Guliston davlat universitеti


So'xdan topilgan tosh tumor


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

So'xdan topilgan tosh tumor. 
M.a. II m.y. 


15 
hududlarda dehqonchilik taraqqiy etib, ilk shaharlarning vujudga kelish jarayoni 
kechgan. 
Ilk bronza davrida kulolchilik buyumlariga bir xil geometrik naqsh berish 
odatga aylangan. Oltintepa (Janubiy Turkmaniston)da olib borilgan qazishmalar 
shuni ko‗rsatadiki, bu davrda muhtasham ibodatxona saroy tipidagi monumental 
inshootiar qurish birmuncha rivojlanib borgan. 
Bronza davrida respublikamizning janubiy hududlarida dehqonchilikning 
rivojlanishi bilan birga ibtidoiy shahar madaniyati ham taraqqiy eta borgan. 
Akademik A.Asqarov rahbarligida Sopollitepada (Surxondaryo viloyati hududida) 
olib 
borgan 
qazishmalar 
bronza 
davrida 
shahar 
madaniyati 
va 
hunarmandchilikning 
qanchalik 
rivojlanganligini ko‗rsatib beradi.
Bronza davri moddiy madaniyati 
va 
unga 
singdirilgan 
badiiy 
tafakkurning qay darajada ekanligini 
Farg‗ona shahri yaqinidan topilgan 
m.a. II miing yillikka oid bronza 
to‗g‗nag‗ichlar, 
Chirchiq 
daryosi 
yuqori irmog‗idan topilgan m.a II 
ming 
yillikka 
tegishli 
bronza 
bilaguzuk, 
Chust 
madaniyati 
manzilgohidan topilgan turli xil taqinchoqlar, idishlar ko‗rsatadi. 
Ibtidoiy-diniy tasavvurlarning vujudga kelishi badiiy tafakkur namunalarida 
ham o‗z ifodasini topgan. Ibtidoiy davrga oid tasviriy san‘at namunalariga e'tibor 
bersak, ularda diniy va badiiy tafakkur hamda tabiat hodisalariga bo‗lgan 
munosabatlar umumlashib kelganligini ko ramiz. Masalan, Saymalitosh g‗ori 
(Farg‗ona viloyati)dagi suratda qo‗lini yuqoriga ko‗tarib, quyosh xudosiga 
topinayotgan va iltijo qilayotgan kishilar tasviri berilgan. Shuningdek, bu suratda 
doira chalayotgan odam va qo‗lini yuqori ko‗tarib juft-juft bo‗lib raqsga 
tushayotgan kishilar tasviri berilgan, degan xulosaga ham kelish mumkin.
Mazkur suratlarda ibtidoiy davr kishilarining tabiat hodisalariga nisbatan 
munosabatlari ifodalab berilgan. Hayvonlar va odamlar tasvirining kengayishi, ov 
va diniy mavzularning tasvirlanishi ibtidoiy odamlar tafakkurining kengayib 
borganligini ko‗rsatadi. 
Ibtidoiy davrning ham moddiy, ham ma‘naviy madaniyati ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishi natijasida takomillasha borgan. Ibtidoiy davr ma‘naviy 
madaniyatining vujudga kelishida, birinchidan, mehnat qurollarining takomillashib 
borishi, ikkinchidan, ibtidoiy odam nutqi va ongining ta‘siri benihoya katta 
bo‗lgan. Chunki ibtidoiy odam mehnat qurollari orqali, avvalo, o‗zining oziq-
ovqatlarga bo‗lgan biologik ehtiyojini qondirgan bo‗lsa, so‗ngra ana shu qurollarni 
ishlatish natijasida o‗zini qurshab turgan tabiat sirlariga chuqurroq kirib borgan. 
Tabiat sirlarini bila borish esa tafakkur taraqqiyoti uchun yo‗l ochib betgan. 
Dastlab to‗da, so‗ngra urug‗ jamoasi a‘zolari o‗rtasidagi ijtimoiy munosabatlar va 
ijtimoiy hodisalarning shakllana borishi hamda tabiat hodisalarini turli xil vositalar 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling