Guliston davlat universitеti


Shayboniyxon portreti. Kamoliddin


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Shayboniyxon portreti. Kamoliddin 
Behzod 
Abdullaxon II portreti 


61 
o‗qitilgan, balki axloqshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshu- noslik, tarix, 
matematika, astronomiyaga oid fanlar ham o‗qitilgan. 
Taxt tepasiga kelgan hukmdorlar izdan chiqib borayotgan ma‘naviy hayotni 
qaytadan izga solish, ma‘naviy tanazzulning oldini olish maqsadida o‗sha davrda 
iuda katta obro‗ga ega bo‗lgan shayxlarning yordamiga suyanishga majbur 
bo‗ladilar. O‗z navbatida, shayxlar mamlakatning siyosiy hayotiga bevosita o‗z 
ta‘sirini ko‗rsata boshlaydilar. Masalan, Jo‗ybor qishlog‗idan bo‗lgan mashhur 
shayxlar shayboniylar davrida ham, ashtarxoniylar davrida ham jamiyatning 
ma‘naviy hayotini o‗z qo‗llariga oldilar. 
XVI asrdan boshlab madaniy taraqqiyot, ilm-fan, adabiyot va san‘atning 
rivoji nafaqat umumjahon, balki mintaqa darajasidan ham pastga tusha 
boshlaganligi ko‗zga tashJanadi. Mutaassiblikka yuz tutgan dinning ma‘naviy 
hayotga ko‗rsatadigan ta‘siri natijasida madaniyat milliy mahdudlik qobig‗iga 
o‗rala boshladi. Natijada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining ta‘sir doirasi 
toraya bordi. 
Shuningdek, bu davr madaniy taraqqiyotining susayishiga, eng avvalo, 
Shayboniylarning qisqa muddatli bo‗lsa-da, o‗zaro taxt talashishlari ham ta‘sir 
ko‗rsatdi. Natijada XVI asrdan boshlab Movarounnahr va Xuroson hududlarida 
faoliyat ko‗rsatayotgan ko‗pgina olimlar, shoirlar, san‘atkorlar tinch joylarni izlab 
Eron va mo‗tadil siyosat yuigizayotgan Boburiylar huzuriga — Hindistonga yo‗l 
oladilar. Faqatgina Abdullaxon Soniy davriga kelib Movarounnahr madaniy 
hayotida ijobiy o‗zgarishlar ro‗y bera boshladi. Osoyishta hayotning 
boshlanganligi bjlan birga, Boburiylar davlati bilan Movarounnahr o‗rtasida 
madaniy aloqalarning yo‗lga qo‗yilishi bu rivojlanishning asosiy sabablaridan edi. 
Natijada Boburiylar huzuriga ketib qolgan, lekin hali o‗z ona vatanlaridan butkul 
ko‗ngil uza olmagan shoirlar, olimlar va san‘atkorlar yana Movarounnahrga qaytib 
kela boshlaydilar. 
Shayboniylar davri madaniyatining o‗ziga xos xususiyatlaridan biri — 
Shayboniylarning ko‗chmanchi va yarimko‗chmanchi hayot tarzining ijtimoiy- 
siyosiy, madaniy-ma‘naviy hayotga ta‘sir ko‗rsatganligidir. Chunki bunday 
hayotga o‗rgangan sulolalarda, birinchidan, ilm-ma‘rifatning asosiy o‗zagi 
hisoblangan tabiiy fanlar rivojiga bo‗lgan qiziqish yuqori darajada bo‗lmaydi. 
Ikkinchidan, ko‗chmanchi va yarim ko‗chmanchi hayotdan o‗troq hayotga 
o‗tayotgan kimsalarda ko‗proq yangi diniy e‘tiqodga bo‗lgan ixlos nihoyatda 
baland bo‗ladi. Xuddi shuningdek, Shayboniy, so‗ngra Ashtarxoniy sulolalari 
hukmdorlarida ham islom diniga ixlos yuqori darajada bo‗lgan. Shu boisdan ular 
Movarounnahr taxtiga o‗tirganlaridan so‗ng bu yerda hukmron mavqega ega 
bo‗lgan sufiylik - Naqshbandiylik tariqatiga, uning talablari va qonunga kirgan 
«pir-murshid» tamoyiliga katta ixlos bilan qaradilar va oxir-oqibat o‗zlarining 
inon-ixtiyorlarini Jo‗ybor shayxlari qo‗liga tutqazdilar. 
Har bir davrda kishilar va jamiyat o‗rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy- 
axloqiy vaziyatni barqarorlashtirib turuvchi ijtimoiy institutlar faoliyat ko‗rsatib 
kelgan. Aynan islom dini XVI asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha mazkur 
vazifani bajargan. Islom dini arboblari jamiyatdagi o‗zaro nizolarni, oddiy xalq 


62 
bilan yuqori tabaqa o‗rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etuvchi va 
barqarorlashtiruvchi asosiy kuch bo‗lgan. Davlatni boshqarishda bevosita ishtirok 
etuvchi diniy arboblar, yirik-yirik yer egalari, mahalliy hokimlar, sarkardalar va 
boy-badavlat kishilar o‗rtasida o‗sha davrda tez-tez ro‗y berib turadigan 
kelishmovchiliklar va nizolarni bartaraf etishib, sulolalar vakillarining o‗zaro taxt 
talashishlarining oldini olishga harakat qildilar, ularni birlikka da‘vat etdilar. 
XV asrdan boshlab sufizm (naqshbandiya tariqati)ning yirik vakillari daviatni 
boshqarishda faol ishtirok eta boshladilar. Natijada davlatni boshqarishda katta 
kuchga ega bo‗lgan shayx ul-islom (jamiyatni boshqarish me‘yorlarini ishlab 
chiquvchi, boshqaruv organlari qarorlarining to‗g‗riligini, avvalo, Qur‘on, so‗ngra 
hadislar bilan qiyoslovchi), mufti (diniy huquq va huquqiy masalalarga fatvo 
beruvchi) va bosh qozi (jinoyat va jazo masalalarini, ya‘ni jinoiy ishlarni ajrim 
qiluvchi) kabi mansab egalari hukmdorlar (Shayboniylar va Ashtarxoniylar)ning 
pirlari, hukmdorlar esa ularning muridlari hisoblangan. 
Davlatni boshqarishda Buxoro yaqinidagi Jo‗ybor qishlog‗ida istiqomat 
qiluvchi Muhammad Islom, Jaloliddin Kosoniy (Mahmudi A‘zam nomi bilan 
mashhur bo‗lgan), Hoji Muhammadamin, Hoji Hoshimiy, Abu Rahim, Tojiddin 
Hasan, Xoja Saad; Samarqandda istiqomat qilib jamiyat ma‘naviy hayotida muhim 
rol o‗ynagan Xoja Ahror Valiy (asli Toshkentda tug‗ilgan) va uning nabirasi 
Bakirxo‗jalar; XV asming 80-yillarida Movarounnahrga kelib Xoja Ahror 
Valiyning izdoshi va muridi bo‗lgan Mir Arab (asli Yamanda tug‗ilgan va 
Movarounnahrga kelib, Turkistondagi Sayram shahrida yashagan) Abdulloh al-
Arabi al-Yamanlilar katta ta‘sir kuchiga ega bo‗lganlar. 
Ikkinchi tomondan, naqshbandiylar sufiylar (o‗z davrida Yassaviytik ham, 
Kubroviylik ham) millat ajratmasdan mahalliy o‗troq, ko‗chmanchi va yarim-
ko‗chmanchi xalqlarning azaliy an‘analari va turli diniy ibodat unsurlarining 
umumlashuvi hamda fors, arab va turkiy xalqlar madaniyatlarining o‗zaro 
uyg‗unlashib, hozirgi milliy madaniyatimizning shakllanishi hamda rivojlanishida 
muhim rol o‗ynagan. 
Ashtarxoniy hukmdorlardan Subhonqulixon davrida fan taraqqiyotida ozgina 
bo‗lsa-da siljish ro‗y berdi. Masalan, Mulla Tursun Faroziy, Mulla Ne‘mat 
Samarqandiylar matematika, astronomiya va geometriya bo‗yicha, Abdulla 
Ofarinketiy, Ali Buxoriy, Mulla Rahmat Samarqandiylar musiqashunoslik 
bo‗yicha faoliyat ko‗rsatdilar. 
Tabobat ilmi bilan qiziqqan Subhonqulixon 1697-yilda Buxoroda 18 hujrali 
«Dorush-shifo» nomli madrasa-kasalxona qurdirdi. Bu maskan qoshida 
tashxisxona, dorixona, kutubxona va boshqa yordamchi binolar mavjud boigan.
Xullas, bu davrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turli xil etnik 
guruhlarning kelib chiqishi, tili, urf-odatlari, moddiy hayot shart-sharoitlari hamda 
taxt tepasida turgan hukmdorlar sulolalari, ularning davlat tepasiga kelishi, zafarli 
yurishlari va taqdiri haqidagi turli xil tarixiy asarlar yuzaga keldi.
Bu davr madaniyatining xarakterli jihatlaridan biri o‗tmish falsafiy merosini 
o‗rganish, ilmiy-tabiiy bilitnlarni o‗zlashtirishga bo‗lgan qiziqish bilan 
cheklanganlik, falsafa va adabiyot orqali insonparvarlik g‗oyalarini ilgari surish 


63 
bo‗lgan. 
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri madaniyatining yana bir muhim 
xususiyati tarixnavislik fanining rivojlanganligidir. Buning boisi, birinchidan, 
millatning shakllanish jarayoni, milliy o‗zlikni anglashga, ikkinchidan, o‗zi 
mansub bo‗lgan xalq, elat yoki urug‗ning kelib chiqishi, ularning til, e‘tiqod, 
ruhiyat birligi, xalq tarixida ro‗y bergan hodisalarni yoritishga bo‗lgan intilishning 
kuchaya borishi, boshqa urug‗lar, elatlar bilan aloqasi va boshqa jihatlarini 
bilishga, uchinchidan. milliy ong, milliy g‗ururva millatparvarlikningshakllana 
borishi natijasidir. XVI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda yashayotgan turli 
xalqlar, elatlar va urug‗larning tarixini yorituvchi asarlar yaratish an‘anaga aylana 
bordi. Masalan, Shayboniylar davrida tarixga oid quyidagi asarlar vujudga keldi. 
Muallifi noma‘lum bo‗lgan «Tavorixi go‗zidayi Nusratnoma», Mulla Shodiyning 
«Fathnoma», Binoiy va Muhammad Solihlarning «Shayboniynoma»lari, Abdulloh 
Nasrullohiyning «Zubdat al-asor», Fayzulloh Ro‗zbixonning «Mehmonnomai 
Buxoro», Zayniddin Vosifiyning «Badoye‘ ul-vaqoye‘», Hofizi Tanish 
Buxoriyning «Abdullanoma» va boshqa asarlari yozildi. 
Bu davr adabiyotining asosiy xususiyati adabiy jarayonda o‗sha davr 
hukmdorlari ta‘sirining sezilib turganligi bilan xarakterlanadi. Hukmdorlarning 
o‗zlari she‘riy, nasriy va tarixiy asarlar yaratishga bo‗lgan intilishlari bilan ko‗zga 
tashlanib turganlar. Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdulazizxon, 
Subhonqulixon, Abulg‗ozixon, va boshqalarning she‘riyat, nasr va tarix sohalarida 
qalam tebratganlari fikrimizning dalilidir. 
She‘riyatda 
qalam 
tebratgan 
hukmdorlardan 
biri 
Muhammad 
Shayboniyxonning o‗zidir. U o‗z umrining ko‗p qismini jangu jadalda o‗tkazsa-da, 
ilm-fan va san‘atga qiziqishi ancha baland bo‗lgan. U yaxshi ta‘lim-tarbiya olgan. 
Natijada iste'dodli shoir, musavvir, musiqachi va xushovoz qiroatxon bo‗lgan. 
Shaybonjylar suloiasining yana bir vakili Ubaydullaxon ham ilm-fan adabiyot 
va san‘atga qiziquvchi hukmdorlardan biri bo‗lgan. U «Ubaydiy» taxallusi bilan 
o‗zbekva fors tillarida ijod etgan va asosan g‗azallar, ruboiylar va qit'alar bitgan. 
Ubaydullaxonning o‗g‗li Abdulazizxon ham «Aziziy» taxallusi bilan g‗azallar 
yozgan. Abdulazizxon o‗z saroyida Hofiz Sulton Ali Ubaxiy, Vosifiy, Baqoiy, 
Majlisiy, Kavkabiy, Surudiy, Shaydo kabi shoirlar va san'atkorlarni to‗playdi, 
ularga ko‗plab iltifotlar ko‗rsatadi. U o‗z saroyida shoiriar bilan muntazam 
ravishda mushoiralar o‗tkazib turadi. Shuningdek, Abdulazizxon mamlakat 
obodonchiligi yo‗lida ko‗plab qurilishlarni amalga oshiradi, me'moriy binolar 
qurdirib o‗z saroyi qoshida yirik kutubxona tashkil ettiradi. 
Shayboniylardan keyingi davrda taxt tepasiga kelgan Ashtarxoniylar ham o‗z 
davrining o‗qimishli va yetuk kishilari bo‗lganlar. Ularning ko‗pchiligi uch tilni 
(turk, fors va arab tillarini) mukammal bilganlar. Dunyoviy va diniy ilmlarni 
egallaganlar. Imomqulixon, Nazarmuhammadxon, Abdulazizxon, Subhonqulixon 
she‘riyatda qalam tebratganlar. Masalan, Subhonqulixon Nishoniy taxallusi bilan 
she‘r bitgan. Imomqulixon yetuk siyosatchi, ilmparvar va ra'iyatparvar bo‗lganligi 
uchun ham 30 yildan oshiqroq hukmdorlik qilgan. Uning davrida ijtimoiy-siyosiy 
va iqtisodiy barqarorlik vujudga kelgan. Imomqulixon chiqarilgan qonun va 


64 
farmoyishlaming bajarilishini nazorat qilib borgan. 
Shunga qaramasdan, ashtarxoniylar davrida mamlakatni holdan toydiruvchi 
o‗zaro taxt talashishlar, beklar va boylar o‗rtasidagi ixtiloflar davom etgan. 
Xalqning o‗zaro kurashlardan qiynalayotganligini ko‗rgan ijod ahllari, masalan, 
Turdi (Farog‗iy), Boborahim Mashrablar o‗z asarlarida hukmdorlar. beklar, 
sultonlar va ayrim din rahnamolarini qattiq tanqid ostiga olgan. Chunki ularga 
nisbatan xalqda ishonch qolmagan edi. Ular diyonat, insof, adolat va 
xalqparvarlikdan uzoqlasha boshlagan edilar. Ma‘lumki, qayerda diyonat, imon- 
e'tiqod, adolat hukm surarkan, o‗sha joyda el hukmdordan xursand, o‗sha yerning 
shoirlari hukmdorlar madhida bo‗lgan, xalqning turmushi, ijtimoiy munosabatlar 
va hodisalar, botiniy va zohiriy ishqning kuychisiga aylangan. 
Jamiyat hayotining taqdiri butunlay ruhoniylar qo‗liga o‗tgach, ya‘ni XVII asr 
oxiridan boshlab Markaziy Osiyo madaniyatida tushkunlik kayfiyatlari kuchaydi. 
Tasawuf ta‘limotining ildizlari jamiyat ma‘naviy hayotining ko‗pgma sohalariga 
chuqurroq kirib bordi. Ayniqsa, tasawufning qalandarlik oqimining ta‘siri 
kuchaydi. Qalandarlar tasawuf ta‘limotini yoyishning qudratli vositasiga 
aylandilar. Ular nafaqat diniy ta‘Iimotni, baiki tarki dunyochilikni targ‗ib qilishni 
ham asosiy vositasiga aylanganlar. Shuningdek, ular devonalik yo‗li orqali 
adolatsizlikka qarshi kurashganlar ham. 
Umuman olganda, bu davr abadiy jarayonida bir tomondan ko‗proq botiniy va 
zohiriy ishq-muhabbatni kuylash ko‗zga yaqqolroq tashlansa, ikkinchi tomondan, 
riyokor dindorlar, ochko‗z boylar, boylik to‗plashga intiluvchi beklar tanqid ostiga 
olinadi, uchinchi tomondan esa, inson qismati taqdirning azaliy hukmi ekanligi 
g‗oyasi ilgari suriladi. 
Ham Shayboniylar, ham Ashtarxoniylar o‗z saroylari qoshida ko‗plab 
san‘atkorlarni to‗plab, ularga homiylik qilganlar. Natijada nafaqat she‘riyat va 
me‘morlik san‘atlari, balki musiqa san‘ati ham taraqqiy etadi. Ikkala sulola 
hukmronligi davrida mohir sozanda va xonandalar, shoir-bastakorlardan Mavlono 
Kavkabiy, Mavlono Rizo, Mavlono Pirmuhammad Kulol, Ali Do‗st Noiy, Amir 
Ali Akbar Samarqandiy, Amir Masti Kobuziy va boshqalar xalq orasida mashhur 
bo‗lgan. 
XVI-XVII asrlarda yashagan Mavlono Kavkabiy va Darvesh Ali Changiylar 
musiqashunoslikka oid asarlar yaratishib, kuy va qo‗shiq, ularning turlari hamda 
shakllari masalasini yoritib berdilar. 
Xulosa qilib aytganda, temuriylar davridan keyingi madaniy hayot da adabiy-
badiiy jarayon sezilarli darajada rivojlanishda davom etdi. Lekin hayotning barcha 
sohalarini qamrab olgan mutanosiblik ishlab chiqarish kuehlari taraqqiyotiga, 
ayniqsa, aniq fanlar taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi, Shuningdek, diniy 
mutaassiblik ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatgan. 
Natijada moddiy va ma‘naviy boyliklar ishlab chiqarish oldingi davrlar — ilk 
Uyg‗onish va temuriylar davriga nisbatan birmuncha sust rivojlangan. Aholining 
ilm-fanga bo‗lgan qiziqishi ham, ilmiy tafakkur taraqqiyoti ham bir qadar susaya 
borgan. 


65 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling