Guliston davlat universitеti
Me‟morlik va musiqa san‟ati
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Me‟morlik va musiqa san‟ati
Shayboniylar davrida nafaqat hukmdorlar, balki o‗z davrining ko‗zga ko‗ringan va katta moddiy imkoniyatga ega bo‗lgan shaxslari ham ko‗plab me‘moriy yodgorliklar qurganlar. Bu davrda Samarqandda Muhammad Shayboniyxon qurdirgan Xoniya, Abu Said nomli madrasalar. Buxoroda shahar devonining ta'mirlanishi, Mir Arab (Ubaydullaxon qurdirgan), Abdullaxon, Modarixon (Abdullaxon o‗z onasiga atab qurdirgan), Govkushon, Fathulla Qushbegi, Muhammad Xoja Porso, Jo‗ybor, Ko‗kaldosh, Qulbobo madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Baland, Chor Bakr, Abdullaxon masjidlari, toqi Sarrafon, toqi Zargaron, toqi Urdfurushon, toqi Tirgaron, toqi Telpakfurushon kabi beshta toqilar, Abdullaxon timi, Toshkentda Ko‗kaldosh va Baroqxon madrasalari, Qaffoli Shoshiy maqbarasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi, Balxda Abdullaxon va Qulbobo Ko‗kaldosh madrasalari hamda boshqa me‘moriy yodgorliklar quriigan. Ashtarxoniylar davri ham ko‗plab me‘moriy yodgorliklarning bunyod etilganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Buxoroda Abdulazizxon, Ubaydullaxon madrasalari, Boqi Muhammad va Ubaydullaxon masjidlari, Subhonqulixon qurdirgan kasalxona, madrasa, Balx shahrida Nazar Muhammad va Subhonqulixon madrasalari, qator chorbog‗lar, Mozori Sharifda Hazrat Ali qabridagi gumbaz va boshqa binolar barpo etiladi. Albatta, Ashtarxoniylar davrida ham o‗ziga to‗q kishilar, amirlar, amaldorlar ham o‗zlarining mablag‗lariga ko‗plab me‘moriy yodgorliklar qurdirganlar. Masalan, XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon, Xojamberdi, Sherg‗ozixon madrasalari qurilgan bo‗lsa, Buxoroda Poyandibiy otaliq masjidi, Nazrdevonbegi madrasalari, Bozori Gusfand madrasasi, Samarqandda Amir Yalangto‗shbiy tomonidan Registon maydonida Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etilgan. Bunday ulug‗vor va hashamatli binolar hukmdoming qudratidan dalolat berishini, ularning nomlarini abadiylashtirishning eng maqbul yo‗ii ekanligini anglab yetganlar. Shuning uchun ham Shayboniy hukmdorlar bir tomondan nafaqat Buxoro, balki o‗zlari bosib olgan boshqa shaharlarda ham ko‗plab madrasalar, masjidlar va xonaqohlar qurdirgan bo‗lsalar, ikkinchi tomondan, o‗zidan oldin yetti iqlimni bo‗ysundirib o‗zining qudratini namoyish qilgan Amir Temurga g‗ayrlik bilan qaraganlar va Temur tomonidan bunyod etilgan eng hashamatli va ulug‗vorlikda boshqa me‘moriy yodgorliklardan ustun bo‗lgan «Oqsaroy»ni vayron qilishga harakat qilganlar «Oqsaroy»ni XVI asrdayoq Shayboniylar xonadoniga mansub yangi hukmdorlar nafaqat a‘lo sifatli g‗ishti uchun, balki saroy bunyodkorining ulug‗vor xotirasini unuttirish uchun ham buzib tashladilar. Shayboniy hukmdorlar markaziy shaharlar va ularning atrofini obod qilishga harakat qildilar. Jumladan Buxoro, ya‘ni poytaxtda me‘morchilikka katta e‘tibor berildi. Mir Arab Madrasasi-Buxoro xoni, mumtoz shoir Ubaydullaxon in‘om etgan mablag‗ hisobiga Shayx Abdulla tomonidan 1530-1536 yillar Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling