdek, 
inson faoliyati yoki turmushining o‗ziga xos sohalari (badiiy madaniyat, turmush 
madaniyati)ni izohlash uchun qo‗llaniladi.
Hozirgi paytda ―madaniyat‖ atamasining 400 dan ortiqroq ta‘rifi mavjud. 
Agar ularga e‘tibor bersak, madaniyat tushunchasi hayotning deyarli barcha va 
hatto bir-biriga zid bo‗lgan sohalarini ham qamrab oluvchi tushuncha ekanligini 
ko‗ramiz, shu boisdan ham madaniyat tushunchasiga ta‘rif berish juda mushkul. 
Madaniyatshunoslikka oid adabiyotlarga madaniyatning quyidagi ta‘riflariga 
duch kelamiz: ―inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar 
yig‗indisi‖; ―moddiy va ma‘naviy qadriyatlar‖; ―inson tomonidan yaratilgan 
ikkinchi tabiat‖; ―insoniy faoliyat mahsuli‖; ―ijodiy faoliyat‖; ―ijodiy faoiiyat 
mahsuli‖; ―jamiyatning ma‘naviy hayoti‖; ―insonning ma‘naviy dunyosi‖; 
―insonning aхloqiy fazilatiari‖; ―insonning ichki va tashqi olami‖; ―axloqiy sifatlar 
yig‗indisi‖; ―jamiyat faoliyati‖; ―shartli belgilar tizimi yig‗indisi‖; ―shartli 
tasvirlar‖; ―ramziy ishora va belgilar‖; ―me‘yor va andazalar‖ va shu kabilar. 
“Madaniyat” arabcha ―madina‖ so‗zidan olinib, ―shahar‖ degan ma‘noni 
anglatishini ko‗ramiz. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki 
sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – 
ko‗chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda 
o‗troq holda yashab, o‗ziga xos turmush tarziga ega bo‗lgan xalqlarga nisbatan 
ishlatilgan. 



Yevropada madaniyat deyilganda dastlab insonning tabiatga ko‗rsatadigan 
maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-tarbiya berish tushunilgan 
(lot. cultura – yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi ―kultura‖ so‗zi ham shundan 
olingan).
Kishilik jamiyatidagi beqiyos o‗zgarishlar, davlatlar va mintaqalar o‗rtasidagi 
iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy aloqalarning murakkablasha borishi, 
jamiyatning iqtisodiy va ma‘naviy hayotidagi tub o‗zgarishlar, inson 
imkoniyatlarining yuzaga chiqa borishi, tabiat va jamiyatning o‗zaro aloqasida 
inson o‗rnining orta borishi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti, 
kishilarning 
turmushi, 
o‗zaro 
munosabatlarga 
oid 
umumlashtiruvchi 
tushunchalarga bo‗lgan ehtiyoj madaniyat tushunchasi mohiyatining o‗zgarishiga 
olib keldi. 
Markaziy Osiyolik buyuk tafakkur egalari madaniyatlilik masalasiga 
insonning ruhiy-ma‘naviy kamoloti, ong va tafakkur taraqqiyoti, fozil jamiyat va 
komil insonlar masalasi nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda yondashadilar. 
Abu Nasr Forobiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Imom 
G‗azzoliy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi Sharq mutafakkirlari 
madaniyat masalasini insonning ma‘naviy-aqliy barkamolligi shaklida, baxt-
saodatga erishuvi tarzida tushunadilar. Bu an‘anaviy tushuncha keyingi avlodlar 
tafakkuridan mustahkam joy olgan. Shu sababli ―madaniyat‖ deganda ko‗proq 
insonning ma‘naviyati, uning ichki kechinmalari va tashqi qiyofasining 
mushtarakiigini ko‗z oldimizga keltiramiz.
Muayyan xalqning madaniyati dastavval ushbu xalqning har bir ijtimoiy 
tarixiy davrda yaratilgan moddiy va ma‘naviy faoliyatining o‗ziga xos tomonlari, 
xususiyatlari, o‗zaro aloqadorligi bilan belgilanadi. 
Insoniyat tomonidan barcha moddiy va ma‘naviy boyliklarini yaratish 
jarayoni quyidan yuqoriga, oddiydan murakkablikka, alohidalikdan umumiylikka 
ega bo‗luvchi o‗ziga xos uzluksiz jarayon hisoblanib, uning o‗tmishi va hozirgi 
ko‗rinishi o‗rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir-
birini to‗ldirib borgan. Lekin insoniyat tarixining muayyan bosqichida yaratilgan 
madaniyat o‗zidan oldingi bosqichlarda yaratilgan madaniyatdan farq qiladi va 
o‗zgargan holda vujudga keladi. Jamiyat o‗zidan oldingi madaniy boyliklarni ko‗r-
ko‗rona qabul qilmaydi, balki ularni ijobiy tomondan o‗zgartiradi. 
Madaniyat har bir davr ehtiyojlariga moslangan tarzda yaratiladi. Agar 
moddiy va ma‘naviy madaniyatlarning o‗zaro ta‘siri masalasiga e‘tibor bersak, 
insoniyat tomonidan dastlab moddiy madaniyat elementlari yaratilganligini, 
so‗ngra moddiy madaniyatning bir necha elementlarini o‗zida birlashtirgan, turli 
xil vazifalarni bajaruvchi birmuncha murakkabroq turlari paydo bo‗lganligini 
ko‗ramiz. Boshqacha qilib aytganda, insoniyat dastlab o‗zining moddiy-biologik 
ehtiyojlarini qondiruvchi moddiy boyliklarni, so‗ng ma‘naviy-ijtimoiy ehtiyojlarini 
qondiruvchi ma‘naviy boyliklarni yaratganliklarini anglab yetamiz. Shu bilan birga 
moddiy madaniyat har qanday jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasining bazasi - 
oddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonmi tashkil etadi va jamiyatning ustqurmasi 



- ma‘naviy hayotini belgilab beradi. Moddiy ehtiyoj ma‘naviy ehtiyojni belgilab 
berganidek, moddiy madaniyat ma‘naviy madaniyatning shakllanish va rivojlanish 
jarayonini belgilab beradi. Ammo bu ma‘naviy madaniyat moddiy madaniyatga 
butunlay tobe, degan ma‘noni anglatmaydi. Tarixiy taraqqiyot qonuniyatlari va 
jarayonlari shuni ko‗rsatadiki, ayrim hollarda madaniyat jamiyatning umumiy 
taraqqiyotidan ilgarilab ketadi, ayrim hollarda esa orqada qoladi.
San‟at - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‗ziga xos shakli bo‗lib, jamiyat 
taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy 
faoliyatining rivojlanishi bilan bog‗liq holda vujudga kela boshlagan. U 
odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, o‗z taraqqiyotining turli 
davrlarida jamiyat a‘zolarini ma‘lum ruhda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy 
jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, 
his-tuyg‗u, manfaat, ideallarini ifoda etgan.
San‘at ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan o‗zining predmeti, mazmuni, 
voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o‗rni hamda vazifalari 
jihatidan farq qiladi. U insonning moddiy va ma‘naviy faoliyatidagi bilimi, 
tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. 
Estetik tafakkur tarixida san‘at narsa va hodisalarni qanday bo‗lsa shunday aks 
ettirishdan hayotni go‗zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash g‗oyalari sari 
yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, ma‘naviy, milliy dunyosi 
san‘atning predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, 
ijodkor unga ma‘lum ijtimoiy-estetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildiradi va 
o‗z estetik bahosini beradi. 
San‘at inson uchun estetik zavq-shavq manbai; inson hayotiga go‗zallik baxsh 
etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni 
kuzatish, o‗rganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga 
o‗zgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi go‗zallikdan 
ilhomlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar orasidagi ma‘naviy 
ko‗prik, muloqot vositasi; odamlarning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi, ularda 
ma‘lum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k.
San‘atning maqsadi dunyoni badiiy o‗zlashtirish, odamga lazzat baxsh eta 
oladigan, uni ma‘naviy boyita oladigan asarlar yaratish yo‗li bilan kishilarning 
estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. San‘at asarlarining diqqat markazida 
insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va o‗zaro munosabatlari, muayyan tarixiy 
sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham san‘at asarlari beradigan 
ma‘rifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi 
ilmiy asarlardan olingan ma‘lumotlardan farq qiladi. Uning tarbiyaviy kuchi unda 
ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir o‗quvchi, tomoshabinning qalbiga 
kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni uyg‗otishidadir. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling