Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Minorai Kalon
Mag‟oki Attor masjidi Jarqo‟rg‟on minorasi 44 peshtoqlarga esa, o‗yma ganch naqshlaridan ishlatadilar. Har bir chizilgan naqsh ramziy ma'no kasb etgan. Masalan, gulsafsar naqshi osoyishtalik va uzoq umr timsoli hisoblangan bo‗lsa, pechak isiimiy naqshi — boylik va farovonlik, novda — to‗kin-sochinlik, yaproq shaklidagi naqshlar — bahoriy uyg‗onish ma‘nolarini anglatgan. Oltin, kumush, temir, qalay, qimmatbaho va yarimqimmatbaho toshlarning boy xomashyo manbalarining mavjudligi tufayli bu davrda xalq amaliy san'ati yanada rivoj topdi. Jumladan, kandakorlikda qimmatbaho metallardan yasalgan idishlar islom olamining eng chekka burchaklarigacha yetib borgan. Qizil misdan turli xil ko‗zalar, idish-tovoqlar, dekchalar, choygumlar, oftobalar, jez va sariq misdan shamdonlar, oq misdan kirtog‗oralar, turli xil uy-ro‗zg‗or buyumlari yasalgan. Oltin suvi yuritilgan ipdan turli xil kiyimlar tikilib, buyumlarga naqshlar solingan. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda puflash yo‗li bilan tayyorlangan shisha idishlar va buyumlar Sharqda mashhur bo‗lgan. Musiqa san‘atining gurkirab rivojlanishi ham bu davrning yutuqlaridan biridir. Bu davrda xalq ijodiyotining bir turi hisoblangan musiqa madaniyatining nazariy asoslarini organish ayj ola boshlaydi. Musiqa madaniyatining rivojlanishida xalqning an'anaviy tomosha san‘ati muhim rol o‗ynadi. Mumtoz musiqa madaniyati, ayniqsa, o‗zbek va tojik xalqlarining mumtoz musiqasi hisoblangan «Shashmaqom» ning zamini ham xuddi mana shu davrda mustahkamlandi. Biroq XILI asrda mo‗gullar bosqini O‗rta Osiyo madaniy taraqqiyotining izdan chiqishiga olib keldi, biroq uni batamom to‗xtatib qo‗ya olmadi. Buxorodagi XILI— XIV asr me‘morlik namunalari bunga dalildir. 1261 yilda bunyod etilgan Sayfiddin Boxarziy maqbarasi bu davrning noyob yodgorligi sanaladi. Baland peshtoqli va tuxumsimon qo‗sh gumbazli bu maqbara ilohiyot olamiga bag‗ishlangan. Xivada Najmiddin Kubro maqbarasi, Qo‗hna Urganchdagi Qutlug‗ Temur minorasi, To‗rabekxonim maqbarasi va boshqa me‘morlik yodgorliklarning yaratilganligi fikrimiz dalilidir. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling