Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Amir Temur Samarqand
atrofidagi ziyofatda. "Zafarnoma" ga ishlangan miniatyura. 56 bo‗lganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyurachiligi maktabiga mansub deyish mumkin. Samarqand maktabi miniatyuralari vakilliklari kompozitsiyasi yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar. Ulug‗bek davrida mashhur bo‗lgan hattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali Boverdiy miniatyuralari ranglarining yorqinligi bilan o‗ziga xosdir va uni ko‗rsatiladi. Samarqand maktabiga xos bo‗lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning «Xamsa‖ asariga va 49 ta miniatyura ―Shohnoma‖ asariga ishlangan hozir Turkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug‗bek davrida as-So‗fiyning ―Siljimas yulduzlar ro‗yxati‖ asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi ko‗rsatilgan bo‗lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyohda chizilgan. Yulduz turkumi oddiy xalq vakili qiyofasida tasvir etildi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq hayoti temuriylar davrida paydo bo‗lgan. Masalan ―Samarqand masjidini qurish‖, ―Iskandar devorini bunyod etish‖, ―Ko‗chmanchilar turmushi‖, Jamshidning oddiy xalqqa hunar o‗rgatish mavzuida miniatyuralar bunga misoldir. Alisher Navoiy davrida xattotlik san‘ati taraqqiy etdi. Sulton Ali Mashxadiy, uning shogirdlari Muhammad bin Nur, Darvesh Muhammad Toqiy, Sulton Muhammad Xandon, Darvesh Muhammad Samarqandiy, Abduljamil kabi kotiblar edi. Bular orasida Sulton ul-xattoton, Qiblat ul-kuttob nomini olgan Sulton Ali Mashhadiy alohida o‗rin egallaydi. U Jomiy, Alisher Navoiy, Sulton Husaynlarning yuqori bahosiga sazovor bo‗lgan. Husayn Boyqaro davrida miniatura san‘ati ham yuksak darajaga ko‗tarildi. Bu davrda tasviriy san‘at. shu jumladan, miniatura san‘atining yirik vakillari Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Hoji Muhammad Naqqosh, Shohmuzaffar kabi miniatura san‘ati ustalari faoliyat ko‗rsatganlar. Bu davr miniatura san‘atida mavhumlikdan realizm tomonga intilish kuchayadi. XV asrgacha tasviriy san‘atda o‗ta bo‗rttirish va jimjimadorlikka e‘tibor berilgan bo‗Isa, XV asr o‗rtalaridan boshlab haqqoniylikka intilish, jonlilik va hayotiylikni tasvirlash ko‗zga tashlana bordi. Masalan, miniatura ustasi Mahmud Muzahhib Alisher Navoiy portretini chizarkan, uning qarilik yuzaga chiqargan hotg‗inligini, allomalarga xos ulug‗vorligini va donishmandligini, bag‗rikeng va mehribon insonligini tashqi qiyofa, ayniqsa, yuzdagi ifoda orqali tasvirlab beradi. Bu davrda tasviriy san‘atning portret janri rivojlandi. Natijada hukmdorlardan Husayn Boyqaro, Shayboniy, Bobur Mirzoning, allomalardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Hotifiy, Behzod va boshqalarning portretlari yaratildi. Shuningdek, bu davrda tasviriy san‘atning maishiy, bataliya (jang) manzara kabi janrlari ham miniatura shaklida rivojlandi. Bu davrning ko‗zga ko‗ringan musavviri Kamoliddin Behzod «Hirot miniatura maktabi»ga asos soldi. Nafaqat Sharqda, balki butun dunyo san‘atida 57 munosib iz qoldirgan Kamoliddin Behzod san‘at sirlarini Pir Sayid Ahmad Tabriziydan o‗rgangan. Shu bilan bir qatorda ota-onasidan erta judo bo‗lgan Behzodni Hirotning buyuk musavviri Amir Ruxillo (Mirak Naqqosh) o‗z tarbiyasiga olgan va Nigoristonida (san‘at akademiyasi) naqqoshlik va miniatyura sirlarini o‗rgatgan. Behzod o‗sha davrning ko‗plab mashhur asarlariga miniaturalar chizdi. Masalan, Shayx Sa‘diyning «Bo‗ston» asariga 4 ta, Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»siga esa 8 ta miniatura ishladi. Uning portretlaridagi qahramonlar o‗z ma‘naviy qiyofalari bilan ichki hissiyotlarini, xulq-atvorini shundaygina yuzaga chiqaradi. Masalan, Husayn Boyqaro cho‗kka tushib, kim bilandir suhbatlashayotgandek tasvirlangan. U serhasham kiyim kiyib olgan, shohona salla o‗ragan, belida xanjar osilgan tilla kamar. Shayboniyxon esa sarkarda va davlat arbobi, ilmli, adabiyot va san'atning qadriga yetadigan kishi sifatida tasvirlangan. U Hirotda rasm bo‗lgan yengi kalta, sodda, lekin bejirim tikilgan to‗n kiygan, boshida oq salla. U chordona qurib, katta yostiqqa (bolishga) biroz suyanib o‗tiribdi. Oldinda siyohdon, qalamdon va kitob, o‗ng qolining bosh barmog‗ida kamondan o‗q uzganda ishlatiladigan halqa, chap qo‗lida qamchi. Savlati, baquvvat gavdasi, o‗tirishi, o‗zini tutishi, qo‗llarining holati va chehrasidagi belgilardan uning serg‗ayrat, shijoatli, o‗z qadrini biladigan, aqlli shoh ekanligini payqasa bo‗ladi. Xulosa qilib aytganda, Sulton Husayn Boyqaro davrida miniatura san‘ati rivojlandi va unga sultonning o‗zi juda katta imkoniyatlar yaratib berdi. Zayniddin Vosifiyning «Badoye ul vaqoye» nomli asarida yozilganidek, Sulton Husayn ko‗ngilxushlik uchun usta musavvirlar va uslubi go‗zal naqqoshlarni poytaxtda saqlab, ularga zo‗r iltifot ko‗rsatadi. XIV-XV asrlarda Movarounnahr va Xuroson musiqa madaniyati rivojining chinakam markaziga aylangan. Bu davrda musiqa madaniyati nazariyasiga oid asarlar yaratilib, Abdulqodir Noiy, Ali Shunqor, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G‗ijjakiy, Alijon G‗ijjakiy, Qosim Rabboniy, Zaynulobiddin al- Husayniy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Xo‗ja Yusuf Andijoniy, Najmiddin Kavkabiy kabi bastakorlar, sozanda-yu xonandalaryetishibchiqqan. Tarixchi olim A.Muhammadjonov ta‘kidlab o‗tganidek, hatto Ulug‗bek va Navoiy singari buyuk siymolar ham musiqa asarlari yaratganlar. Masalan, Ulug‗bek «Bulujiy», «Shodiyona», «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli Ravon», «Usuli Otlig‗«, Navoiy esa «Isfaxoniy» kuyini yaratganlar. Shuningdek, bu davrda Xoja Abdulqodir Noiyning «Zubdat ul advor» («Asosiy musiqiy davrlar») va «Maqosid ul-alxon» («Kuylar maqsadlari»), Safiuddin Abdulmo‗min Urmaviyning «Risolat ush-sharafiyya» («Sharafga loyiq lisola») va «Kitob ul- advor» («Musiqiy davrlar haqida kitob») asarlari, Abdurahmon Jomiyning «Risolayi musiqiy» («Musiqiy ilm risolasi»), Najmiddin Kavkabiyning «Risolavi musiqiy» va «Risola dar bayoni Duvozdahmaqom» («O‗n ikki maqom bayoniga bag‗ishlangan risola»), Zaynulobiddin Mahmud al-Husayniyning «Qonuni ilmiy va amaliy musiqiy» («Musiqa ilmi va amallari qonunlari»), Darvesh Ali Changiyning «Tuhfat us- surur» («Shodlik tuhfasi») kabi musiqa ilmi haqidagi asarlari vujudga keladi. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling