Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Ulug'bek rasadxonasi
54 Shahrisabzdagi Ko‗kgumbaz va boshqa binolarning qurilishini nihoyasiga yetkazdirdi. Samarqand shahri markazini obodonlashtirishga alohida e‘tibor berdi. Shaharning markaziy maydoni - Registonda madrasa, xonaqoh, karvonsaroy, hammom va boshqa ko‗rkam binolarni qurdirdi. Movarounnahmmg madaniy jihatdan rivojlangan uch shahri - Samarqand (1417- 1420-yillarda), Buxoro (1417- yilda) va G‗ijduvon (1433-yilda) shaharlarida madrasalar bаrpо ettirdi. O‗zi bevosita rahbarlik qilgan holda 1424-1428-yillarda o‗sha davrning akademiyasi hisoblangan — rasadxonani qurdirdi. Ulug‗bek madrasasi Registon ansamblinig g‗arbida joylashgan ikki qavatli madrasa bo‗lib, ravoq tepasida yulduzli osmon aks etgan. Ganchkori panjaralar orqali xonaga yorug‗lik tushib turadi. Madrasaning to‗rt tomonini darsxona va ayvon egallagan, vayron bo‗lgan ikki qavati, devorlaridagi ko‗chib kegan bezaklari qayta tiklangan (1936 yil) , V.Shuxov va M. Mauerlar loyihasi asosida shimoli- sharqiy minorasi ta‘mirlangan (1932 yil.) Agar Ulug‗bek davrida quriigan me‘moriy obidalarning maqsadli tomonlariga e‘tibor bersak, mazkur binolarning ko‗pchiligi ilm-fan, ma‘naviyat va ma rifatni rivojlantirishga xizmat qilganligini ko‗ramiz. Masalan. Samarqand, Buxoro, G‗ijduvondagi madrasalar, Samarqanddagi rasadxona ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‗shgan. Samarqand va Shahrisabzda qurilgan masjidlar va maqbaralar esa kishilarning ma‘naviy e‘tiqodini mustahkamlashga, diyonat va imon pokligining shakllanishiga xizmat qilgan. Sulton Husayn Boyqaro davrida Xuroson oikasida ko‗plab me'moriy yodgorliklar, turli xil inshootlar qurildi. Katta obodonchilik ishlarining rivojlanishiga bevosita Alisher Navoiyning o‗zi boshchilik qildi. Mirzo Muhammad Haydar o‗zining «Tarixi Rashidiy» nomli asarida Alisher Navoiy о‘zining har yilgi daromadi - o‗n sakkiz ming «Shohruhiy» dinorni obodchilik ishlariga sarflaganligini yozdi. Xondamir o‗zining «Makorim ul axloq» nomli asarida Navoiy va uning safdoshlari tomonidan 300 dan ziyod jamoat binolari qurilganligini ko‗rsatib o‗tadi. Qurilishning ko‗pchiligiga Alisher Navoiyning o‗zi homiylik qilganligi yoki o‗z mablag‗idan sarflaganligini, Navoiyning Xurosonda madrasa, karvonsaroy, 52 rabot, 19 hovuz, 16 ko‗prik, 9 hammom va boshqa binolarni barpo etganligini ta‘kidlab ko‗rsatadi. Birgina Astraboddagi ikki yillik hokimligi davrida «Mir saroyi», «Jome‘ masjidi»ni qurdiradi. Hirotda ham masjid, Marvda esa «Xusraviya» nomli madrasa qurdiradi. Alisher Navoiy vazirlik vazifasidan bo‗shagandan so‗ng, Husayn Boyqaro o‗z do‗stiga shahar tashqarisidagi Injil arig‗i bo‗yidan uy-joy va bog‗ qurish uchun yer ajratib berdi. Navoiy esa bu joyda nafaqat uy-joy, balki xalqqa yordami teguvchi ko‗plab binolar bаrpо ettirdi, ya‘ni madrasa, shifoxona, hammom, savdo rastalari, xonaqoh, dam olish uchun bog‗lar barpo ettirdi. Bu binolarni «Ixlosiya» (do‗sti Husayn Boyqaroga bo‗lgan ixlosi ramzi), «Shifoiya» (sog‗iiq ramzi), «Safoiya» (poklik ramzi), «Xusraviya» (shahzoda Muhammad Suitor) sharafiga) deb nomlaydi. Navoiy ijodining markazida inson, ulardan tashkil topuvchi xalq, ular makon 55 tutgan Vatan, insoniyatning ko‗rki - odob-axloq masalalari turadi. Mutafakkirning ijodi va falsafiy tafakkuri markazida insonparvarlik, axloqiy fazilat, mehnatsevarlik, adolatparvarlik g‗oyalari yotadi. Uningcha, inson butun mavjudotning eng oliy toji, koinotning bezagidir. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling