Guliston davlat universitеti
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Varaxsha devoriy surati
35 Afrosiyob devoriy surati Qadimgi Afrosiyob xarobalarida topilgan suratda esa tantanali yurish tasvirlangan. Suratda tasvirlangan oq fil, uning ustiga o‗rnatilgan taxtiravonga joylashib olgan malika, uning joriyasi, ot minib olgan hamrohlari va qo‗riqchilari ko‗z oldingizda namoyon bo‗ladi. Bu suratda hukmdorning uylanish marosimiga oid kelin (malika)ni tushirib kelish lahzasi tasvirlangan bo‗lishi mumkin. Malikani kuzatib kelayotgan ayollarning birinchisining qo‗liga so‗g‗dcha «malikaning yangasi» deb yozib qo‗yilgani bundan dalolat beradi. VI-VII asrlar Markaziy Osiyoda san‘atning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, musiqa va qo‗shiqchilik san‘atlari yuqori darajaga ko‗tarila boradi. Musiqa va qo‗shiqchilik san'atlarining rivojlanishi So‗g‗diyona hududida yaqqol sezilib turgan. Qadimgi Markaziy Osiyo musiqa madaniyati yuksak darajada rivojlanganligini mintaqaning turli hududlarida olib borilgan arxeologik qazislimalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar ham ko‗rsatadi. Bunga musiqachilar tasviri tushirilgan turli xil buyumlar va idishlar dalil bo‗la oladi. Jumladan, V-VI asrlarga oid Bolaliktepadan topilgan tasvirda bazmi jamshid tasvirlangan bo‗lib, unda chang va nay chalayotgan sozandalar, qo‗shiq kuylayotgan xonanda ko‗zga tashlanadi. Ushbu davr san‘atkorlari nafaqat Markaziy Osiyoda faoliyat ko‗rsatganlar, balki boshqa davlatlarda tashkil etilgan bayram, tantana va bazmlarda ham ishtirok etganlar. Xususan, Markaziy Osiyolik san‘at ahli bilan xitoylik san‘atkorlar o‗rtasida doimiy hamkorlik mavjud bo‗lgan. Markaziy osiyolik san‘atkorlar Xitoyda bo‗ladigan tantanalar va bayramlarning doimiy ishtirokchisi bo‗lgan. Xitoy imperatorlari saroylarida o‗tkaziladigan tantanalarda Turkistondan borgan dorbozlar, akrobatlar, ko‗zboylag‗ichlar, olovyutgich va purkagich afsungarlar hamda qiziqchilar o‗z mahoratlarini zavq-shavq bilan namoyish qilganlar. Hatto Xitoyning Chanon shahri aholisi qo‗g‗irchoq o‗yinini ilk bor VII asrda Turkistondan borgan san‘atkorlar ijrosida tomosha qilishga muyassar bo‗lgan. Qadimgi Markaziy Osiyoning ilm-fani dunyoning barcha madaniy jihatdan taraqqiy etgan hududlaridagi singari, eng avvalo, dehqonchilik madaniyatining, hunarmandchilik va iqtisodiy-madaniy aloqalarning rivojlanishi bilan bog‗liq holda 36 vujudga kelgan. Bizgacha yetib kelgan ko‗pgina hujjatlar, taqvimlar va boshqa yodgorliklarda ko‗rsatilishicha, qadimgi Markaziy Osiyoda ilmi nujum, handasa, yer ilmi, fizika va boshqa tabiiy fanlar taraqqiyotida birmuncha ilgarilash mavjud bo‗lgan. Bu davrda, ayniqsa, turli elatlar va xalqlarning tili va yozma adabiyoti, san‘ati va fani taraqqiy etib, qo‗shni davlat va hududlar: Hindiston, Eron, Vizantiya, slavyan xalqlari madaniy taraqqiyotiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatgan. Ushbu davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning yo‗lga qo‗yilishi madaniy boyliklarning boshqa o‗lkalarga yoyilishi va boshqa xalqlar madaniy hayotining ilg‗or yutuqlarini o‗rganish imkonini yaratib bergan. Bu davrda diniy dunyoqarashda o‗zgarishlar ro‗y bera boshlagan. Turk xoqonligi hududlarida o‗troq, ko‗chmanchi va yarim ko‗chmanchi aholi yashaganligi sababli, ularning diniy qarashlarida ham turli-tumanlik mavjud bo‗lgan. Masalan, o‗troq aholi o‗rtasida ko‗proq zardushtiylik, buddaviylik, moniylik dinlari asosiy diniy e'tiqodlar bo‗lgan bo‗lsa, ko‗chmanchi aholi o‗rtasida ko‗proq totemizm va shomonlik hukmron diniy tasavvurlar hisoblangan. Yarimko‗chmanchi aholi o‗rtasida ham totemistik, ham zardushtiylik, ham xristianlik, ham monizm, ham Anaxita va Er Xubbiga sig‗inish mavjud bo‗lgan. Tohariston, Farg‗ona, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda buddaviylik dini keng tarqalgan. Shu sababli bu hududlarda olib borilgan qazishmalar natijasida ko‗plab budda ibodatxonalari topilgan. Masalan, Tohariston hududidagi Balx shahrida yuzga yaqin, Termizda o‗nga yaqin, Kabodiyonda uchta hamda Farg‗ona vodiysidagi qadimgi Quva shahri xarobalaridan ikkita buddaviylarning ibodatxonalari topilgan. Quva shahridagi ibodatxonalarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida loydan yasalgan rang-barang haykal va haykalchalar qazib olingan. Turk xoqonligi davrida O‗rta Osiyo va u bilan muntazam ravishda madaniy aloqalar olib boruvchi Sharqiy Turkiston hamda Xitoy xalqlari mafkuraviy hayotida moniylik dini ham muhim rol o‗ynagan. Ma'lumki, moniylik dini zardushtiylik, nasroniylik va buddaviylik dinlarining qo‗shiluvi natijasida vujudga keldi. Uning asoschisi Moniy hozirgi Iroqda 216- yilda tug‗ilgan bo‗lib, mazkuruchala dinning asosiy jihatlarini: zardushtiylikdan ezgulik va yovuzlikning o‗zaro kurashi; buddaviylikdan taqvodorlik yo‗lini; nasroniylikdan missiya (xudoning vakili) g‗oyalarini birlashtirib, dastlab qadimgi Midiya va Eron hududlarida targ‗ib qila boshlaydi. Eron shohi Bahrom I tomonidan 277-yili qatl etiladi. Turk xoqonligi davrida moniylik So‗g‗diyona, Tohariston, so‗ngra, Sharqiy Turkiston va Xitoyda keng tarqaiadi. Sharqiy Turkiston va Xitoyda keng tarqalishida so‗g‗diyonalik missionerlarning roli benihoya katta bo‗lgan. VILI Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling