Guliston davlat universitеti


Xorazmdagi Yakkaparson qo'rg'oni


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Xorazmdagi Yakkaparson qo'rg'oni 


32 
turaijoylari ichki bezagida sujetli tasviriy san‘at asarlari va turli xil naqshlardan 
foydalanish odatiy tusda bo‗lgan. Masalan, Bolaliktepa qasri devorlariga 
tushirilgan ziyofat marosimi nihoyatda yorqin bo‗yoqlar bilan chizilgan bo‗lib, 
unda gilamchalar ustida juft-juft bo‗lib tiz cho‗kib o‗tirgan erkak va ayollar 
tasvirlangan. Bolaliktepa qasri devorlarida tasvirlangan ayollarning tashqi qiyofasi 
VI asrda eftalitlar hukmdori huzurida bo‗lgan budda kohinini hayratga solgan 
saroy zodagoni ayollarini eslatadi.
Eftalitlar davrida diniy e‘tiqodlar xilma-xilligi - zardushtiylik, Anaxita va 
Mitraga, buddaviylik, iuadizm va nasroniylik mavjud bo‗lgan. Buxoro vohasida 
esa ko‗proq Siyovushga e‘tiqod qilish rivojiangan.
Siyovushga e‘tiqod qiluvchilar Navro‗z kuni uning qabri atrofida katta 
bayram o‗tkazganlar. Bu bayram «Navro‗zi kishavarzon» — «Dehqonlar navro‗zi» 
deb atalgan. Buxoro otashparstlari Siyovush dafn etilgan joyni aziz tutganlar va 
unga atab har yili har bir erkak Navro‗z kuni Quyosh chiqmasdan o‗sha joy da 
bittadan xo‗roz so‗yadi. Buxoro aholisining Siyovushning o‗ldirilishiga bag‗ishlab 
aytgan marsiyalari bo‗lib, u barcha vitoyatlarida mashhur bo‗lgan. Kuychilar unga 
moslab kuy tuzganlar va qo‗shiq qilib aytgan. Qo‗shiqchilar uni «otashparastlar 
yig‗isi» deb ataganlar. 
Shuningdek, Eftalitlar davrida O‗rta Osiyo va Sharqiy Turkistonda money 
dini keng tarqala boshlaydi. Moniychilik tasviriy san‘atni diniy marosimlarga olib 
kiradi. Tuproqqal‘a (Xorazm), Varaxsha (Buxoro) va Panjikent (Tojikiston 
Respublikasi) dagi ibodatxonalar bezaklari bu fikrimizning dalili bo‗la oladi. 
Xususan Panjikentdagi suratda motam marosimi tasvirlangan.
Eftalitlar o‗z urf-odatlari, ayniqsa, dafn marosimlariga ko‗ra kuchli 
tabaqalanishga ega bo‗lganlar. Oddiy eftalitlar murdasi tuproqqa qo‗yilgan. Boy- 
badavlat kishilar vafot etganda esa, ularning jasadi maxsus tayyorlangan tosh 
dahmaga qo‗yilgan. Urug‗ boshlig‗i vafot etganda, juda katta tantana bilan dafn 
marosimi o‗tkazilgan. Odatga ko‗ra urug‗ning eng boy-badavlat kishilari 20 va 
undan ham ko‗proq sodiq do‗stlarga ega bo‗lgan. 
Xulosa qilib aytganda, eftalitlarning 100 yildan oshiqroq hukmronligi davri 
Markaziy Osiyodagi xalqlarning jipslashuvi, turli qabilalarning qo‗shilishi, 
iqtisodiy va madaniy hayotning yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan. 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling