Guliston davlat universitеti


Xattotlik va miniatyura san‟ati


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Xattotlik va miniatyura san‟ati 
 
Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi) kitob koʻchirish hamda meʼmoriy 
inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalarini yaratish sanʼatidir. Sharqda, jumladan, 
Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, 
ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan.
Xattotlikda 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nastaʼlik, suls, 
tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjud bo‗lgan. Xususan, kufiy yozuvi 
koʻpgina meʼmoriy va boshqa yodgorlik obidalarining bezagida, saqlanib qolgan. 
Raboti Malik karvonsaroyi 


45 
Jumladan, Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlanayotgan Usmon 
Qurʼoni ham ana shu kufiy (qad. hijoz adabiy yozuvi)da koʻchirilgan. Qurʼon 
koʻchirishda nasx, buyruq va farmonlar yozishda tavqe, maktublar bitishda riqo 
ishlatilgan. Bulardan tashqari tumor, gʻubor, shajariy, tugʻro va boshqa yozuv 
usullari ham boʻlgan. 
Somoniylar davrida xattotlik san‘atining taraqqiy etishida Ismoil ibn Hamid 
Javxariy, Muqla Yazidiy, Abuabdullo ibn Hamid Xorazmiy, Abulqosim 
Nishopuriy, Yoqub ibn Makul va boshqalar muhim rol o‗ynagan.
Kitobat sanʼati bilan bir qatorda yuqorida ta‘kidlab o‗tilganidek, binolarning 
kitobalari, shu bilan birga qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda xattotlik keng 
qoʻllanilgan. 
Kufiy yozuvida Olloh nomi zikr etilgan mozaika. Samarqand 
IX-XII asrlarda tasviriy san‘at taraqqiyotiga islomdagi tirik jonzotni 
tasvirlashni man etgan ta‘qiqilar o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Ammo bu chegaralashlar 
tasviriy san‘atning umumiy taraqqiyotini bo‗g‗a olmaydi. Mana shu ta‘qiqlanishlar 
natijasida Sharq mamlakatlarida qo‗lyozma kitoblarga ishlangan bezaklar – 
miniatyura san‘ati yuksak darajada rivoj topdi. Miniatyuraning yuzaga kelishi va 
rivojlanishi, badiiy adabiyotning ravnaqi, kitobning qadimda Sharqda ilmu ma‘rifat 
manbai sifatida yuksak qadrlanganidan dalolat beradi. XILI asrda Xurosonda 
bo‗lgan arab sayyoh-geografi Yoqutning yozishicha, o‗nlab kutubxonalar bo‗lgan: 
―Butun dunyoda men bu kabi ko‗p ajoyib kitoblarni ko‗rmaganman‖
1
.
Miniatyura (frans. miniature; lot. minium — qizil bo‗yoq) badiiy usullari o‗ta 
nafis bo‗lgan kichik hajmli (mo‗‘jaz) tasviriy sanat asarlaridir. O‗rta asr 
qo‗lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo‗‘jaz rasmlar, shuningdek, 
suyak, pergament, mag‗zi soxta (toshqog‗oz), metall, chinni, ba‘zan maishiy 
buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va b.)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga 
ham miniatyura atamasi qo‗llanadi. 
Badiiy miniatyuraning kitob va portret miniatyurasi kabi sohalari keng 
tarqalgan. Kitob miniatyurasi – kalligrafiya, sahifalarni ziynatlash, muqova bezagi 
bilan bir qatorda qo‗lyozmaning eng asosiy murakkab dekorativ unsurlaridan birini 
tashkil qiladi. Miniatyuraning asosiy ahamiyati 
matn mazmunini tushuntirish va umuman olganda, dunyoviy xarakterga ega 
bo‗lgan asarlarni bezashdan iborat bo‗lgan. Ular turli bo‗yoqdar bilan qo‗lda 
bevosita qo‗lyozma kitoblar varaqlariga ishlanib, undagi naqshlar (sarlavqa, unvon, 
lavha va b.) shu kitoblarning bezaklari bilan uyg‗unlashgan.
1
Пугаченкова Г.А. Среднеазиатские минатюры. –Т.: Шарқ, 1994.- C. 5 


46 
Miniatyura qadimdan ma‘lum bo‗lgan. Qadimgi Misr papiruslariga xira 
bo‗yoqlar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. 
So‗nggi antik miniatyuralari (4—6-a.lar) shakllar va nur-havo holati to‗g‗ri 
berilganligi bilan diqqatga sazovor.
Miniatyura qo‗lyozma kitoblarning mo‗jaz rasmlari va alohida ishlangan 
rasmlar sifatida XII asrlardan boshlab Sharqda keng tarqalgan. Avval ilmiy 
qo‗lyozmalar (masalan, tabobatga oid Dioskoridning «Dorilar» risolasining arab 
tiliga tarjimasi, Abu Rayhon Beruniyning «Osar ul-boqiya» — «O‗tmishdan 
qolgan yodgorliklar», Qazviniyning «Nujum» — «Yulduzlar» va b.), keyinchalik 
badiiy asarlar (Haririyning «Maqomot», «Kalila va Dimna», «Tarixi Tabariy» kabi 
asarlar)ga rasmlar ishlangan.
O‗rta asrlarda Sharqda miniatyuraning o‗ziga xos maktablari shakllangan. 
Ushbu davr Sharq miniatyurasida bir qator maktablar ajralib turadi: Misr, Suriya, 
Iroq, Afg‗oniston, O‗rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Hindiston qo‗lyozma 
kitoblarining barcha bezaklari o‗zaro uyg‗unlikda bog‗langan; chiziqli ritm, 
manzara, ranglarning nozik uyg‗unligi ularning bezak tuzilishini belgiladi. 
Miniatyura san‘ati kitobat sanʼati (arab, kataba -yozish, yozmoq soʻzidan) — 
qoʻlyozma kitoblarni yaratish va ziynatlash bilan bog‗liq bo‗lgan. Markaziy 
Osiyoda (jumladan, Oʻrta Osiyoda) qoʻlyozma kitoblarni bezash juda qadimdan 
maxalliy madaniyat taraqqiyot bosqichlari bilan bogʻliq holda shakllangan. Eng 
qadimgi kitoblardan «Avesto» qoʻlyozmalari; sugʻd tilida yaratilgan «Vessantaraka 
jataka» asari (uning varaqlari turli mamlakatlar — Rossiya, Fransiya, Angliyada 
saqlanadi); sopol yuzasidagi bitiklar, charm oʻramlari, metall buyumlardagi 
yozuvlar, qogʻoz varaq taxlamalari (taxtachalar orasiga olib tizimchalar bilan 
bogʻlangan turi) va boshqa oʻrta asrlarda umummusulmon yoki arab tilidagi 
qoʻlyozma anʼanalariga asoslangan kitobat sanʼati toʻliq shakllandi va yuksak 
taraqqiyot darajasiga erishdi. Kitobat sanʼati hunarmandlar — qogʻozrez, xattot 
(kitob va risolalarni ko‗chiruvchi kotib)
, lavvoh 
(sarlavha va jadvallarni bezovchi)

muzahhib 
(zarhal beruvchi mo‗yqalam sohibi)
, musavvir, sahhof (muqovasoz) va 
boshqalardan iborat guruh (jamoa) tomonidan bajariladigan jarayon boʻlib, Oʻrta 
va Yaqin Sharq islom tasarrufidagi davlatlarda bir xil usulda amalga oshirilgan.
Qo‗lyozma kitoblarni tayyorlashda kitob uchun yaxshi, sifatli qog‗oz tanlash 
muhim bo‗lgan. Bu o‗rinda Samarqand qog‗ozi, ayniqsa, o‗zining bejirimligi va 
sifati bilan dong taratgan. Samarqand qog‗ozlari miloddan avvalgi davrda Buyuk 
Ipak yo‗li orqali Eron, Hindiston, Shom va Rumgacha yetib borgan.
Qoʻlyozma kitob uchun yaxshi, sifatli qogoz tanlangan, xattot matnni 
qogʻozga yozishda maxsus qogʻozkarton (mistar) ustiga ip tortib uning izini matn 
yoziladigan qogʻozga tushirib olgandan soʻng xat yozilgan. Matnni joylashtirilishi 
xattotning mahoratiga bogʻliq boʻlgan. Bitilgan matnni lavvoh hoshiya qogʻozga 
yelimlagan. Ustidan jadvalkash ayni yopishtirilgan joydan turli ranglarda chiziqlar 
tortib, matnni jadvalga olgan. Soʻngra muzahhib suyultirilgan oltin va boshqa turli 
ranglar yordamida qoʻlyozmani ziynatlagan va «shams», «lavha», «sarlavha», 
«zarvaraq» «xotima» naqshlar bilan bezagan. Boʻsh qoldirilgan joylarga musavvir 
rasm (miniatyura) ishlagan. Musavvir, naqqosh nafis qamish qalam bilan rasmning 


47 
asosiy tarhini, shakllar chizigʻini, zaminni, detallarni chizib, soʻng turli rangda 
(oltin, kumush ishlatgan holda) boʻyagan. Muqovachi qoʻlyozmani karton yoki 
charmdan ishlangan (naqsh zarb qilingan, boʻyoqlar, oltin bilan boʻyalgan) 
muqovaga biriktirgan, muqova qopqogʻi yogʻochdan baʼzan kumushdan quyib 
tayyorlangan hamda bosma, oʻyma va qadama naqshlar, yorqin rasmlar bilan 
bezatilgan.
VILI-XII asrlarda mutafakkirlar, olimlar asarlari, asosan, arab tilida 
(Xorazmiyning «Kitobi surat al-arz» — «Yer tasviri kitobi», 1036; Beruniyning 
«Osor ulboqiya» — «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», XIV-asr va 
boshqalar), keyinchalik (X—XIX-asrlar) fors tilida bitilgan va rasmlar bilan 
bezatilgan.

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling