Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

 
 
6-mavzu: XVI-XVIII asrlarda o„zbek xonliklari davri madaniyat va 
san‟ati 
Reja: 
1. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davridagi madaniy taraqqiyot va uning asosiy 
xususiyatlari
2. Me‘morchilik va musiqa san‘ati 
3. Miniatyura va kitobot san‘ati.
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
Ko‗chmanchi o‗zbeklar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar, siyosiy nizolarning 
madaniy taraqqiyotga ta‘siri, diniy mafkuraning davlat mafkurasiga aylanishi, 
Naqshbandiylik tariqati, so‗fiylik, ko‗chmanchi va yarimko‗chmanchi hayot 
tarzining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma‘naviy hayotga ta‘siri, Samarqand qog‗ozi, 
suvayirg‗ich, xonaqoh, Nodir-Devon Begi, Samarqanddagi Sherdor, Tilla qori 
madrasalari, tasviriy san‘at, kitobot va miniatyura san‘ati,
 
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davridagi madaniy taraqqiyot va uning 
asosiy xususiyatlari 
XV asr oxirlariga kelib temuriyzodalarning o‗zaro taxt talashishlari Xuroson 
va Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Siyosiy tanglik 
avj olib, madaniy hayot izdan chiqdi. Dehqonchilik, savdo-sotiq va boshqa 
hududlar bilan bo‗ladigan madaniy aloqalarga putur yetdi. Movarounnahr mayda 
hokimliklarga bo‗linib ketdi. Temuriylar davlatidagi 
inqirozdan 
foydalangan 
ko‗chmanchi 
o‗zbeklar 
Shayboniyxon Movarounnahrda yangi davlatga asos 
soldilar.
Muhammad 
Shayboniyxon 
o‗z 
davlatini 
mustahkamlab olgach, mamlakatning iqtisodiy hayotini 
yaxshilashga, uni ichidan mustahkamlashga qaratilgan 


60 
bir qator islohotlar o‗tkazdi. Dehqonchilikning rivojlanishiga yordam beruvchi yer 
to‗g‗risida, vaqf masalalari bo‗yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. 
O‗zaro taxt talashishlar natijasida tinch joylarni izlab, o‗z yerlarini tashlab 
ketgan kishilarning qarovsiz yerlarini masjidlar, 
madrasalarga vaqf mulki sifatida berdi. 1502-yilda 
Zarafshon vohasida qaqrab va qarovsiz yotgan 
yerlarda dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida Ko‗hak (Zarafshon) daryosiga 
suvayirgich va ko‗prik qurdiradi. Mamlakatning ichki birligini mustahkamlash 
uchun 1507-yilda barcha hududiy hukmdorlar zarb qildirayotgan pullarni bekor 
qilib, pul islohotini amalga oshiradi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishiga
mamlakat siyosiy-iqtisodiy mavqeyining oshishiga yordam beradi. 
Bu davrda to‗qimachilik, kulolchilik, duradgorlik, metallga ishlov berish, 
qog‗oz va mato ishlab chiqarish taraqqiy etdi. Shuningdek, xalq amaliy san‘atining 
yog‗och, tosh, metall o‗ymakorligi, kandakorlik. naqqoshlik, xattotlik rivoj topdi. 
Samarqandda yuqori sifatli qog‗oz ishlab chiqarish yanada yuksaldi. Ipak qog‗ozi 
deb ataluvchi oliy nav qog‗ozlar asosan ipak va paxtadan aralashtirib tayyorlangan. 
Samarqandlik usta Miribrohim «Sultoniy» va «Miribrohimiy» nomli qog‗ozlarni 
ishlab chiqarish bilan mashhur bo‗lgan. 
Movarounnahrning ko‗pgina madaniy jihatdan 
yuksalgan shaharlaridagi madrasalar qoshida hamda 
boy-badavlat kishilar tomonidan tashkil etilgan 
kutubxonalar ko‗paydi. Bu kutubxonalarda nodir 
qo‗lyozmalar bilan birga tarix, tilshunoslik, adabiyot, 
geografiya, falsafa, mantiq, fiqhshunoslik, notiqlik
tibbiyot, matematika, astronomiya kabi ko‗plab fan 
sohalariga oid kitoblar to‗plangan. 
XVI asrdan boshlab Shayboniy hukmdorlar, 
ayniqsa, Abdullaxon II savdo-sotiqning rivojlanishiga 
alohida e'tibor berdi. Hindiston, Xitoy, Eron, Rusiya 
va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari 
rivojlandi. 
Movarounnahrda 
ishlab 
chiqarilgan 
to‗qimachilik buyumlari. ayniqsa, ip va ipak gazlamalar, kimxob, gilam, metall 
buyumlar savdo-sotiqning asosiy manbayi hisoblangan.
Shayboniylar davri madaniyatining rivojiga bevosita sulola vakillarining 
o‗zlari sezilarli ta‘sir ko‗rsatdilar. Chunki sulolaning Muhammad Shayboniy, 
Ubaydullaxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon, Abdullaxon Soniy va boshqa 
hukmdorlarining o‗zlari o‗qimishli kishilar bo‗lishib, hatto she'riyatda qalam 
tebratganlar. Tarixiy ma'lumotlarga ko‗ra, Ubaydullaxon musiqa asboblarida kuy 
chalishning ustasi, nozik husnixat sohibi bo‗lgan.
Bu davr madaniyatining asosiy xususiyati — diniy mafkuraning davlat 
mafkurasiga aylanganligidir. Shu boisdan diniy mafkurachilarni tayyorlovchi diniy 
madrasalar faoliyatiga alohida e‘tibor bilan qaralgan. Movarounnahrning ko‗pgina 
shaharlarida (masalan, Buxoro, Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarida) 
yangi madrasalar bunyod etildi. Mazkur madrasalarda nafaqat sof teologik fanlar 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling