Guliston davlat universitеti
Oybo'yirqal'adan topilgan xum
Download 4.27 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'MST O\'UQ 2023
Oybo'yirqal'adan topilgan xum
sirtidagi yozu Amudaryo xazinasidagi bilaguzuk 23 Shu boisdan ham Baqtriyada ellinistik san‘at namunalari yetuk darajaga ko‗tarilgan. Qadimgi So„g„diyona Markaziy Osiyoning madaniy hayotida salmoqli o‗rin egallagan. Uning Maroqand, Kesh, Buxoro, Poykand, Varaxsha kabi ko‗pgina shaharlari «Buyuk ipak yo‗li» ustida joylashgan bo‗lib, 25 asr mobaynida Markaziy Osiyoning Sharqu G‗arb bilan savdo-sotiq ishlarini olib borishda, xalqaro aloqalarni mustahkamlashda va madaniy taraqqiyotida muhim rol o‗ynagan. Qadimgi Afrosiyob (Maroqand) So‗g‗diyonaning moddiy va ma‘naviy madaniyati markazi hisoblangan. So‗g‗diyona madaniyati A.Makedonskiy bosqiniga qadar ikki yo‗nalishda: birinchisi, dehqonchilik bilan shug‗ullanuvchi o‗troq xalqlarning madaniyati; ikkinchisi, cho‗l va adirlarda chorvachilik bilan shug‗ullanuvchi ko‗chmanchi va yarim ko‗chmanchi aholi madaniyati shaklida rivojlangan. Buni qadimgi Afrosiyob xarobalaridan topilgan gemma (sirtiga xat, naqsh yoki surat o‗yib ishlangan tosh)lardagi suratlar A. Makedonskiy istilosigacha qadimgi so‗g‗diyonaliklar san‘atining asosiy mavzularini ko‗rsatadi. Gemmalarning birida yoy otuvchi jangchi (o‗troq xalq san‘ati), ikkinchisida bir tomoniga bo‗yniga yoy o‗qi sanchilgan serka, orqa tomonida esa qanotli buqa tasviri (chorvachilik va ovchilik bilan shug‗ullanuvchi ko‗chmanchi va yarimko‗chmanchi aholi san‘ati) bu fikrimizning dalili bo‗lishi mumkin A.Makedonskiy bosqini qadimgi So‗g‗diyona madaniyatiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatmasdan qolmaydi, biroq ellinlar madaniyatining ta‘siri Baqtriya madaniyatiga ko‗rsatgan ta‘sirchalik bo‗lmagan. Eilinlar davrida zarb qilingan tangalar, yunonlarga taqlidan yaratilgan buyumlar va idishlarni hisobga olmaganda, So‗g‗diyona hududidan birorta ellinlar uslubida qurilgan shahar xarobasi topilgan emas. Qadimgi so‗g‗diylar madaniyatining qay tarzda rivojlanganligini So‗g‗diyona hududidagi madaniy jihatdan taraqqiy etgan Afrosiyob, Navtak-Yerqo‗rg‗on, Panjikent kabi shaharlar xarobalaridan topilgan materiallar, tasviriy va amaliy bezak san'ati namunalari hamda terrakota haykalchalariga qarab aniqlash mumkin. Afrosiyob xarobalarini o‗rganish natijasida topilgan tangalar, idishlar, terrakota haykalchalari va gemmalarda tasvirlangan yunon ma‘budalari suratlari hamda eilinlar bosh kiyimida tasvirlangan jangchilar tasviri bu shahar ellinistik madaniyatning markazi bo‗lganligini ko‗rsatadi. Qadimgi Navtak (Yerqo‗rg‗on)da olib borilgan arxeologik izlanishlar bu shaharda nafaqat hunarmandchilik, balki tasviriy va amaliy bezak san'atlari ham ancha rivojlanganligini ko‗rsatadi. Haykalchalarning tashqi qiyofasi va kiyimlari qadimgi So‗g‗diyona va Baqtriya o‗rtasida o‗zaro madaniy aloqalar mustahkam bo‗lganligini ko‗rsatadi. Chunki Yerqo‗rg‗on (So‗g‗diyona) va Xolchayon (Baqtriya)dan topilgan sopol haykalchalar kiyimlari bir-biriga juda o‗xshash bo‗lgan. So‗g‗diyona tarkibidagi bosh shaharlardan biri bo‗lgan Panjikentda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida bir necha ming bronzadan yasalgan so‗g‗d tangalari, naqsh bilan bezatilgan sopol idishlar, sopol haykalchalar topilgan, 24 Ibodatxona, saroy va aholi turaijoylari devorlari sujetli suratlar bilan bezatilgan. Suratlarda boy-badavlat kishilarning bazmlari, diniy marosimlar, ov va jang manzaralari, sport musobaqalari va hatto dehqonchilikka oid (hosil taqsimoti) suratlar aks etgan. Yog‗ochni o‗yib, relyefli shaklda ishlangan tasvirlarda taxtda o‗tirgan hukmdor, aravada o‗tirgan kishi, sher mingan ayol, sher ovlayotgan otliq, ot choptirib ketayotgan kishi suratlari aks etgan. Shuningdek, Panjikentdan ko‗plab devoriy surallar qoldiqlari topilgan bo‗lib, bu tasvirlar qadimgi So‗g‗diyonada rang-tasvir ancha rivojlanganligini ko‗rsatadi. Qadimgi so‗g‗diyonaliklar ham boshqa xalqlar singari dastlabki davrlarda ota- bobolar va o‗tganlarning ruhlariga sig‗inishib, hayvon va tabiat hodisalarini ilohiylashtirganlar, magiya va shomonizmga e‘tiqod qilganlar. Tabiat hodisalarini ilohiylashtirish dastlab Quyoshga, so‗ngra, olovga sig‗inishga olib kelgan. Natijada otash-olov diniy e'tiqoddagi yagona obyektga aylangan. Unga atab yirik-yirik va hashamatli ibodatxonalar qurganlar. O‗rta asr arab yozma manbalarida qadimgi So‗g‗diyonada mavjud bo‗lgan otashxona - ibodatxonalar mavjud bo‗lganligi haqida ko‗plab ma‘lumotlar uchraydi. Bu manbalarda otashparastlikka oid ibodatxonalar «otashdon», «otashkada», «otashxona» sifatida, otashparastlar esa «Mug‗«, «ma‘jush» sifatida islom yoyilgan paytda ham saqlanib qolgan muqaddas olov bilan bog‗liq bo‗lgan marosimlar haqida so‗z yuritiladi. Ma‘lumki, qadimgi So‗g‗diyonaning katta qismida, ayniqsa, Buxoro vohasida Siyovushga atalgan bayram – xotirlash kuni o‗tkazilgan. Bu kun ertalab zardushtiylar ibodatxonasiga erkaklar xo‗roz. ayollar esa tovuq keltirganlar. Mazkur bayram «Qizil gul sayili» («Sayili guli surx») deb atalgan. So‗g‗diylar o‗rtasida Siyovush obraziga hurmat shunchalik baland bo‗lganki, hatto uning obrazini tabiatning tirilishi va o‗lishi xudosi darajasiga ko‗targanJar. So‗g‗d yozuvi m.a. I ming yillikning oxirlarida oromiy yozuvi ta‘siri ostida vujudga kelgan bo‗lib, asosan 25 harfdan iborat bo‗lgan. So‗g‗d yozuvi savdo- sotiq biian shug‗ullangan hududlarda keng tarqalgan. So‗g‗d yozuvi namunalari Sinszyan, Mug‗ qal‘asi, Afrosiyob, Toshkent, Quva va boshqa joylardan topilgan. So‗g‗dlar nafaqat savdo ishlarida mashhur bo‗lganlar, balki o‗zlarining san‘atlan bilan ham «Buyuk Ipak yo‗li» tarmog‗i bo‗yicha qator mamlakatlarga yetib borgan, ayniqsa, Xitoyda mashhur bo‗lgan. Xitoy manbalarida ko‗rsatilishicha, xitoyliklarning barcha bayramlari va imperator saroyida tashkil etilgan tantanalarda so‗g‗diyonalik san‘atkorlar faol ishtirok etganlar. Umuman olganda, Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan barcha xalqlaar va elatlar umumiy madaniy taraqqiyot va milliy madaniy qadriyatlarimizning shakllanishiga o‗z hissalarini qo‗shganlar. Download 4.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling