Guliston davlat universitеti


Me‟morchilik va amaliy san‟at taraqqiyoti


Download 4.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/85
Sana01.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1737837
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85
Bog'liq
O\'MST O\'UQ 2023

Me‟morchilik va amaliy san‟at taraqqiyoti 
IX-XII asrlarga kelib, Markaziy Osiyo me‘morlik san‘ati yangi bosqichga 
ko‗tarildi. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmning o‗ziga xos moddiy madaniyat 
uslub va shakllari to‗xtovsiz rivoj topib borganligini ko‗ramiz. Shaharsozlik ravnaq 
topdi, jumladan, IX asr o‗rtalaridayoq Buxoro shahri qalin dеvorlar bilan o‗ralgan 
bo‗lib, uning 11 ta salobatli naqshindor darvozalari bo‗lgan. 
Markaziy Osiyoning ko‗pgina me‘morlik yodgorliklari islom dini 
xususiyatlaridan kehb chiqqan holda qurila boshlangan bo‗lsa-da, o‗zida islom 
dinigacha bo‗lgan xususiyatlarni ham saqlab qolgan. Me‘morlikda pishiq g‗ishtdan 
keng ko‗lamda foydalanish, murakkab kompozitsiyalarni yaratish, binoning tashqi 
va ichki ulug‗vorligini ta‘minlash imkoniyatini bergan. IX asrdan boshlab 
arxitekturada g‗ishtni turlicha terish orqali bino devorlarida o‗ziga xos turli 
bezaklar, naqsh solish yuksak darajaga ko‗tariladi. Darvozalar, eshiklar, darchalar 
va taxmonlar ravoqli qilib qurila boshlangan.
Bu davrning eng nodir yorgorligi va Markaziy Osiyo me'morligining barcha 
xususiyatlarini o‗zida saqlab qolgan Ismoil Somoniy maqbarasi o‗zining tarovatini 
hozirgi kunimizgacha saqlab qolgan. Bu yodgorlik dastlab o‗zining soddaligi va 
strukturasining aniqligi, nisbatlarining nihoyatda mutanosibligi va me‘morlik shakl 
bezagining bir-biri bilan nihoyatda nafis uyg‗unlashib ketganligi bilan ajralib 
turadi. Maqbara asosi kvadrat bo‗lib, uning hajmi katta emas (7,20x7,20 m.), to‗rt 
Somoniylar maqbarasi 


42 
tomonida nayzasimon arkli eshik mavjud. 
Maqbara tashqi tomondan tepaga bir oz torayib 
boruvchi kub va uning ustiga o‗rnatilgan yarim 
aylana shaklidagi qozonni eslatadi. Binoning 
tashqi devor yuzasi pishiq g‗ishtning turlicha 
taxlanishi hisobiga badiiylashtirilgan. G‗ishtning 
goh yon, goh burchak qilib qo‗yilishi yuzada 
yorug‗—soya 
o‗yinini 
oshirib, 
uning 
xushmanzarali bo‗lishini ta‘minlagan. Bu yorug‗-
soya o‗yini esa quyosh nurining o‗zgarishi bilan 
turlanib boradi va binoga har safar qaytarilmas 
joziba kiritadi.
Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‗zgan, Marv kabi shaharlarda 
saroylar, masjidlar, xonaqohlar, madrasalar va minoralar, tim va sardobalar 
qurilgan. Ayniqsa, naqshinkor mehmonxonalar, hammomlar, karvonsaroylar, 
ko‗rkam va so‗lim istirohat bog‗lari qurish avj olgan. Ularning mavzuli va 
manzarali rasmlar va bo‗rtma tasvirlar bilan bezatilishiga e‘tibor berilgan. 
IX-X asrlar me‘morchiligining yana bir xususiyati shahar markazi 
shahristonlarning vujudga kelishidir. Ya‘ni shahar markazida turli saroylar, 
maqbaralar, madrasa va masjidlar, yirik bozorlar, karvonsaroylar va savdo 
rastalarining qurilganligidir. 
IX-X asrlarga kelib Samarqand Movarounnahming eng go‗zal shahriga 
aylandi. XI-XII asrlarda hokimiyat tepasiga Qoraxoniylar va Saljuqiylar keldi. 
Iqtisodiy-madaniy taraqqiyot natijasida shaharlar o‗z qiyofasini o‗zgartirdi, yirik 
inshootlar qurila boshlandi. Ayniqsa, pishiq g‗ishtdan ravoqlar va gumbazlar 
qurilishi an‘anaga aylandi. Buxorodagi Raboti Malik o‗sha davr me‘morligi 
san‘atining noyob yodgorligi hisoblandi. 
Bu davr me‘morligining yana bir xususiyati binolarda sirli va rangli 
koshinlardan foydalanilganligidir. Natijada, maxsus hunarmandchilik sexlari 
ochilgan. Qurilishda foydalaniladigan turli maxsus kasblar paydo bo‗lgan. Bu davr 
me'morligi tarixga «Binokor shoh» nomi bilan kirgan Muhammad Sulaymon Tegin 
o‗g‗li Arslonxon katta hissa qo‗shgan.
Muhammad Arslonxon davrida ayniqsa, Buxoro me‘morchilikning gullab-
yashnagan markaziga aylanadi. U Buxoroda ko‗plab madrasalar, maqbaralar, 
timlar, karvonsaroylar qurdiradi. Uning davrida Minorai Kalon (yoki Arslonxon 
minorasi), Karmanadagi Mirsaid Bahrom maqbarasi, Buxoro atrofidagi Raboti 
Malik, Vobkent minoralari, Surxondaryodagi Jarqo‗rg‗on minoralari quriladi. 
Sutxondaryo viloyatining Jarqo‗rg‗on tumanida joylashgan Jarqo‗rg‗on minorasi 
(1108-1109 yy) 8 qirrali poydevor ustiga yarim aylana shaklida 16 qirrali qilib 
qurilgan. Uning balandligi 21,6 m, diametri 5,4 m bo‗lib, me‘mori – Ali ibn 
Muhammad Saraxsiy.


43 
Bu davrning eng ajoyib, kishini hayratda qoldiradigan me‘moriy 
yodgorliklaridan biri Buxorodagi Kalon minorasidir. Balandligi chamasi 60 metrlar 
bo‗lib, qumli bo‗ronlar payti uning tepasiga kechalari chiroq yoqib qo‗yilgan u 
adashgan tuyalar karvoni uchun mayoq vazifasini bajargan. 
IX- XII asrlarda masjidlar qurilishiga alohida e‘tibor berilgan. Masalan, 
Buxoroning Xazora qishlog‗ida qurilgan Dehgaron masjidi XI asrda qurilgan. 
Buxorodagi Nomozgoh, Mag‗oki Attor masjidlari ham xuddi ana shu davrda 
qurilgan. Bu davrda peshtoq gumbazli maqbaralar qurilishi me‘morlikning bir 
ko‗rinishi sifatida keng rivojlangan. Bunda binoga kiraverishdagi peshtoqning 
bezagiga alohida e‘tibor berilgan. 
Markaziy Osiyoga islommng kirib kelishi an‘anaviy, tasviriy san‘atda tub 
o‗zgarishlar ro‗y berishiga olib kelgan bo‗lsa, naqqoshlik, ganchkorlik, 
o‗ymakorlik, kandakorlik va boshqa xalq amaliy san‘atlarining boyishiga ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Islom talablariga qat‘iyan bo‗ysunish, an'anaviy tarzda rivojlanib kelgan 
tasviriy san‘atning odam, hayvon va qushlarning, ya‘ni tirik jonzotlarning aks 
ettirilishi man etilgan. Natijada, rangtasvir ustalari butun e‘tiborini naqqoshlik 
san‘ati rivojiga qaratadi. Arab yozuvi o‗zlashtirilib, epigrafika uslubi vujudga 
keladi. Arab yozuvidan naqsh sifatida foydalanish keng rivojlanadi. Arab yozuvi 
ham bezak, ham duo-afsun, ham arab yozuvi va ilohiy so‗zlarning targ‗ibotchisiga 
aylanadi. Dastlab arab yozuvlaridan binoning ichki qismlarini bezashda 
foydalanilgan bo‗lsa, birmuncha vaqt o‗tgandan so‗ng, binoning tashqi qismlari, 
gumbazlar va minoralarning atroflarini bezashda ham foydalanildi. 
Binolarni bezashda girih (to‗rtburchak, uchburchak, aylana, yoy, to‗g‗ri, egri 
va aralash chiziqlardan iborat), kundal, islimiy, ramziy va boshqa turli xil 
naqshlardan keng foydalanilgan. Naqqoshlikda uslubiy ko‗rinishlardan sebarga, 
uchburchakli tutash doira, olti qirrali yulduz, bargak va boshqalardan 
foydalanilgan. 
Bu davrda yog‗och, tosh va ganch o‗ymakorligi ham keng rivojlangan. 
Binolarning tashqi qismiga namoyon (tugal naqsh kompozisiyasi) ustun va 

Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling