Guliston davlat universitеti
Nirvanadagi Budda. Ajinatepa
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Nirvanadagi Budda. Ajinatepa
38 Nazorat savollari: 1. Ilk o‗rta asrlarda madaniy taraqqiyotga iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy o‗zgarihslar qanday ta‘sir ko‗rsatdi? 2. O‗rta asrlarda mavjud diniy e‘tiqodlar madaniyat va san‘at taraqqiyotida qanday rol o‗ynadi? 3. O‗rta asr me‘morchiligining o‗ziga xos xususiyatlariga baho bering. 4-mavzu: IX-XILI asrlarda O„zbekiston madaniyati va san‟ati Reja: 1. IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot omillari 2. Me‘morchilik va amaliy san‘at taraqqiyoti 3. Xattotlik va miniatyura san‘ati Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Uyg‗onish davri, islom ma‘naviyati, arab yozuvi, hadisshunoslik, tasavvuf, sufiylik, madrasa, masjid, maqbaralar, rabot, karvonsaroy, turkiy til, turkiy yozma adabiyot, kulolchilik, shisha san‘ati, zargarlik, hattotlik va miniatyura san‘ati. IX-XII asrlarda madaniy taraqqiyot omillari Mamlakatimiz tarixida IX-XII asrlar ilk Uyg‗onish davri nomi bilan ataladi. Bu davr milliy madaniyatimizdagi eng yorqin sahifalardan biri bo‗lib, nafaqat moddiy madaniyat, balki ma‘naviy madaniyatning barcha sohalarida yuqori darajaga erishilgati davrdir. Uyg‗onish davri — bu, eng avvalo, ijtimoiy taraqqiyotda ishlab chiqarish munosabatlarining ham, ma naviy hayotning ham yangi bosqichga o‗tish davridir, ya‘ni eski ishlab chiqarish munosabatlari va ma‘naviy hayotning yangisiga o‗tishidir. Uyg‗onish davri madaniyati tushunchasi, birinchidan, muayyan millat yoki xalqning ma‘naviy mahdudlikdan ozod bo‗la borishi, milliy qobiqdan chiqib, dastlab hududiy, so‗ngra umumjahon ma‘naviyatiga ta‘sir ко‘rsata borishi, ikkinchidan, tanazzulga yuz tutgan yoki boshqa kuchliroq xalqlar ma‘naviyati tazyiqiga uchragan, tarix sahnasidan tushib ketishga mahkum etilgan millat, elat yoki xalqning milliy madaniyatini qaytadan jonlantirish, tiklash, rivojlantirish va yuksak darajaga ko‗tarilishini anglatadi. IX -XII asrlar Movarounnahr va Xurosonda vujudga kelgan Somoniylar, Qoraxoniylar, G‗aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlari, eng avvalo, iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishdilar. So‗ngra islom ma'naviyatiga asoslangan madaniy taraqqiyotni vujudga keitirdilar. Arab xalifaligi bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy- iqtisodiy va ma‘naviy hayot xalifalik tartib-qoidalariga butunlay bo‗ysundirilgan edi. Uyg‗onish davri madaniyatining taraqqiy etishida islom dini — yangi mafkuraning yovilishi muhim omil bo‗ldi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‗lkalarda faqat islom dinigina emas, balki arab 39 tili va uning imlosi ham joriy etildi. Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur‘on suralarini tilovat qilishdan iborat bo‗lgan bo‗lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma‘murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‗z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‗lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‗p vaqt o‗tmay Movaraunnahrda xatto o‗z ona tilidan ko‗ra arab tili va yozuvi o‗zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‗ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalikni boshqarishda xalifalik ma‘muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Sharq Uyg‗onish davri madaniy taraqqiyoti boshida o‗sha davr hukmdorlarining о‘zlari turganlar va madaniy jarayonning rivojlanishiga imkoniyat yaratib berganlar. Masalan, Sharq Uyg‗onish davri madaniyati rivojlangan paytda o‗sha davring hukmdorlari - xalifa Xorun ar-Rashid, uning o‗g‗li Ma‘mun, Somoniylar, Qoraxoniylar va boshqa sulolalaning vakillari turganlar. Ular islomning mustahkamlanishiga, ma'rifatnmg tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik qilganlar. O‗zlarining poytaxtlariga o‗sha davrning ko‗zga ko‗ringan olimlari, fiqhshunoslari, muhaddislar, tarixchilar, shoirlar, me morlar, san atkorlarni to‗plagan. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etib, ularni mablag‗ bilan ta‘minlab turganlar. Shu boisdan ham IX asrdan boshlab ilm-fan, adabiyot va san‘at, me'morchilik va teologjya yuksak darajada rivojlana boshlaydi. Bu davrning donishmandlari insonning o‗ziga, atrof-muhitga, o‗tmish madaniy merosiga bo‗lgan munosabatlarini o‗zgartirishga alohida e‘tibor beradilar. Inson, uning taqdiri, kelajagi, orzu-umidlari, his-tuyg‗ulari fan va san‘atning asosiy mavzusiga aylanadi. Madaniy va ma‘naviy ta‘sir real insonga qaratiladi. Natijada kishilarning dunyoqarashi o‗tmishga bo‗lgan bahosi axloqiy va estetik qarashlari o‗zgara boshlaydi. Umuman olganda, Uyg‗onish davri madaniy taraqqiyotning eng muhim xususiyati - ijtimoiy-ma‘naviy taraqqiyotda muayyan etnik birliklarning milliy madaniyatini, milliy qadriyatlarni qayta tiklash va yuksaltirishga bo‗lgan yuqori darajadagi bunyodkorlik intilishlari bilan xarakterlanadi. XI asrlarda arab xalifaligi, shu jumladan, Movarounnahr va Xurosonda nafaqat dehqonchilik, balki metallurgiya, to‗qimachilik, hunarmandchilik kabi sohalar ham rivojlanib, ilm-fanning rivoji uchun ehtiyoj tug‗dirdi. Natijada matematika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar, shuningdek, jamiyatni boshqarish, uning ma'naviy-mafkuraviy hayotidagi muammolar yechimini topishga yordam beruvchi ijtimoiy-gumanitar fanlar ham rivojlandi. Tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning yuksalishidagi asosiy omillardan yana biri shuki, bu davrda turli xil nazariyalar, qarashlar va g‗oyalarni ilgari suruvchi oqimlarning paydo bo‗lishi va turli fikrlar uchun keng yo‗lning ochib berilganligidir. Bu oqimlar nafaqat islom nazariyasi va ta‘limoti, balki tabiat hodisalari va uning qonuniyatlari hamda inson va uning mehnati, yaratuvchilik salohiyati haqidagi turli xil nazariyalar va ta‘limotlarni ilgari suradilar. O‗rta Osiyoda IX-XILI asr boshlarida hukm surgan Somoniylar, 40 Qoraxoniylar, G‗aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari xalqaro maydonda o‗z mavqei va tutgan o‗rni jihatidan katta e‘tibor va nufuzga ega bo‗ldilar. Bu davrda O‗rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi. Jumladan, Somoniylar davlatining paydo bo‗lishi mintaqamiz madaniy taraqqiyotining yuksalishiga zamin hozirladi. Natijada Somoniylar davrida umuminsoniy madaniyat, ayniqsa, ilm-fan taraqqiyotida o‗z izini qoldirgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‗oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino singari buyuk mutafakkirlar yetishib chiqdilar. Bu davr ilm-fanining rivojlanishidagi asosiy omillardan yana biri - ilm ahllariga ко rsatilgan g‗amxo‗rIik, homiylik, hurmat-ehtiromning yuqori darajadaligidir. Bu davrda olimlarning shohlardan ham ko‗ra ulug‗roq deb hisoblanishining o‗zi ilm ahliga bo‗lgan munosabatni ko‗rsatadi. Sharq Uyg‗onish davri ilm-fanining rivojlanishida V-VI asrlarda Sharqning ко‘pgina shaharlariga ko‗chib kelib yashagan yevropalik olimlar ham muhim rol о ynaydilar. Ular yordamida qadimgi yunon mutafakkirlarining asarlari arab tiliga tarjima qiltna boshlangan. Sharqning Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk siymolari ana shu tarjimalar orqali qadimgi yunon falsafasi, adabiyoti, tabobati, matematikasi, fizika va mexanikasiga oid asarlar bilan tanishib chiqadilar. Musulmon madaniyatining vujudga kelishida arab, yunon, eron va hind madaniyatlarining o‗zaro qo‗shiluvi ham muhim rol o‗ynagan. Markaziy Osiyo va Xurosondan yetishib chiqqan buyuk muhaddis va fiqhshunos olimlar islom dinining nazariy jihatdan mustahkamlanishida o‗z hissalarini qo‗shdilar. Xususan, islom olamida dovrug‗ taratgan muhaddis- hadisshunoslar - Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) va Iso at- Termiziy (824-892) bizning vatandoshlarimizdir. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar islom olamida keng tarqalgan tasavvuf tariqatlarining ayrimlariga ham asos solganlar. Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabi buyuk vatandoshlarimiz tomonidan asos solingan sufiylik tariqatlari islomdagi umuminsoniy axloq me‘yorlarining takomillashuviga, azaliy muammo bo‗lib kelgan inson muammosini hal qilishga o‗zining hissasini qo‗shganligi bilan qimmatlidir. IX-XI asrlarga kelib turkiy tilning shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bunda, birinchidan, Movarounnahr va Xuroson hududlarida Qoraxoniylar, G‗aznaviylar, Xorazmshohlar, Saljuqiylar kabi turkiy sulolalar hukmronligi natijasida uning saroy tiliga aylana borganligi, ikkinchidan, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq aloqalarining diniy e‘tiqodlar va umuminsoniy xususiyatga ega bo‗lgan urf-odatlar hamda marosimlarning, ya‘ni ham moddiy, ham ma‘naviy madaniyatning rivojlana borishi va shakllanishida muhim rol o‗ynadi. Bu borada Mahmud Koshg‗ariyning «Devonu lug‗otit turk» asari turkshunoslik va uning tarixiga oid ko‗plab faktik materiallarni o‗zida qamrab olgan qimmatbaho manba hisoblanadi. O‗rta asrlarda Movarounnahr, Shosh, Farg‗ona, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda yashayotgan turkiy xalqlarning ham qadim davrlardan buyon davom 41 etib kelayotgan og‗zaki adabiyoti bilan bir qatorda yozma adabiyot rivojlana boshladi. Natijada turkiy olamning nodir didaktik dostoni - Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‗u bilig», («Qutga, baxt-saodatga erishtiruvchi bilim») asari, Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» («Haqiqat armug‗oni») asarlari o‗rta asr turkiy xalqlarining eng noyob yozma yodgorliklari hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, bu boshqa diniy e‘tiqodlaiga amal qiluvchi xalqlar tili, madaniyati bilan tanishish imkoniyatining turli xil yangi oqimlar, yo‗llar, qarashlar, ijod turlari va shakllarining keng yoyilishi, mahalliy xalq vakillari uchun noma‘lum bo‗lgan muqaddas yozuvning, uning mazmun va mohiyatini o‗rganishga bo‗lgan intilishning kuchliligi, o‗sha davr hukmdorlarining ma'rifatga intilishi, o‗z zamonasining ilg‗or fikrli namoyandalarini, fozilu fuzalolarini, san‘atkorlarini yig‗ish va ularga homiylik qilish asosida ro‗y bergan. Xullas, bu davr Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining yuksalishi hududiy chegaradan chiqib, mintaqa, so‗ngra umumjahon madaniyati taraqqiyotiga kuchli ta‘sir ko‗rsatganligi bilan xarakterlanadi. IX-XII asrlar madaniy taraqqiyoti keyingi davr Yevropa Uyg‗onish davri madaniyatiga kuchli ta‘sir ko‗rsatdi. Sharq Uyg‗onish davri madaniyatida asosiy e‘tibor insonning ma‘naviy dunyosi takomiliga qaratildi. Komil inson, Haqqa intilishga chorlash, imon va e‘tiqod yakdilligi, falsafiy tafakkur, san‘at va adabiyotning barcha ko‗rinishlarining asosiy mavzusiga aylandi, Ilk Uyg‗onish davri madaniyati fan, adabiyot, san‘at va me‘morlikda insoniyat ijodi mahsulining eng noyob yodgorliklari va asarlarining yaratilishiga, keyingi davr mutafakkirlarining ilhom manbayiga aylangan. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling