Guliston davlat universitеti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Nazorat savollari: 


30 
1. Qadimgi davr madaniyatining shakllanishida muhim rol o‗ynagan omiдlarni 
tahlil qiling. 
2. Ibtidoiy san‘atning mazmun-mohiyatiga baho bering. 
3. Antik davr madaniyati taraqqiyotida ellinistik an‘analar qanday rol o‗ynadi? 
4. Kushonlar davri madaniyatining o‗ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 
3-mavzu: Ilk o„rta asrlar madaniyat va san‟ati 
Reja: 
1. Eftaliylar davri madaniy taraqqiyoti. 
2. Turk hoqonligi davri madaniyati va san‘ati.
3. Arab istilosinig mahalliy madaniyat va san‘atga ta‘siri. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Eftaliylar davlati, Turk xoqonligi, mahalliy davlatlar, qo‗rg‗onlar, ko‗shklar, 
pandus, terrakota, koroplastika arablar istilosi, arab istilosinig mahalliy madaniyat 
va san‘atga ta‘siri.
Eftaliylar davri madaniy taraqqiyoti 
Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, hayot sahnasida yangi bir davlat - 
Eftalitlar davlati paydo bo‗ldi. Eftalitlar qadimgi Orolbo‗yi ko‗chmanchi 
massagetlar avlodlaridan bo‗lib, o‗z davrida o‗ta jangariligi va hujumkorligi bilan 
ajralib turganlar. Shu sababli qisqa vaqt ichida Sharqiy Turkistondan Kaspiy 
bo‗ylarigacha bo‗lgan katta hududlarni o‗zlariga bo‗ysundirganlar. Hatto, 
sosoniylardan bo‗lgan podshoh Peruzni ham (459484) mag‗lubiyatga uchratib, 
eroniylarni o‗lpon to‗lashga majbur qilganlar. 
Qabila-urug‗larning 
azaliy an‘analariga qat‘iy bo‗ysungan hamda 
ko‗chmanchi va yarimko‗chmanchi hayot kechiruvchi eftaliylarda ko‗p erlilik 
(poliandriya) an‘anasi, ya‘ni aka-ukalarning bir ayolni xotinlikka olishi hamda 
zodagonlarning ko‗p xotin olish an‘anasi, yuqori tabaqa vakilining 20 va undan 
ortiq do‗stlarga ega bo‗lishi va vafot etganda o‗zining sevimli oti va do‗stlari 
birgahkda dafn etilishi kabi an‘analar qonun darajasida bo‗lgan.
Eftalitlarda hokimiyatni boshqarish maxsus kengash zimmasida bo‗lgan. 
Hokimiyat tepasida kengash ma‘qullagan kishi turgan. U taxtni kengash 
tasdiqlagan qonun asosida boshqargan. Qabul qilingan huquq me‘yorlari barcha 
uchun qat‘iy qonun tusiga ega bo‗lgan. Masalan, o‗g‗rilik uchun kim boiishidan 
qat‘yi nazar, eng avvalo, o‗g‗irlangan mol o‗n baravar qilib undirib olingan
so‗ngra o‗lim jazosiga mahkum etilgan.
Eftalitlarning kuchli davlatga ega bo‗la borishi ularning o‗troqlashuviga olib 
kelgan, sun‘iy sug‗orish shoxobchalari kengayib, dehqonchilik madaniyati yuksala 
borgan. Qalin mudofaa devorlari bilan o‗ralgan istehkomli qal‘alar, qo‗rg‗onlar 
soni tezlik bilan ko‗paygan. 
Bu davrda Amudaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon va Chirchiq 
daryolari bo‗ylarida dehqonchilik rivojlanadi. Mazkur daryolardan suv ichuvchi 
shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etadi. Ayniqsa, kulolchilik, chilangarlik, 


31 
shisha ishlab chiqarish, bo‗zchilik va sarrojlik, zargarlik va qurolsozlik yuksaladi. 
Eftalitlar davrida Xorazm, So‗g‗diyona. Baqtriya va Shosh viloyatlarida 
mustahkam va hashamatli qo‗rg‗onlar vujudga kelgan. Savdo-sotiqning gurkirab 
rivojlanishi eftalitlar davlatchiligi iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga olib 
keladi, harbiy qudratini yana oshiradi. Tashqi savdogaipak, bo‗yoq mahsulotlari, 
rangli shishalar, qimmatbaho tosh, arg‗umoq otlar, matolar, qurol-yarog‗lar 
chiqariladi. 
Albatta, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti nafaqat mamlakatning madaniy 
hayotiga, balki unga chegaradosh bo‗lgan boshqa davlatlar va mintaqalar bilan 
bo‗ladigan madaniy aloqalariga ham samarali ta‘sir ko‗rsatadi. Eftalitlar mamlakat 
ichkarisidagi katta-kichik shaharlarda hashamatli binolar qurdiradi. 
Eftalitlar davri arxitekturasida ikki 
qavatli qilib qasrlar qurish odat tusiga kiigan. 
Qasrlar shaharning markazida, tuproq bilan 
baland qilib ko‗tarilgan joyda (eng baland 
qismi yoki tuproq bilan sun‘iy ravishda 
ko‗tarilgan balandlik – pandus tepasiga) 
qurilgan. Masalan, hozirgi Buxoro viloyati 
hududida joylashgan qadimgi Varaxsha, 
Poykand shaharlari, Xorazmdagi Tuproqqal‘a shahri, Qashqadaryo viloyatidagi 
qadimgi Zahhoki Moron qasrlari ana shunday sun‘iy tepalik ustiga quriigan bo‗lib, 
tashqi ko‗rinishidan nihoyatda mahobatli bo‗lib ko‗ringan.
Eftalitlar davri arxitekturasida, eng avvalo, ibodatxona yoki qasrning tashqi 
mahobatliligiga va uning ichki bezaklariga alohida e‘tibor berilgan. Ichki devorlar 
rangli suratlar, naqshlar va haykallar bilan bezatilgan. Masalan, hozirgi 
Surxondaryo viloyati hududida joylashgan qadimgi Bolaliktepa shahrida quriigan 
qasr devorlarida saqlanib qolgan devoriy suratlar o‗zining nafaqat tabiiyligi, 
rangdorligi, balki maishiy hayotning bir bo‗Iagini badiiy tasvirlashi bilan ham 
ajralib turadi. 
Haykaltaroshlikda ko‗proq terrakota (loydan ishlanib xumdonda pishirilgan 
sirlanmagan va rang berilmagan mayda haykalchalar) va koroplastika (ayollar 
haykali) haykaltaroshligidan foydalanilgan. Bu davr haykaltaroshligida hudud va 
unda yashovchi kishilarning kiyim-kechaklari, taqinchoqlari va o‗xshash tomonlari 
ko‗zga tashlanib turgan. Ma‘bud yoki ma‘budalar haykallari (albatta yirik va ulkan 
haykallar yasalmagan)da uni yaratuvchi haykaltaroshning diniy dunyoqarashi o‗z 
ifodasini topgan. 
Eftalitlar davrida Poykent shahri, Tuproqqal'a (hozirgi Xorazm hududida), 
qadimgi 
Chochdagi 
Oqtepa 
qal‘asi, 
qadimgi 
Varaxsha 
qo‗rg‗onlan 
shaharsozlikning namunalari hisoblangan. Misol tariqasida Varaxsha qo‗ig‗onini 
olib qarasak, eftalitlar davrida me'morchilik san'ati qanchalik rivojlanganligining 
guvohi bo‗lamiz. Varaxsha qo‗rg‗oni ulkan kvadrat shaklida mustahkam tepa 
ustiga qurilgan. Binoning devorlari ganch bilan suvalgan va devoriy suratlar biian 
bezatilgan. 
Eftalitlar davrida saroylar, ibodatxona va boy-badavlat kishilarning 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling