Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Husayn Boyqaro portreti.
Kamoliddin Behzod 58 Temuriylar sulolasining so‗nggi davridagi adabiy jarayon sermahsul davr bo‗lgan. Adabiy-badiiy jarayon uslub jihatidan ancha takomillashdi va yangi bir bosqichga ko‗tarildi. Movarounnahr va Xuroson hududlarida chig‗atoy (eski o‗zbek tili) va fors-tojik adabiyoti o‗rtasidagi hamkorlik kengayib bordi. Bu davr adabiyotining o‗ziga xos xususiyatlaridan biri – ko‗pgina shoir va adiblar o‗zbek tilining go‗zalligini, uning so‗z boyligini namoyish qilishlaridir. O‗zbek (turkiy) tiliga ikkinchi darajali til sifatida qarashlarni inkor qildilar. Zamonasining iste‘dodli va yetuk shoirlari hamda adiblaridan Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur va Muhammad Solihlar o‗sha davr adabiyotining ko‗zga ko‗ringan vakillari bo‗lib, ular o‗zbek tilida ham ko‗plab asarlar yaratib, bu tilning o‗ziga xos jozibadorligini namoyish qildilar. Ular tomonidan rang- barang g‗azallar, ruboiylar, qit‘alar, tuyuqlar, nomalar, dostonlar va boshqa janrlardagi asarlar yaratildi. Bu davr adabiyotining yana bir xususiyati — o‗zbek adabiyotida she‘riy noma janrining yaratilganligidir. Xorazmiy noma janrining asoschisi sifatida «Muhabbatnoma»ni yaratdi. «Latofatnoma»ni yaratgan Komil Xo‗jandiy sevgi- muhabbat mavzusini davom ettirdi. Temuriy Mironshohning o‗g‗li shoir Said Ahmad esa «Taashshuqnoma» («Oshiqlar maktubi»)ni yaratib, bu mavzuni yanada yuqori bosqichga olib chiqdi. Durbek diniy-afsonaviy «Yusuf va Zulayho» dostoniga dunyoviy tus berib, o‗zi qayta ishladi. Atoiy yor vasfmi kuylovchi g‗azallar bitsa, Sakkokiy jo‗shqin va haroratli g‗azallar bitdi hamda qasida janrini yanada rivojlantirdi. Lutfiy g‗azailari o‗zining hayotiyligi, badiiy mahorati va til boyligi bilan ajralib turadi. Bu davr adabiyotining eng buyuk siymolari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar edi. Ular tasavvuf she‘riyatini barkamollik darajasiga olib chiqdilar. Bu davr ma‘naviy hayoti va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‗shgan buyuk siymolardan biri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiyning so‗nggi temuriyzoda Husayn Boyqaro davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyotidagi o‗rni benihoya kattadir. Navoiy inson baxt-saodati uchun xalqning osoyishtaligi, mamlakat barqarorligi, obodonchilik, ilm-fan, adabiyot va san‘at taraqqiyotining buyuk kurashchisi sifatida tarix sahifasida o‗chmas iz qoldirdi. Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va tarqoq feodal davlatlarni birlashtirishi ilk Uyg‗onish davri madaniy taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan, lekin mo‗g‗ullar tomonidan bir-biridan ajratib tashlangan yagona madaniy jarayonni yanada rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Eng avvalo, iqtisodiy hayot, shuningdek, fan, san‘at va adabiyotdagi azaliy an‘analar qaytadan tiklandi. Inson va uning aql-idroki, ma'rifatga intilishi, Sharq renessansiga xos xususiyat hisoblangan ma'naviy komil insonni shakllantirishga bo‗lgan e‘tibor va ma rifatga intilish kuchayadi. Fan va adabiyotda jahonshumul ahamiyatga ega bo‗lgan asarlar yaratiidi. O‗z davrining dorulfununlari - oliy o‗quv yurtlari, Ulug bek akademiyasi vujudga keldi. Astronomiya, matematika, mantiq, falsafa til va adabiyotshunoslik, tarix va fikhshunoslik, ilmi aniz va musiqashunoslikka oid ko‗plab asarlar yaratiidi. Miniatura va me‘morlik san‘atlari rivojlanib, xattotlik san‘at va hunar darajasiga ko‗tarildi. 59 Bu davr madaniy hayotini tahlil qilar ekanmiz, eng avvalo, Movarounnahr va Xuroson madaniyati va ilm-fanni IX-XII asrlardagi singari Mirzo Ulug‗bekni hisobga olmaganda. umumbashariy ahamiyat kasb eta olmaganligi, Al- Xorazmiy, Ahmad Farg‗oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Imom Buxoriy, Mahmud az- Zamaxshariy singari umumjahon madaniyati va fanida o‗zining o‗chmas izini qoldirgan buyuk siymolarni ko‗rmaymiz. Bu davr madaniyati taraqqiyoti umumjahon miqiyosida emas, balki mintaqa miqyosidagi ijodiy-madaniy jarayon darajasidagina saqlanib qolingan. Bu hol mavjud madaniy jarayonning azaliy an‘analari va ilmiylikning mo‗g‗ullar bosqini natijasida uzib qo‗yilganligi, ikkinchidan, ko‗plab olimlar va ijod ahllarining tinch joylarni izlab vatanlarini tark etganliklari, uchinchidan, Amir Temur vafotidan keyin avj olgan o‗zaro taxt talashishlarning kuchayib ketganligi bilan izohlanadi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling