Guliston davlat universitеti


Moniylik kohinlari tasvirlangan


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Moniylik kohinlari tasvirlangan 
surat va so'zdcha yozuv. Tarim 
vodiysi 


37 
asrda uyg‗ur xoqonlari moniylikni davlat dini deb e‘lon qiladilar. Xitoy 
imperatorlari esa so‗g‗dlarga xitoy hududlarida ibodatxonalar qurishga va 
moniylikni targ‗ib qilishga ruxsat beradi.
Moniy va uning izdoshlari o‗z ta‘limotlarini targ‗ib qilishda san‘atga, ayniqsa, 
uning musiqa va tasviriy san'at turlariga alohida e‘tibor beradilar. Turk xoqonligi 
davridagi 
haykaltaroshlik 
va 
qo‗shiqchilik 
san‘atlarining rivojlanishida 
buddaviylik va zardushtiylikning o‗rni ham beqiyos katta bo‗lgan. Sababi, 
buddaviylikda Budda ibodatxonalari va stupalar bezagida nafaqat terrakota 
haykalchalar, balki relyefli va gorelyefli haykallardan ham keng ko‗lamda 
foydalanilgan. Mazkur haykallarda Budda va uning izdoshlari hisoblangan 
bodhisatvalarning 
haykallari 
yaratilib 
ibodatxonalarga joylashtirilgan. 
Zardushtiylik 
dini 
esa 
qo‗shiqchilik 
san‘atining rivojiga beqiyos darajada katta ta‘sir 
ko‗rsatgan. Chunki, zardushtiylar ibodatida 
Ahuramazda va boshqa ezgu kuchlar qo‗shiq 
bo‗lib kuylanuvchi goxlar (qo‗shiqlar) orqali 
madh etilgan, yovuz ruhlarga la‘nadar o‗qilgan.
Oltoy hamda Janubiy Sibirdan ko‗chib 
kelgan turkiy qavmlar o‗rtasida shomonga e'tiqod 
qilish 
ham 
saqlanib 
qolingan. 
Chunki 
ko‗chmanchi chorvador qavmlarda hali urug‗ jamoasi an‘analari saqlab qolingan 
edi. Xuddi shuningdek, tuproq, suv, olov va havoni yaratgan Ko‗k tangriga e‘tiqod 
qilish, unga atab ot, sigir, va qo‗y qurbonlik qilish marosimi ancha muqim bo‗lgan.
Turkiy qavmlarning olovga e'tiqodi nihoyatda yuqori bo‗lgan. Chunki 
ularning tasavvuriga ko‗ra olov tozalovchilik xususiyatiga ega. Qadimgi turklarda 
qavmga begona bo‗lgan kishi ular yashayotgan hududga kirganda yoki qavm 
oqsoqoli (hukmdori) huzuriga kirayotganida albatta ikki olov orasidan o‗tish shart 
bo‗lgan.
Turk xoqonligi davriga kelib, buddaviylik markazlari O‗rta Osiyoning 
madaniy jihatdan birmuncha rivojlangan markazlari Buxoro, Balx va Bomiyonda 
saqlanib qolingan. Arablar istilosi arafasida Buxoro hududida ko‗plab buddaviy 
ibodatxona (Vihara)lar saqlanib qolingan. Arablar Poykent shahrini ishg‗ol 
qilganlarida shahardagi ibodatxonalarda kumushdan yasalgan budda butlarini 
to‗plab, eritadilar. 
Islom dinining Turk xoqonligi hududiga kirib kelguniga qadar, mamlakatda 
turli xil bayramlar nishonlangan. O‗rta Osiyo xalqlarining asosiy odat, marosim va 
bayramlari koinot, tabiat, fasllar va mehnat faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan. 
Ajdodlarimiz koinotda yer harakati bilan bog‗liq to‗rt ulug‗ kunni ham belgilab, 
nishonlashga odatlanishgan: tabiatning kun-tun tengligi - Navro‗z; yozgi quyosh 
turishi, suvga ehtiyoj kuchaygan vaqt - Angom (Vaxshangom); kuzgi tengkunlik-
Mehrjon (Chir-ruj, Nim-sarda); qishgi quyosh turishi, sovuq avjiga chiqqanida 
(qishki chilla) isitishga ehtiyoji kuchaygan paytda Sada-Olov bayrami (gulxanlarda 
isinish) kabilarni uyushtirishgan. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling