Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


§. Xalqaro huquqning paydo bo'Iishi va taraqqiyotining asosiy


Download 333.3 Kb.
bet3/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


§. Xalqaro huquqning paydo bo'Iishi va taraqqiyotining asosiy

bosqichlari
Xalqaro huquq tarixi insoniyat tarixiy taraqqiyotining uzviy qismidir. Yuridik adabiyotlarda barqarorlashgan fikrga ko'ra, xalqaro huquq xud- di ichki huquq singari davlatning o'zi bilan bir paytda paydo bo'ladi.
Xalqlaming o'zaro aloqalarini normativ asosda tartibga solish ehti- yoji davlat paydo bo'lishidan anchagina ilgari sezila boshlagan. Hatto qabilalararo munosabatlarda ham, garchi ular davlatlararo munosabat- lardan farqli o'laroq, siyosiy mazmun kasb etmagan bo‘lsa-da, ana shun­day normativ tartiblaiga ehtiyoj bo'lgan. Qabilalar o'rtasida tinchlik, qo‘shma jangovar yurishlar, mulkdagi cheklashlar va boshqalar to'g'risida bitimlar tuzilgan. Shuningdek, bu borada muayyan urf-odatlar ham shakllangan.
Shunday qilib, xalqaro huquq qadimiy bo'lib, u uzoq tarixga ega. Yuridik adabiyotlarda xalqaro huquq paydo bo‘lishi va taraqqiyotini davriylashtirish, ya’ni rivojlanish bosqichlariga bo'lish bo'yicha yagona fikr yo‘q. Shunga qaramasdan, xalqaro huquqqa oid o‘quv va maxsus adabiyotlarda xalqaro huquq taraqqiyoti quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Birinchi bosqich: Qadimgi dunyo xalqaro huquqi davri. Bu bosqich davlatlar bilan xalqaro huquq paydo bo'lgan paytdan to V asigacha bo‘lgan uzoq davom etgan davrni qamrab oladi.
Ikkinchi bosqich: 0‘rta asrlar xalqaro huquqi davri. Bu bosqich V— XY1 asrlami o‘z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich: Klassik xalqaro huquq davri. Bu bosqich XVII— XX asming birinchi yarmiga xosdir.
To'rtinchi bosqich: Zamonaviy xalqaro huquq davri. Bu bosqich ik­kinchi jahon urushidan keyin boshlanib, to hozirgi kunga qadar davom etmoqda.
Dunyoning turli mintaqalarida davlatlarning paydo bo‘lishi bilan bipga ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquq normalari ham paydo bo'lgan. Qadimgi davrda xalqaro huquq ikki daryo oralig‘i bo‘lgan Bobil va Misrda, Xitoy va Hindistonda, Markaziy Osi- yoda2, qadimgi Gretsiya va Rimda taraqqiy etgan. Bu mintaqalarda o‘ziga xos xalqaro-huquqiy institutlar rivojlangan. Masalan, Misr fir’avni Ramzes II va Xettlar shohi Xattushil III qullar qo‘zg‘aloniga qarshi kurash bo'yicha harbiy ittifoq tuzish haqidagi shartnomani imzolagan- lar. Ushbu shartnomaga ko‘ra, qochoq qullar qaytarib berilgan. Eramizdan awalgi XXIII asrda tuzilgan Akkadlar shohi Naramsin bilan Elam hukmdorlari o‘rtasida tuzilgan xalqaro shartnoma hozirgi kunga qadar yetib kelgan. Rim huquqshunoslari qadimgi xalqaro huquq, ya’ni «xalqlar huquqi»ga katta hissa qo‘shganlar. Rim huquqshunosi Ulpian «xalqlar huquqidan barcha xalqlar foydalanadi va u tabiiy huquqdir» degan.
Qadimgi dunyo xalqaro huquqining o'ziga xosliklari quyidagilardan iborat bo‘lgan:
birinchidan, xalqaro huquq juda sodda bo‘lib, yagona tizimga ega bo'lmagan va mintaqaviy xususiyat kasb etgan, chunki u turli jo‘g‘rofiy mintaqalar doirasida rivojlangan;
ikkinchidan, xalqaro huquq asosan odat huquqi normalaridan ibo- rat bo'lib, diniy xususiyat kasb etgan;
uchinchidan, qadimgi dunyoda zamonaviy xalqaro huquqning an’anaviy institutlari va sohalari paydo bo'lgan hamda ular hozirga qa- dar o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Bular qatoriga urush olib borishning qonunlari va odatlarining adolatli bo'lishi, urushda jabr ko'rganlami himoya qilish, shartnomalarga rioya qilish, chet elliklarga nisbatan mehmondo'st munosabatda bo'lish, ajnabiylami himoya qilish, xorijiy davlatlar elchilarini haqorat qilmaslik, chet elliklar bilan nikoh tuzmas- lik kabi institutlar kiradi.
O'rta asrlarda xalqaro huquq o'z taraqqiyotining navbatdagi bos- qichiga ko'tarilgan. O'rta asrlar xalqaro huquqining o'ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, xalqaro huquq va uning ta’limotlariga dinning ta’siri katta bo'lgan, xristianlik keng tarqalgan davlatlarda din davlatlararo munosabatlarda yetakchi mavqega ega bo'lgan, musulmon xalqaro hu­quqi paydo bo'lgan;
ikkinchidan, xalqaro huquq rivojiga salb yurishlari, diniy-harbiy it- tifoqlar sezilarli ta’sir ko'rsatgan;
uchinchidan, xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlarning rivojla- nishi ta’siri ostida xalqaro huquqning yangi institutlari va sohalari, jum­ladan, xalqaro dengiz huquqi rivojlangan;
to'rtinchidan, xalqaro huquq rivojlanish markazlari yangi mintaqalar- ga, ya’ni G'arbiy Yevropa, Vizantiya, Hindiston, Xitoy, musulmon Sharqi va Amerika qit’asiga ko'chgan;
beshinchidan, xalqaro huquq turli xil davlat boshqaruvi shakllariga mos ravishda rivojlangan;
oltinchidan, xalqaro huquqning an’anaviy institutlari va sohalari yanada taraqqiy etgan.
Xalqaro huquq davlatlar amaliyotida davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik vosita sifatida o'rta asrlar oxirlariga kelibgina e’tirof etilgan. Tarixiy shart-sharoit taqozosi o'laroq, dunyo miqyosida xalqaro huquq yuzaga kelishi uchun qulay imkoniyat va yetarli zamin tayyorlangan eng asosiy mintaqa Yevropa bo'lgan.
Xalqaro huquqning tiklanish jarayoni bir qadar og'ir kechgan. Ak- sariyat hollarda xalqaro normalarning huquqiy mazmun-mohiyati ras- man e’tirof etilsa-da, amalda tan olinmagan, hurmat qilinmagan.
XIX asr bashariyatga tsivilizatsiya va madaniyatni tuhfa etgan, dey- dilar. Xalqaro huquq ana shu tsivilizatsiya va madaniyatga bevosita taal- luqlidir. XIX asming birinchi yarmiga kelib, ilk bora ko'p tomonlama shartnomalar tuzish zarurati yuzaga kelgan. 1815-yilda Yevropaning to'qqiz davlati tomonidan diplomatik martabalar to'g'risida Vena reglamenti qabul qilingan. Xalqaro transport va aloqa vositalari faoli- yatini huquqiy tartibga solish muammosi qat’iy yechimini kutgan. 1856- yilda Parij deklaratsiyasiga muvofiq, savdo kemalarining urush davrida harakatlanish rejimi belgilangan. Savdo kemalarining xalqaro daryolar — Yevropadagi Reyn, Dunay, Elba, Amerikadagi Missisipi va Muqaddas Lavrentiy, Afrikadagi Kongo va Niger daryolari bo'ylab erkin harakatlanish rejimi shakllangan.
1874-yilda Butun jahon pochta ittifoqini ta’sis etish to‘g‘risidagi aktning imzolanishi unga a’zo davlatlar hududidan xat va jo‘natmalami erkin tranzit qilish tartibi o‘rnatilishiga asos bo'lgan. 1875-yilda esa Telegraf ittifoqi to'g'risidagi Konvensiya qabul qilingan. 1890-yili Temir yo'l bo'yicha ko'p tomonlama konvensiya imzolandi, chunki xalqaro iqtisodiy aloqalaming rivoji ushbu sohada huquqiy tartibga solishni faol- lashtirishni taqozo etgan.

  1. asr oxirida yaqinlashib kelayotgan katta urushning halokatli nafasi sezilgan. 1899-yilda birinchi Gaaga tinchlik konferensiyasi chaqirilgan. Rossiya qurolli kuchlar va harbiy budjetni muzlatib qo'yish taklifi bilan chiqqan, zero bu og'ir yuk uni hammadan ko'ra ko'proq qiynayotgan edi. Ammo ushbu taklif qo'llab-quwatlanmagan va qurpl- lanish poygasini cheklash g'oyasi barbod bo'lgan. Uning o'miga urush olib borish qonunlari va odatlari kodifikatsiya qilingan. 1907-yilgi ik­kinchi Gaaga tinchlik konferensiyasida bu sohada nisbatan to'liq kodi- fikatsiyalash amalga oshirilgan. Mazkur konferensiya xalqaro huquq rivo- jida muhim qadam bo'lgan. Ayniqsa, konferensiyada Nizolami tinch yo'l bilan hal etish to'g'risidagi konvensiya qabul qilingani va hakamlar sudining doimiy palatasi ta’sis etilganini alohida ta’kidlash o'rinlidir. Shunday qilib, XX asr boshida xalqaro huquq kuch qo'llash uchun keng imkoniyatlar ochgan, urush esa siyosatning qonuniy quroliga ay- langan.

Huquqiy tartibga solish xalqaro munosabatlarni tartibga solishning mustaqil turi sifatida juda sekin rivojlanib borgan. Aksariyat hollarda u tartibga solishning boshqa (siyosiy, diniy, axloqiy) turlari bilan birlashib ketgan. Shunga qaramay, bu sohadagi siljishlar sezilarli bo'lgan. Xalqaro huquq kattagina hajmdagi xalqaro munosabatlaming zarur tartibga soluv- chisiga aylangan.

  1. asr boshida kishilik jamiyati amalda siyosat, ayniqsa xalqaro siyosatni istisno etganda, barcha sohalarda yuqori darajadagi taraqqiyotga erishgan. Shu bilan birga, jamiyat hayotini baynalmilallashtirish bay- nalmilal siyosatni taqozo etgan. Natijada xalqaro munosabatlarni boshqa- rish mexanizmiga tub o'zgarishlar kiritishni talab qiluvchi keng miqyos- dagi jamoatchilik harakatlari yuzaga kelgan. Ular 1919-yilda Birinchi jahon urushining g'olib davlatlari Millatlar Ligasini tuzish va uning Sta- tutini tasdiqlash yuzasidan qaror qabul qilishda muayyan o‘rin tutgan- lar. Shu tariqa davlatlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan dastlabki umumiy siyosiy tashkilot ta’sis etilgan.

Statutda «adolat hukmronligini o'matish va birlashgan xalqlaming o‘zaro munosabatlari bo‘yicha shartnomalarda yuklangan barcha maj- buriyatlarga vijdonan amal qilish» vazifasi qo'yilgan. Mustamlaka xalqlar va mamlakatlar xalqaro huquq ta’siri doirasidan tashqarida edi. Statut- ga muvofiq, 1922-yili birinchi doimiy xalqaro sud — Xalqaro odil sud- lovning doimiy palatasi ta’sis etilgan.
Millatlar Ligasi Statutining asosiy kamchiliklaridan biri u, hatto jahon urushidan so‘ng ham, xalqaro munosabatlarda kuch qo'llashni g‘ayriqonuniy deb hisoblamagan. Aksincha, Statut mustamlakachilik siyosatini amalda qonuniylashtirgan.
1928-yilda Milliy siyosat quroli sifatida urushdan voz kechish to‘g‘risidagi Parij pakti (Brian-Kellog pakti) imzolanishi hozirgi zamon xalqaro huquqi tomon qo‘yilgan muhim qadam bo‘lgan. Mazkur huj- jatga ko‘ra urushga faqat baynalmilal siyosat quroli sifatida, ya’ni dav­latlarning umumiy manfaatlari uchungina yo‘l qo'yilgan, barcha kelish- movchiliklami tartibga solish esa faqat tinch vositalar bilan amalga oshirilmog’i lozim bo’lgan.
Ana shu paytda dunyo yangi jahon urushi tomon ketmoqda edi. 1939-yilda Germaniyaning Polshaga hujumi bilan II jahon urushi bosh- langan. Urushdan oldingi davrdan farqli o’laroq, Ikkinchi jahon urushi davomida aksilgitlerchilik koalitsiyasi davlatlari o’rtasida izchil hamkorlik yo‘lga qo’yilgan. 1945-yil fevralida uch davlat rahbarlarining Yalta kon- ferensiyasi bo‘lib o‘tgan va unda urushdan keyingi tartibga solishning birqancha (Germaniya istilosi va uning ustidan nazorat o‘matish; repa- ratsiyalar (tovon to’lash), Yevropada urushdan keyingi tartibga solish- lar; Polsha, Yugoslaviya) masalalari hal etilgan.
1945-yilning iyunida San-Fransiskoda Birlashgan Millatlar Kon- ferensiyasi hozirgi zamon xalqaro huquqiga asos solgan muhim hujjat — BMT Ustavini qabul qilgan.
Ijtimoiy jihatdan BMT Ustavi umuminsoniy manfaatlarni hamda davlatlarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari bilan tinchlik va farovon- likni ta’minlash mumkinligiga ishonchni o‘zida mujassam etgan. Siyo­siy jihatdan hamkorlik prinsipi xalqaro huquqning negiziga aylandi. Ustav klassik xalqaro huquqqa xos bo’lgan mustamlakachilik siyosatini qonu- niylashtirishga barham berdi. BMT Ustavi zamonaviy xalqaro huquqqa xos umumiy maqsadlar va prinsiplarni belgilab bergan. Bularning bar- chasi xalqaro huquqda yangi institut — imperativ normalarning paydo bo'lishi uchun muayyan darajada xizmat qildi. Xalqaro huquqning im­perativ normalari shunday normalarki, ular xalqaro hamjamiyat tomo- nidan yaratiladi va davlatlar, hatto o‘zaro kelishuv bo'yicha ham, bun- day normalardan chekina olmaydi.

  1. §. «Xalqaro huquq tizimi» tushunchasi

Xalqaro huquq tizimi asosan yagonaligi, shu bilan birga, nisbatan mustaqil tarkibiy qismlar (institutlar va tarmoqlar) tarzida tartibga kel- tirilgan bo'lim ekani bilan ajralib turuvchi yuridik normalar majmua- sidir.
Barcha davlatlar uchun majburiy hisoblangan umumiy xalqaro hu­quq ushbu tizimning o'zagini tashkil etadi. U subyektlar, yaxlit xalqaro hamjamiyat, ya’ni yetarli miqdordagi va nafaqat son jihatidan nufuzli bo'lgan davlatlaming yalpi sa’y-harakatlari bilan yaratiladi va o'zgartirib boriladi. U eng asosiy siyosiy va huquqiy tizimlami, shuningdek, bar­cha qit’alarni namoyon etishi shart. Umumiy xalqaro huquq odat nor- malaridan tashkil topadi va butun xalqaro hamjamiyatning huquqi hisoblanadi. Shu bois, har qanday davlat, jumladan yangi tashkil top- gan davlatlar ham bu huquqni hurmat qilishga majbur.
Bundan tashqari, birguruh davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni tar­tibga soluvchi mintaqaviy xalqaro-huquqiy majmualar ham mavjud. Amaldagi normalaming aksariyat qismi ikki tomonlama munosabatlar­ni tartibga solishga qaratilgan. Mintaqaviy va ikki tomonlama normalar umumiy xalqaro huquqqa mos kelishi kerak, ular birgalikda global xalqaro-huquqiy tizimni tashkil etadi.
Xalqaro huquq tizimi xalqaro huquq (sohalari, tarmoqlari, institutlari)ning mustaqil qismlari borligini va ayni chog'da uning tar­tibga solingan bo'linmalarini tavsiflovchi yuridik normalar majmuyini ko'zda tutadi. Xalqaro huquq tizimi xalqaro huquqning bir-biri bilan bog'liq bo'lgan sohalari mujassamligidirki, ular o'z prinsiplariga ega hamda xalqaro huquqning amaldagi normalaridan tashkil topuvchi ins­titutlar va tarmoqlarga ajraladi.
Xalqaro-huquqiy normalar xalqaro huquq tizimining birlamchi elementi sifatida subyektlar doirasi jihatidan (umumiy, barcha davlatlar uchun majburiy va mahalliy, davlatlaming muayyan doirasi uchun maj­buriy) hamda ulaming yuridik kuchi bo'yicha (dispozitiv va imperatid) bir xil emas.
Xalqaro huquq tizimiga uning uchun xos bo'lgan tuzilma, ya’ni ichki tarkib, undagi elementning joylashishi va birlashishi, ulaming o'zaro aloqalaridagi mazmun-mohiyat mos va xosdir. Xalqaro huquq norma­lari o'zaro bog'liq va shu tufayli ulardan har birining mazmuni butun xalqaro huquq tizimi sifatida o'rganilmog'i lozim.
Xalqaro huquqning tarkib topgan asosiy prinsiplari majmuyi ilgari tarqoq holda bo'lgan normalar guruhlarini birlashtirdi, tarkiblashtirdi va bir-biriga bo'ysundirdi. Tizimning yangi bir alomati — normalar ustunligi, ularning bo‘ysunuvchanligini belgilash tartibi yuzaga keldi. Xalqaro protsessual huquq izchil shakllanmoqdaki, bu huquqiy tizim yetukligining dalolatidir.
Obyektiv xalqaro huquq tizimi o‘zida xalqaro huquqning asosiy prin- siplarini hamda uning sohalarini: xalqaro shartnomalar huquqi; diplo- matiya huquqi; xalqaro dengiz huquqi; xalqaro fazo huquqi; konsullik huquqi; inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq; xalqaro tashkilotlar huquqi; xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish vositalari; xalqaro gumanitar huquq; xalqaro xavfsizlik huquqi; xalqaro javobgarlik huquqi va boshqa huquq sohalarini mujassam etadi.
Xalqaro huquq tizimining o‘ziga xosligi undagi dinamizm bo‘lib, uning uchun bir vaqtning o'zida nisbatan ham barqarorlik, ham uzluk- siz rivojlanish xos hisoblanadi. Xalqaro huquqning ta’sir ko'rsatish so­hasi, ham subyektlar doirasi bo‘yicha, ham u tartibga soladigan masala- lar obyekti nuqtayi nazaridan muntazam kengayib borayotgan ekan, demak, xalqaro huquq tizimi ham rivojlanib bormoqda. Bu jarayon xalqaro huquqning mavjud sohalari ravnaq topishi evaziga ham, shuningdek, yangi sohalarning shakllanish yo‘li bilan ham yuz bermoq- da.
«Yangi sohalar» sifatida xalqaro xavfsizlik huquqi, xalqaro javobgar­lik huquqi, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, atrof-muhit huquqi, xalqaro atom huquqi va boshqa shu kabi huquqlami ko‘rsatish mumkin.
Shunday qilib, xalqaro huquq tizimini ichki bog’liqlikdagi element- lar: umume’tirof etilgan prinsiplar, shartnomaviy va odat huquq nor­malari, tarmoqlar, xalqaro tashkilotlar rezolyutsiyalari, xalqaro sudlov organlari qarorlarining, shuningdek, xalqaro tan olish, huquqiy vorislik, xalqaro javobgarlik va boshqa shu kabi xalqaro huquq institutlarining amaldagi obyektiv yaxlitligi sifatida ta’riflash o’rinlidir. Har qaysi soha xalqaro huquq tizimining yaxlit, yagona doiradagi tarmog’i hisoblanishi mumkin bo'lgan muayyan tizimdan tashkil topadi.
Xalqaro huquq tizimini xalqaro huquq fani tizimi bilan bir xil deb qarash, ularni tenglashtirish mumkin emas. Chunki xalqaro huquq fani tizimi turli xil ilmiy maktablar va yo’nalishlar tomonidan yaratiladi hamda bu tizim subyektiv xususiyatga egadir.

  1. §. Xalqaro «yumshoq» huquq

Xalqaro «yumshoq» huquq atamasi ikkita har xil holatni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, xalqaro «yumshoq» huquq aniq huquq va majburiyat- lami yuzaga keltirmaydigan, faqatgina umumiy yo’nalish beradigan va ayni chog'da bu yo'nalishga subyektlar amal qilishi majburiy bo‘lgan xalqaro-huquqiy normalarning alohida turidir. Bunday normalar uchun «erishish», «intilish», «zaruriy choralar ko‘rish» va boshqa shu singari so'zlar xosdir. Ular, ayniqsa siyosiy shartnomalarda tobora ko‘payib bormoqda.
Ikkinchidan, xalqaro «yumshoq» huquq nohuquqiy xalqaro norma- latga nisbatan ishlatiladi. Ular nohuquqiy hujjatlarda — xalqaro tashki­lotlar rezolyutsiyalarida, qo'shma bayonotlarda, kommyunikelarda mavjud bo‘ladi. Bu normalarga misol sifatida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) hujjatlarini3 ko‘rsatish mumkinki, ular Yevropadagi xalqaro munosabatlar tizimini qayta ko'rishda muhim vosi- taga aylangan.
Xalqaro «yumshoq» huquqning ana shu har ikkala turi ham tomon- lar o‘z zimmalariga aniq majburiyatlar olishga tayyor bo'lmagan, ay­niqsa tartibga solish zarurati borasida o'zaro tushunish mavjud bo'lgan, ammo buni qanday ko'rinishda amalga oshirish noma’Ium bo'lib tur- gan hollarda qo'llaniladi. Masalan, 1948-yili jahon hamjamiyati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o'zining inson huquqlari muam- molariga taalluqli umumiy qarashlarini bayon etgan bo'lsa, 1966-yilda Inson huquqlari to'g'risidagi ikkita pakt normalarida Umumjahon dek- laratsiyasi g'oyalarini muayyanlashtirish imkoni tug'ildi4. Xuddi shu kabi MDH mamlakatlarining 1994-yilgi erkin savdo hududini tashkil etish to'g'risidagi bitimida o'zaro savdo-sotiqdagi cheklashlarga barham be- rish yo'Iidagi umumiy intilish ifodalangani holda, uning asosida qabul qilingan erkin savdo to'g'risidagi ikki tomonlama bitimlarda tomon- laming bu boradagi ikki tomonlama munosabatlarining o'ziga xos ji- hatlari va kon’yunkturasi aniq hisobga olingan, aniq majburiyatlar ba­yon etilgan. Shu bois, xalqaro «yumshoq» huquq normalari dastlabki, huquqqacha bo'lgan tartibga solishlami ta’minlaydi va huquqqa yo'l ochib beradi.

  1. §. Xalqaro huquq va milliy huquqiy tizim

Xalqaro huquq dunyodagi davlatlar irodasining kelishuvi natijasidir. Milliy huquqiy tizim esa, bir davlat doirasidagi huquqiy normalarning yig'indisidir. Xalqaro huquq ham, milliy huquq ham huquqning turli xil darajada namoyon bo'lishidir hamda huquqning ikki mustaqil tizi­mini tashkil etadi. Ular o'zaro bog'liq va bir-biriga o'zaro ta’sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, ular o'rtasida muayyan farqlar mavjud.
Xalqaro huquq milliy huquqiy tizimdan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi.
Birinchidan, xalqaro huquq normalari o‘ziga xos usulda shakllana- di. Agar milliy huquq normalari bir davlat organlari tomonidan qabul qilinsa, xalqaro huquq normalari xalqaro huquqning subyektlari (dav­latlar, xalqaro tashkilotlar) tomonidan yaratiladi.
Ikkinchidan, xalqaro huquq o‘z mohiyati bilan milliy huquqiy tizim­dan farq qiladi. Agar milliy huquq normalari muayyan bir davlatning mazmun-mohiyati va tabiatini namoyon etsa, xalqaro huquq normalari umuminsoniy va umumdemokratik xususiyat kasb etadi.
Uchinchidan, xalqaro huquq milliy huquqdan o‘z subyektlari tarkibi bilan ham farq qiladi. Agar milliy huquqning subyektlari jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat oiganlari bo‘lsa, xalqaro huquq subyektlaiga, awalam- bor, davlatlar hamda xalqlar va millatlar, xalqaro tashkilotlar kiradi.
To‘rtinchidan, xalqaro huquq o‘zining tartibga solish obyekti bilan ham ajralib turadi. Agar milliy huquq normalari bir davlat doirasidagi ijtimoiy munosabatlami, shu jumladan chet el elementi bilan bog‘liq munosabatlami tartibga solsa, xalqaro huquq normalari, awalambor, davlatlararo munosabatlami yoki kengroq ma’noda davlatlararo tizim subyektlari o’rtasidagi munosabatlami tartibga soladi.
Beshinchidan, xalqaro huquq o‘z faoliyati ko’lami va vositalari bi­lan ham milliy huquqdan farq qiladi. Agar milliy huquqning harakati va uning qoMlanishi muayyan bir davlatning ijroiya va sud organlari bilan bog‘liq bo‘lsa, xalqaro huquq normalarining harakat qilish mexanizmi- da esa ijroiya va sud organlari yo’qdir. Xalqaro huquq normalariga ri- oya qilish davlatlar tomonidan bevosita yoki bilvosita majburlash orqali amalga oshiriladi. Amerikalik professor M.Makdugal xalqaro munosa- batlarda majburlashning quyidagi to'rtta vositasini ko’rsatgan: 1) diplo­matic shu jumladan kuch bilan tahdid qilish; 2) mafkuraviy; 3) iqti­sodiy; 4) harbiy. Shu vositalar orqali xalqaro huquq normalarini baja- rish ta’minlanishi mumkin.
ll-§. Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq
Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq bir-biri bilan yaqin aloqada bo‘lgan va o‘zaro bog’liq huquq tizimlari hisoblanadi. Masalan, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama savdo shartnomalari tashqi savdo bo‘yicha davlatlararo xalqaro-huquqiy majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunda xalqaro shartnomalar xalqaro ommaviy huquq pred­meti doirasida o‘rganiladi. Mana shu savdo shartnomalari asosida tu- ziladigan tashqi savdo bitimlari (tovarlami yuklash, tashish, tushirish, ularga haq toiash va hokazo) esa fuqarolik huquqiy munosabatlami keltirib chiqaradi va xalqaro xususiy huquq predmeti doirasida o‘rganiladi.
Huquqshunoslik fanida xalqaro umumiy huquq va xalqaro xususiy huquqning o'zaro munosabati masalasi bahsli muammolardan hisobla­nadi. Bu masalada uch xil nuqtayi nazami ko'rsatish mumkin.
Birinchi nuqtayi nazarga ko'ra, xalqaro xususiy huquq milliy huquq­ning tarkibiy qismidir. Bu fikr tarafdorlariga L.A. Luns, I.S. Pereterskiy (Rossiya), X. BatifFol (Fransiya), M. Jiliano (Italiya) kabi olimlar kiradi.
Ikkinchi nuqtayi nazar tarafdorlari — S.B. Krilov (Rossiya), M. Genovski (Bolgariya), Moreno Kintana (Argentina) fikriga ko'ra, xalqaro xususiy huquq xalqaro umumiy huquqning tarkibiy qismidir.
Uchinchi nuqtayi nazarga ko'ra, xalqaro xususiy huquq qisman xalqaro ommaviy huquq, qisman milliy huquq normalaridan tashkil topadi. Ma- salan, bunday fikmi Xose de Ianguas Messiya (Ispaniya) olg'a suradi.
Albatta, xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq muay­yan o'zaro umumiy o'xshash tomonlarga hamda bir-biridan farqlanuv- chi jihatlarga ega. Asosiysi shundan iboratki, ular bir biri bilan yaqin aloqada bo'lgan va o'zaro bog'liq huquq tizimlaridir.

  1. §. O'zbekiston Respublikasi va xalqaro huquq

«Mustaqillik va suverenitet jahon hamjamiyatiga kirib borishimizga, barcha davlatlar bilan teng huquqli va o'zaro manfaatli munosabatlar o'rnatishimizga imkon yaratdi»5.
Davlat mustaqilligiga qadar sobiq markaz barcha xalqaro aloqalami faqat o'z qo'lida tutar edi, O'zbekistonga esa, «gullab-yashnayotgan Sovet Sharqi»ni xorijiy mehmonlarga ko'z-ko'z qilish vazifasi topshiri- Iar edi. O'zbekiston nomigagina mustaqil bo'lib, boshqa ittifoqdosh respublikalar singari xalqaro hamjamiyatda yuz berayotgan jarayonlardan chetlashtirilgan edi. Bunday uzilish, ayniqsa jahon iqtisodiy tizimidan chetda qolish, O'zbekistonning milliy manfaatlariga zid edi.
SSSR tarqab ketganidan keyin O'zbekistonning xalqaro hamjami- yatdan uzilib qolganiga ham chek qo'yildi. Hozirga kelib, O'zbekiston Respublikasi ham Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Te- muriylar, o'zbek xonliklaridek davlatlar singari o'zining tashqi siyosa- tini mustaqil ravishda belgilaydi va amalga oshiradi.
O'zbekiston mustaqil rivojlanish yo'liga ilk qadam qo'ygan davr- danoq, 1990-yiI 20-iyundagi Mustaqillik deklaratsiyasida «xalqaro hu­quqning umume’tirof etilgan prinsiplariga sodiqligini» e’lon qilgan edi. Deklaratsiyada suverenitet va inson huquqlari munosabatlarining qu- yidagi muhim jihati aks ettirilgan: davlat suvereniteti oliy maqsadlar — inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yo'lida xizmat qiladi.
Shuningdek, 1992-yilgi Konstitutsiya Muqaddimasida 0‘zbekiston xalqi: «xalqaro huquqning urouroe’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda» mazkur Konstitutsiyani qabul qilishi qayd etilgan. Bu so‘zlaming zamirida ijtimoiy taraqqiyotga tamomila yangicha yondashuv, insoniyat hayotini saqlab qolish uchun kurashga bel bog'lashga mas’ul hamjamiyat — jahon hamjamiyati bilan uzviy aloqa bog'lash g‘oyasi yotadi.
0‘zbekiston Konstitutsiyasida uning negiziga xalqaro huquq qoi­dalari ko‘rsatgan ijobiy ta’sir yaqqol aks etib turibdi, ya’ni inson va fuqarolaming asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari xalqaro huquq­ning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq hamda mazkur Konstitutsiyaga binoan e’tirof etiladi va kafolatlanadi.
Konstitutsiyaning Muqaddimasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari milliy qonunlardan ustunligining tan olinishi belgilab qo'yilgan. Shuningdek, Konstitutsiyada, xalqaro huquq bilan davlatimiz huquq tizimining o'zaro aloqalari belgilangan. Jumladan, 0‘zbekiston qonun normalari bilan xalqaro shartnoma qoidalari o'rtasida tafovut mavjud bo'lgan hollarda xalqaro shartnoma qoidalarining ustuvor qo'IIanilishi ko‘zda tutilgan.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakatimiz o'zini jahon hamjamiyati oldida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prin­siplari va normalariga sodiqligini konstitutsiyaviy darajada e’lon qilgan. Bu esa 0‘zbekistonning eng nufuzli xalqaro tashkilotlarga to'laqonli a’zo sifatida kirishiga, suveren davlatimizning dunyo miqyosida umu­miy diplomatik tan olinishiga, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama siyo­siy, iqtisodiy, madaniy va huquqiy aloqalar o'rnatishiga hamda musta­qil tashqi siyosatini amalga oshirishiga imkon berdi.
O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati jahon hamjamiyati teng huquqli a’zosining, boshqa davlatlar bilan hamkorlikda XXI asr huqu­qiy tartibotini yaratayotgan suveren davlatning mustaqil siyosatidir. O'zbekiston umumbashariy, Yevropa va Markaziy Osiyo miqyosidagi yangi xalqaro-huquqiy tartibotni qurishda faol ishtirok etmoqda.
Istiqlol yillari davomida O'zbekiston Respublikasi o'zining siyosiy, iqtisodiy, boy madaniy va ma’naviy salohiyatiga tayangan holda xalqaro siyosatning mustaqil va obro‘li omiliga aylandi. 2004-yilning boshiga kelib O'zbekistonning davlat mustaqilligini 131 davlat tan oldi, ularning 113 tasi bilan diplomatik munosabatlar o'matildi. Toshkentda 44 dav­latning elchixonalari hamda 20 ta yirik xalqaro tashkilot vakolatxona- lari faoliyat ko'rsatmoqda. O'z navbatida, O'zbekiston xorijiy mam- lakatlarda o'zining 40 ta vakolatxonasini (jumladan 28 tasi elchixona) ochdi. Bugun O'zbekiston 53 ta nufuzli xalqaro tashkilotlarning to'laqonli a’zosi bo'lib, ularning faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Shunday qilib, XXI asrda O'zbekiston xalqaro va mintaqaviy siyosatning peshqadam markazlaridan biriga aylanishi uchun barcha zaminga egadir
IKKINCHI MAVZU. XALQARO HUQUQ SUBYEKTLARI

  1. Download 333.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling