Guliston davlat universitеti


Yevkratidning oltin tangasi


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Yevkratidning oltin tangasi 


26 
yunon xudolari baqtriyaliklar e‘tiqod qiluvchi Mitra singari boshidan nur 
sochuvchi xudo shaklida tasvirlangan.
Yunon-Baqtriya davlati hududida hukmron til - yunon tili, tarixi, adabiyoti va 
madaniyatini o‗igatishga mo‗ljallangan va uni targ‗ib qiluvchj ko‗plab maktablar, 
gimnaziyalar, teatrlar, kutubxonalar tashkil etilgan. 
Yunonlar o‗z san'atlarining hukmronligiga erishishga harakat qildilar. 
Natijada mahalliy xalqning, ayniqsa, shahar aholisining doimiy ko‗z o‗ngida 
namoyon bo‗lib turuvchi va yunoncha ruhni sezdirib turuvchi san‘at turlari: 
arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san‘atga mahalliy xalqning diniy e‘tiqodi va 
ruhiyatiga chuqurroq kirib borish maqsadida yunon xudolariga e‘tiqod qilishni 
yoyishga aloliida e'tibor berdilar, yunoncha uslub asosida qurilgan shaharlarni 
bunyod etdilar. Bu shaharlar jumlasiga hozirgi shimoliy Afg‗oniston hududidagi 
qadimgi Oyxonum, hozirgi Tojikiston hududidagi qadimgi Saksanoxur va 
Taxtisangin, hozirgi O‗zbekiston hududida qurilgan qadimgi Dalvarzintepa, 
shuningdek, Yerqo‗rg‗on Aleksandriya Esxata (chekka Aleksandriya) va boshqa 
shaharlarni kintish mumkin. Mazkur shaharlar arxitekturasida yunonlarning Ioniy 
va Korinfcha uslublaridan, bazalt ustunlar, ustunlarning muqarnas qismida akanf 
yaproqiari, palmetta tasvirlaridan keng foydalandilar. Eng yirik shaharlardan biri 
hisoblangan Oyxonum (Amu Aleksandriyasi)ga alohida e‘tibor beradilar. Unda 
Yunoniston ruhini sezdirib turuvchi teatrlar, gimnaziyalar, kutubxona, yunon 
xudolari uchun ibodatxona, qasrlar, saroylar, haykallar bilan bezatilgan 
favvoralarni quradilar. 
Bu sa‘y-harakatlar, birinchidan, mahalliy xalqning haykaltaroshligi, 
arxitekturasi, tasviriy san‘ati va badiiy hunarmandchiligiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatgan 
bo‗lsa, ikkinchidan, mahalliy xalq san‘atining rivojlanishiga sabab bo‗ldi. 
Ellinistik san‘atning mahalliy xalq san‘atiga ko‗rsatgan ta‘siri, eng avvalo
mahalliy san‘atkorlarning ellinlar san‘atidan andaza olishi, ya‘ni unga taqlid qilishi 
shaklida (yuqori qismida haykalning bosh qismi o‗matilgan, Zevs va Dionis 
haykallari tagliklari, Afrodita haykallarining topilishi), ikkinchidan, yunonlar 
san‘atiga mahalliy san'atkorlarning ijodiy yondashuvlari shaklida (Gerakl, Afina va 
Nikalarning sopoldan yasalgan terrakota haykalchalari) ko‗zga tashlanadi. 
Yunon arxitekturasi uslublari binolarning tashqi ko‗rinishlarida ham o‗z 
ifodasini topgan. Ayniqsa, binoning devor peshtoqlarida piramon (peshtoqda naqsh 
yoki bo‗rtma haykalchalar)dan foydalanilgan. Masalan, qo‗hna Ayritom shahri 
xarobalari o‗rganilganda, bino peshtoqida ishlatilgan 7 ta piramon topilgan.
Yunon-Baqtriya davlatida nafaqat arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy 
san'at taraqqiy etgan, balki teatr va musiqa san‘atlari ham ancha rivojlangan. 
Bunga rnisol tariqasida Baqtriya hududidagi Oyxonum shahri xarobalari tagidan 
topilgan bir nechta teatr qoldiqlarini ko‗rsatish mumkin. Bu teatrlarda yunonlar 
tragediyalari sahnalashtirilgan. Mahalliy aholiga tushunarli bo‗lishi uchun 
tragediyalar namoyishida ko‗proq «maskars» (niqob) va «mim» (so‗zsiz harakat) 
uslublaridan foydalanganlar. Raqs, ko‗zbo‗yamachilik, masxarabozlik, akrobatik 
harakatlar va musiqa spektakllaniing muhim elementlari hisoblangan. 
Amaliy bezak san'atida ko‗proq afsonaviy ramzlardan foydalanilgan. 


27 
Binoning muqamas qismiga sherlar, yirtqich qushlar, burgut yoki arslon boshli, 
arslon gavdali bahaybat qanotli maxluq – grifonlar, idishlar sirtiga esa turli 
hayvonlar tasviri tushirilgan. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling