Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari
§. «Xalqaro huquq subyektlari» tushunchasi
Download 333.3 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn
§. «Xalqaro huquq subyektlari» tushunchasi §. Davlat — xalqaro huquqning asosiy subyekti §. Xalqaro tashkilot xalqaro huquqning subyekti sifatida §. Mustaqil davlat barpo etish yo‘Iida kurashayotgan xalq, mil- Iat — xalqaro huquq subyekti §. Xalqaro huquqning noan’anaviy subyektlari §. Individ — xalqaro huquq subyekti §. Transmilliy korporatsiyalar — xalqaro huquq subyekti §. O'zbekiston Respublikasi — xalqaro huquq subyekti §. «Xalqaro huquq subyektlari» tushunchasi Xalqaro huquq subyekti o'z imkoniyatlari va yuridik xususiyatlari tufayli xalqaro huquq bo'yicha muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo'lishga va uning normalarini yaratish va amalda tatbiq etishda qat- nashishga qodir mustaqil tuzilmadir. Subyekt xalqaro huquqqa bevosita bo'ysunishi va mustaqil xalqaro maqomga ega bo'lishi zarur. Xalqaro huquq subyektlari maqomining o'ziga xosligi shundaki, ular nafaqat huquq va majburiyatlarni tashuvchi, balki xalqaro-huquqiy normalami yaratish va amalda tatbiq etishda asosiy ta’sir etuvchi kuch vazifasini ham o'taydi. Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro huquq subyektlari jumlasiga xalqaro huquq va majburiyatlarga ega bo'lgan hamda ularni xalqaro huquq asosida va doirasida ro'yobga chiqaradigan xalqaro munosabatlar ishtirokchisini kiritish qabul qilingan. Xalqaro huquq subyekti — o'zining imkoniyatlari va yuridik xususiyatlari evaziga xalqaro huquq bo'yicha huquq va majburiyatlarga ega bo'lishga, ushbu normalarni yaratish va amalga oshirish jarayonida ishtirok etishga qodir mustaqil tuzilma. Xalqaro huquq subyektlari quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, xalqaro ommaviy munosabatlar ishtirokchilari jamoa- viy tuzilma hisoblanadi. Xalqaro munosabatlarning har bir ana shunday ishtirokchisi tashkilotga xos elementlarga: davlat— hokimiyati va boshqaruv apparatiga; kurashayotgan millat — mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda uning vakilligini namoyon etadigan siyosiy or- ganga; xalqaro tashkilot — doimiy ishlovchi organga va hokazolarga ega bo'ladi. Hokimiyat vakolatlarini amalga oshirish chog'ida xalqaro huquq subyektlari nisbatan mustaqil va bir-birining irodasiga tobe emas. Ularning har biri mustaqil xalqaro-huquqiy maqomga ega, xalqaro- huquqiy munosabatlarda o'z nomidan ish yuritadi; ikkinchidan, barcha subyektlar xalqaro normalarni ishlab chiqish va qabul qilishda mustaqil ishtirok etish layoqatiga ega. Shartnomaviy- huquqiy layoqatsizlik xalqaro huquq subyektiga xos muhim element- lardan sanaladi. Xalqaro huquq nazariyasida (aksariyat davlat ichki huquqi subyektlaridan farqli o'laroq) subyektlar shunchaki xalqaro-huquqiy normalar ijodkorlari emas, balki ularni yaratishda ishtirok etuvchi shaxslar hamdir. Shuni ta’kidlash zarurki, huquqning alohida tizimi sifatida xalqaro huquq o'ziga xosligi, xalqaro huquq subyektiga xosligi va nihoyat xalqaro huquq subyektlikning o'ziga xos jihatlarini belgilab berishi bilan ajralib turadi. Xalqaro huquq subyektligining mazmun-mohiyatini bunday sub- yektning xalqaro huquqiy normalaridan kelib chiqadigan asosiy huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro huquq subyektlik kelib chi- qishiga ko'ra, faktik va yuridik qismlaiga bo'linadi. Shunga mos ravishda, xalqaro huquq subyektlarining ikki xil — birlamchi (suveren) va hosila (nosuveren) kategoriyalari farqlanadi. Shuning uchun nazariyot- da xalqaro huquq subyektlarini ikkita katta guruhga: birlamchi (asosiy) va ikkilamchi (hosila) sifatida tasniflash qabul qilingan. Xalqaro huquq barcha subyektlarining umumiy xalqaro-huquqiy maqomi ularning asosiy huquq va majburiyatlarini tavsiflab beradi. Muayyan turdagi subyektlarga (davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga va boshqalarga) xos bo'lgan huquq va majburiyatlar ushbu toifaga mansub subyektlaming alohida xalqaro-huquqiy maqomini tashkil etadi. Aniq bir subyektning huquq va majburiyatlari mujassamlikda ana shu sub- yektning individual xalqaro-huquqiy maqomini tashkil etadi. Shunday qilib, turli xalqaro huquq subyektlarining huquqiy holati bir xil emas, chunki ularga taalluqli xalqaro normalami qo'llash va, o'z navbatida ular ishtirok etadigan xalqaro-huquqiy munosabatlar doirasi turlichadir. Jismoniy shaxslar va davlat ichidagi tashkilotlar (shu jumladan, mil- latlararo, savdo-sotiq, sanoat kompaniyalari va korporatsiyalari) xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Ular davlatning favqulodda yurisdiksi- yasida bo'ladi va ularning xalqaro maydondagi maqomi ichki qonun- chilikda belgilab qo'yiladi. §. Davlat — xalqaro huquqning asosiy subyekti Davlatlar xalqaro huquqning birlamchi subyektlaridir. Ularning xalqaro-huquqiy layoqati tashkil topganlik fakti bilan birga paydo bo'ladi. Xalqaro huquqning boshqa subyektlari esa, bunday maqomga davlatlar tufayligina erishadilar. Davlatlar xalqaro huquqning universal subyektlari hisoblanadi. Ular har qanday xalqaro-huquqiy munosabatlarda ishtirok etish huquqiga egadir. Xalqaro-huquqiy subyekti davlat nomidan vakil hisoblangan tegishli organlar yoki mansabdor shaxslar emas, balki davlatning o'zidir. Shu bois, «hukumatlararo» tashkilotlar, «hukumatlararo» bitimlar kabi ibo- ralarni qo'llashda chalg'imaslik kerak. Bunday hollaming barchasida davlat xalqaro huquqning subyekti hisoblanadi va uning zimmasiga o'ziga tegishli organlar faoliyati uchun to'la javobgarlik mas’uliyati yuklan- gandir. Xalqaro huquqda davlatlarning huquqlari va majburiyatlari ularning xalqaro-huquqiy maqomini tashkil etadi. . Xalqaro huquq nazariyasida davlatlar va mustaqil davlat tuzish yo'lida kurashayotgan millatlar va xalqlarning huquq subyektliligini e’tirof etish borasidagi munosabatlar turlicha bo‘lsa-da, birlamchi subyekt subyektlar hisoblanadi. Xalqaro huquqning birlamchi subyektlarini hech kim shunday holi- da yaratib qo'ymaydi. Ularning paydo bo'lishi — obyektiv reallik, ijtimoiy taraqqiyotning tabiiy-tarixiy jarayoni natijasidir. Suveren davlat xalqaro huquqning asosiy subyekti hisoblanadi. Davlat — aholiga xalqaro hamjamiyatda ishtirok etish, vakilligini namoyon qilish va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo'ladigan tashkilot shakli. Davlat maqomini belgilaydigan normalar, birinchi navbatda, uning huquq subyektliligiga nisbatan joriy etiladi. Bir muncha cheklangan va vakillik yo'li bilan huquq subyektlilik belgilangan mavjud «qaram» davlatlarning masalasi quyidagi tartibda hal etiladi: davlatchilik shartlariga javob beradigan «qaram» davlat o'zining huquq subyektliligini saqlab qoladi. Shu tariqa davlatlaming ham xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni va tegishli salohiyati belgilanadi. Xalqaro-huquqiy adabiyotlarda azaldan quyidagi uchta elementga ega tuzilmalarga nisbatan «davlat» tushunchasi qo'llanib kelinadi: suveren hokimiyat; hudud; aholi. Xalqaro huquq nazariyasida suverenitet deganda, davlatning mus- taqilligi, mamlakat ichkarisida davlat hokimiyatining ustunligi va chek- lanmaganligi, shuningdek, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabat- lardagi mustaqilligi va teng huquqligining yuridik ifodasi tushuniladi. Davlat suverenitetining xalqaro-huquqiy va ichki jihatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, suverenitetning xalqaro-huquqiy jihati deganda, shu narsa anglashiladiki, xalqaro huquq o‘z subyekti va xalqaro munosabatlar ish- tirokchisi sifatida davlat organlarini yoki alohida mansabdor shaxslarni emas, balki yaxlit holda davlatni ko‘zda tutadi. Bunda davlatning tegishli vakolatga ega mansabdor shaxsi bajargan barcha xalqaro-huquqiy ahamiyatga ega harakatlarni shu davlat bajargan, deb hisoblanadi; ikkinchidan, suverenitetning ichki jihati davlat hokimiyatining mamlakat ichkarisida va xorijda hududiy ustunligi va siyosiy mustaqilligini ko'zda tutadi. Davlatning o'z suveren huquqlarini ro'yobga chiqarishida «yuris- diksiya» tushunchasi suverenitetning namoyon bo'lishi sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Ko'lami jihatidan — to'liq va cheklangan yuris- diksiya, faoliyat sohasi bo'yicha — hududiy v ekstrahududiy, hokimi- yatga xoslik mazmuniga ko'ra, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud yurisdiksiyalari farqlanadi. Hududiy ustunlik mavqeidan kelib chiqqan holda, davlat o'z hudu- di doirasida to'liq yurisdiksiyani amalga oshiradi. Shaxsiy ustunlik mavqei nuqtayi nazaridan esa, xorijda o'z fuqarolariga nisbatan cheklangan yurisdiksiyani amalga oshiradi. Tabiiyki, yurisdiksiya xalqaro huquqda tan olingan immunitetlarni saqlagan holda amalga oshirilishi kerak. Immunitet suveren tenglik prin- sipidan kelib chiqadi. Ilgari immunitet mutlaq bo'lib, xorijiy davlatning har qanday faoliyatiga va uning mulkiga taalluqli hisoblanardi. XIX asr oxirlaridan boshlab to bugunga qadar cheklangan immunitet konsepsi- yasi keng e’tirof etila boshlandi. Ushbu konsepsiyaga ko'ra, davlat suveren hokimiyat tashuvchisi (sohibi) sifatida o'z davlat hokimiyati mavqeidan kelib chiqib, sodir etadigan munosabatlar doirasi bilan chek- lanadi. Xalqaro huquq nazariyasida davlatlaming quyidagi asosiy huquqlari qayd etiladi: suveren tenglik; mustaqillik va o'zining barcha qonuniy huquqlarini ro'yobga chiqarish; o'z hududi va shu hududdagi barcha shaxslar va mol-mulk usti- dan (xalqaro huquqda tan olingan immunitetlarga amal qilingan holda) o'z yurisdiksiyasini joriy etish; boshqa ichki davlatlar bilan teng huquqlilik; tamomila o'zining ichki vakolatlariga kiradigan masalalami hal etishda o'z mustaqilligini muhofazalash; xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolari bilan hamkorlik qilish; qurolli hujumga qarshi individual yoki jamoa tarzida o'zini o'zi mudofaa qilish. Xalqaro huquq nazariyasida davlatlarning asosiy majburiyatlariga quyidagilar kiritiladi: boshqa davlatlar suverenitetini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki va tashqi ishlariga aralashishdan ti- yilib turish; boshqa davlat hududida nizolar qo'zg'ashdan tiyilib turish; inson huquqlarini hurmat qilish; xalqlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini hurmat qilish; o'z hududida xalqaro ko'lamdagi tinchlikka tahdid solmaydigan shart-sharoit joriy etish; boshqa davlatlar bilan ikki o'rtada yuzaga kelgan nizolarni va o'zi jalb etilgan xalqaro ko'lamdagi mojaroli vaziyatlami tinch vositalar yordamida hal etish; boshqa davlatning hududiy daxlsizligiga yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatish tahdididan yoxud kuch ishlatishdan yoki xalqaro huquqqa mos kelmaydigan boshqa xatti-harakatlardan tiyilib turish; alohida tartibda va boshqa davlatlar bilan hamjihatlikda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo'llab-quwatlash; boshqa davlatning kuch ishlatmaslik prinsipiga xilof ravishda ort- tirgan hududlarini tan olishdan tiyilib turish; o'zining xalqaro majburiyatlarini sidqidildan bajarish; atrof-muhit muhofazasi borasida g'amxo'rlik qilish. §. Xalqaro tashkilot xalqaro huquqning subyekti sifatida Xalqaro tashkilot o'z ahamiyati jihatidan xalqaro huquqning ikkinchi subyekti hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar son jihatidan davlatlarga qara- ganda anchagina ko'p bo'lsa-da, lekin huquqiy layoqati bo'yicha ularga nisbatan orqaroqda turadi. Xalqaro tashkilotlarning subyektlik huquqi davlatlar ularga bergan vakolatlardan kelib chiqadi. Xalqaro tashkilotlarning vakolatlari ularning maqsadi va vazifalari doirasi bilan cheklan- gandir. Shu bois, xalqaro tashkilotlaming subyektlik huquqi davlatlar- ning subyektlik huquqi hosilasi va maxsus, ya’ni mazkur xalqaro tashkilot nizomida belgilangan maqsadlar va vakolatlar bilan chegaralangan hisoblanadi. Olz a’zolari o’rtasida yuz berishi mumkin bo’lgan ziddiyatlardan qat’i nazar, xalqaro tashkilotlar muayyan umumiy manfaatlaming tashuv- chilari sanaladi va ana shu manfaatlar himoyasi uchun safarbar etilgan- dir. Buning natijasi o’laroq, ular ta’sis hujjatlari va nizomda belgilangan doiralarda mustaqil faoliyat ko’rsatish erkinligidan foydalanadi. Davlatlararo tashkilotlaming xalqaro subyektlik huquqi bugungi kunda bir qator xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan. Bu boradagi o'ziga xos jihatlarga BMT Xalqaro sudi ham jiddiy e’tibor qaratadi. U, jumladan, xalqaro tashkilot xalqaro huquq subyekti sifatida xalqaro huquqning o’ziga tegishli qoidalaridan kelib chiqadigan muayyan majburiyatlarga bog’liq ekanini belgilab bergan. Demak, xalqaro tashkilot uchun davlatlar tomonidan va tashkilot ishtirokisiz yaratilgan umumiy xalqaro huquq normalari ham majburiydir. BMT Xalqaro sudining belgilashi- cha, xalqaro tashkilotlaming biron-bir jihati ularga «davlatdan ustun turuvchi» qandaydir tuzilma sifatida yondashish uchun asos bo'la olmaydi. Xalqaro tashkilot davlatlar ustidan turuvchi hokimiyat emas, balki davlatlaming hamkorlik organidir. BMT Bosh Assambleyasi munta- zam ta’kidlab kelayotganidek, BMTning kuch-qudrati unga a’zo davlatlaming o’zaro hamkorligiga bog’liq. Xalqaro huquq nazariyasida «xalqaro huquq subyekti» tushunchasi tuzuvchi davlatlardan tashkil topgan klassik hukumatlararo tashkilotlar (BMT va boshqalarjni, shuningdek, a’zolari shaxsiy sifati asosida faoliyat yuritadigan (xalqaro arbitrajlar, qo’mitalar, ekspertlar guruhlari va hokazolar) davlatlararo mexanizmlar va organlarni qamrab oladi. Bundan tashqari, hukumatlararo konferensiyalar xalqaro huquqning mu- vaqqat subyekti sifatida tan olinadi. Xalqaro huquqning o’rganilayotgan subyektlarining xalqaro huquq subyektliligi ana shu tashkilotlaming ta’sis hujjatlari — ustav yoki bitimda (keng ma’noda — shartnomada) belgilab qo'yiladi. Shunday qilib, xalqaro tashkilotlaming huquq vakolatlarining ko’lamini ta’sis etuvchi davlatlar belgilaydi. Shartnomada subyektning muayyan huquqiy layoqat, ya’ni xalqaro munosabatlarda o’z nomidan ish ko’rish: davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar tuzish, o’z nomidan qarorlar (masalan, o’z nizomi va tartib-qoidalarini, konferensiya rezolyutsiya- larini, xalqaro arbitraj qarorlarjini qabul qilish huquqi ko’zda tutiladi. O’z nomidan ish ko’ruvchi xalqaro tashkilotlaming qarorlarini shu tashkilot tomonidan xalqaro subyekt huquqiga xoslikning namoyon bo’lishi sifatida tushunish lozim. §. Mustaqil davlat barpo etish yo‘Iida kurashayotgan xalq, millat — xalqaro huquq subyekti BMT Ustavining 1-moddasi: «Biz, Birlashgan Millatlar Xalqlari» degan ibora bilan boshlanadi. Xalqaro huquq nazariyasida, aynan BMT Ustavi 1-moddasidagi «xalqlarning o‘z taqdirini o'zi belgilashi» atama- sida «xalq» tushunchasi «millat» tushunchasiga nisbatan ancha aniq ifoda etilgan, zero hududda yagona millat sifatida shakllanmagan ko'p millatli aholi istiqomat qilishi ham mumkin. Ayrim xalqaro huquqshunos olimlar ilgari surayotgan nuqtayi nazarga ko'ra, suverenitet tashuv- chilikka asosiy da’vogar xalq bo'lib, xuddi shunga muvofiq ravishda xalq xalqaro huquq subyekti sifatida namoyon bo'ladi. Bunda xalqaro huquq subyektliligi tan olinishi lozim. Xalq deganda, kamida — o'zining yaxlitligini e’tirof etuvchi muayyan iqtisodiy va madaniy-tarixiy birlik anglanishini ta’kidlash o'rinlidir. Millat haqida gap borganda, til jihatidan umumiy xususiyati ham qo'shiladi. 1969-yiIdagi Mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik be- rish to'g'risidagi deklaratsiya, 1970-yildagi Xalqaro huquq prinsiplari to'g'risidagi deklaratsiya, 1993-yiIdagi Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturi xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilash prinsipi mazmunini ochib bergan bo'lib, ularda ta’kidlanishicha, ushbu prinsip unga amal qiluvchi va davlat hokimiyati organlarida hech qanday kam- sitishlarsiz aholi barcha qatlamlari vakilligini ta’minlovchi davlatlarning hududiy yaxlitligi va siyosiy hamjihatliligiga ziyon yetkazadigan tarzda talqin etilmasligi kerak. Xalqaro amaliyotda o'z taqdirini o'zi belgilash shart hisoblangan unsur sifatida mustaqil davlatning ajralib chiqishi va tashkil topishi huquqiga, birinchidan, o'zini o'zi boshqarmaydigan hududlar (koloniya- lar va boshqa tobe hududlar)ning xalqlari, ikkinchidan, u yoki bu davlatning konstitutsiyasiga muvofiq, bo'linib chiqish (ajralish) huquqiga ega hududlarda yashovchi xalqlar, uchinchidan, xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilashi prinsipiga amal qilmaydigan davlat- da yashovchilar ham ega, deb e’tirof etiladi. Yuqorida qayd etilgan shart-sharoit yuzaga kelgan taqdirda faqat ajralib chiqish uchun qurolli kurash olib borayotgan xalqlargina o'z taqdirini o'zi belgilash prinsipiga tayangan holda, o'zlarining xalqaro huquq subyektlari sifatida tan oli- nishiga da’vo qilish huquqiga ega. §. Xalqaro huquqning noan’anaviy subyektlari Xalqaro huquqning noan’anaviy subyektlari tarkibiga erkin shahar yoki Vatikan singari davlat sifatidagi tuzilmalar kiradi. Erkin shahar — o'zini o'zi boshqaruvchi siyosiy tuzilma bo'lib, shart- noma asosida berilgan xalqaro-huquqiy maqom bilan u iqtisodiy, madaniy va muayyan darajada siyosiy xalqaro-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi mumkin. Erkin shahaming tashkil etilishi xalqaro tartibot omil- lari bilan belgilanadi. Shu bois, uning uchun erkin shaharning xalqaro- huquqiy subyektligini belgilovchi xalqaro-huquqiy shartnoma oliy yuridik kuchga ega hujjat hisoblanadi. Hozir erkin shaharlar mavjud emas, Birinchi va Ikkinchi jahon urush- laridan keyin tashkil topgan erkin shaharlar tez barham topdi. Vatikan — shahar-davlat, Muqaddas taxt — katoliklar cherkovining xalqaro markaziy qarorgohi sanaladi. Vatikan o'ziga xos xalqaro-huquqiy Iayoqatga ega. U dunyoning 80 dan ortiq davlati, shu jumladan O'zbekiston bilan ham diplomatik munosabatlarni yo'Iga qo'ygan. Vatikan BMTda kuzatuvchi maqomiga ega bo'lib, YUNESKO, Birlash- gan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO), Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE) va boshqa bir qator tashkilotlaiga a’zodir. §. Individ — xalqaro huquq subyekti Xalqaro huquq bo'yicha adabiyotlarda individning ham cheklangan xalqaro-huquqiy Iayoqatga ega ekani xususida fikrlar mavjud. Bunda ushbu nazariya tarafdorlari, awalambor, xalqaro huquq individ uchun bevosita huquq va majburiyatlar tug'dirishiga e’tibomi qaratadilar. Darha- qiqat, bu fikrlarda asos bor. Chunki xalqaro huquqda qaroqchilik, genot- sid, aparteid singari bir qator jinoyatlar ma’lumki, Xalqaro jinoyat sudi yoki maxsus tuzilgan xalqaro jinoyat tribunali vositasida individ ustidan xalqaro jinoyat odil sudlovini amalga oshirish chog'ida mazkur jinoyat- laiga to'g'ridan to'g'ri xalqaro jinoyat sifatida qaralishi mumkin. Xalqaro huquqda ayrim harakatlar bo'yicha shunday qoidalar ham borki, unga ko'ra muayyan harakatni sodir etganida individ nafaqat o'zi fuqarosi bo'lgan davlat, balki boshqa manfaatdor davlatlaming ham yurisdiksiyasi hisoblanadi. Bunday qoida shaxs fuqaro aviatsiyasi faoli- yatiga noqonuniy aralashish aktini sodir etgan taqdirda amal qilishi mumkin. Yana bir misol tariqasida insoniyatning kosmosga yo'llagan elchi- Iari sifatida e’tirof etiladigan kosmonavtlarning alohida maqomini olish mumkin. Ular kosmik kema ichkarisida ushbu kema ro'yxatdan o'tgan davlatning mutlaq yurisdiksiyasiga bo'ysunadilar. Kemadan tashqarida, shuningdek, zarur hollarda kema ichida ham kosmonavt barcha davlat- lardan ko'mak va homiylik talab qilish huquqiga ega. Inson huquqlari to'g'risidagi hujjatlarda har qanday individga taalluqli huquqiy tartibga solish xususida yana bir muhim jihatni ko'rsatish mumkin. Birinchidan, 1950-yildagi Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasiga muvofiq individga davlatlar va jamoat birlashmalari bilan tengma-teng asosda Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudiga murojaat etish huquqi berilgan. Ikkinchidan, 1966-yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning Fakultativ protokoli bo'yicha individ Inson huquqlari bo'yicha qo'mitaga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Ammo ushbu holatlarning barchasida individ ega bo'ladigan huquqqa davlat vositachilik qilishi shart va uning roziligisiz bu huquqlar amal qilmaydi. Individ faqatgina alohida xalqaro shartnomada ko'zda tutilgan muayyan harakatni amalga oshirishi yoki amalga oshirmasligi mumkin. 7§. Transmilliy korporatsiyalar — xalqaro huquq subyekti Ayrim huquqshunos olimlarning fikricha, transmilliy korporatsiyalar ham ma’lum ma’noda xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadi. Darhaqiqat, bu korporatsiyalar sanoat va moliya sarmoyasining o'ta harakatchanligi bilan ajralib turadi. Bunday harakatchanlik esa ularga o'zlarining faoliyat ko'rsatish sharoiti tobora kamdaromad bo'lib bo- rayotgan davlatlar hududini zudlik bilan tark etish imkonini beradi. Transmilliy korporatsiyalarning doimiy ravishda monopoliyaga intilishi oxir-oqibat — jahon bozoriga ziyon yetkazmasligi uchun Transmilliy korporatsiyalarning xalqaro ko'lamda kelishilgan faoliyat doirasini yuzaga keltiruvchi xalqaro-huquqiy tartibga solishning ahamiyati kattadir. Hozirgacha bu sohada xalqaro shartnoma yaratish borasidagi intilishlar sezilarli natija bermayapti va BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (YuNKTAD) doirasida ishlab chiqilgan Transmilliy korporatsiyalar fe’l- atvori kodeksi ham tavsiyaviy hujjatligicha qolmoqda. Transmilliy korporatsiyalarning o'zlari esa, xalqaro huquq normalarini yaratmaydi: ularning davlatlar bilan o'zaro shartnomalari davlatlar o'rtasida va boshqa chet el yuridik shaxslari o'rtasida tuziladigan shartnomalardan farq qilmaydi. 7§. O'zbekiston Respublikasi — xalqaro huquq subyekti «O'zbekiston — xalqaro munosabatlaming to'laqonli subyekti» degan konstitutsiyaviy qoida O'zbekiston Respublikasining hozirgi dunyoda- gi oYnini bildiribgina qolmay, mamlakatimizning haqiqatan ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini anglatadi. Bu esa quyidagilami anglatadi: birinchidan, O'zbekiston suveren davlat sifatida zamonaviy xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari bilan bog'liq, boshqa majburiyatlar davlatimizning roziligisiz zimmamizga yuklatili- shi mumkin emas; ikkinchidan, 0‘zbekiston hududida davlat hokimiyati chegaralanmaydi va xalqaro huquqning hech qaysi bir subyekti aralashish huquqiga ega emas, o'zining hududidan tashqarida u o‘z hokimiyatini faqat boshqa manfaatdor davlat roziligi bo‘lgandagina amalga oshirishi mumkin; uchinchidan, 0‘zbekiston xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirib, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalami tuzib, bevosita davlatlararo munosabatlarda qatnashadi. Konstitutsiya asosida O'zbekiston Respublikasini xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti ekanini bildiruvchi huquqiy asoslar yaratildi. 0‘zbekistonning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini ta’minlab beruvchi davlat organlari shakl 1 antiriIdi. Ko'ppartiyaviylik va muqobillik asosida hamda butun xalqimizning qatnashuvi natijasida mamlakatimiz Prezidenti va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat- lari saylandilar. Tashqi ishlar vazirligining funksiyalari va faoliyatining yo'nalishlari tubdan o'zgartirildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi, tashqi savdo bilan shug'ullanuvchi firmalarning maxsus tizimi shakllantirildi, xorijiy fir- ma, bank va kompaniyalarning vakolatxonalari ochildi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Kon- stitutsiyamizning 17-moddasida o'zining qonuniy aksini topgan. «Tashqi siyosat» tushunchasi davlatning xalqaro ishlardagi umumiy kursini o'z ichiga oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro aloqalarini o'z ichiga oluvchi maqsad va vazifalarini qamrab oladi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati va xalqaro faoliyati O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi normalari va prinsiplariga asoslanadi. Diplomatiya tashqi siyosatni amalga oshirishning o'ta muhim vosi- tasi hisoblanadi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazifalarini, ya’ni tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakllar, vositalar va usullar, amaliy tadbirlar majmuasini namoyon etadi hamda belgilab beradi. O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga yor- dam beruvchi xalqaro sharoitlarni yaratish, tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o'zaro manfaatli hamkorlikni o'rnatishdir. O'zbekiston Respublikasi o'zining tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi ustuvor holatlardan kelib chiqadi: birinchidan, milliy davlatchilik manfaatlarining ustuvorligi sharoiti- da o‘zaro manfaatlarni to'liq hisobga olish; ikkinchidan, insonlar va davlatlar orasidagi o‘zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini tan olgan holda 0‘zbekiston xalqaro aloqalarda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, nizolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etishni yoqlab chiqmoqda. O'zbekiston yadro quroli- dan ozod hudud bo'lib qoladi, agressiv ruhdagi harbiy bloklar va ittifoq- larga a’zo bo'lmaydi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni tan oladi va o'z sodiqligini e’lon qiladi; uchinchidan, O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati tinchlik, o'zaro foyda, ichki ishlarga aralashmaslik prinsiplariga, mustaqillikni va suverenitetni chegaralovchi hamda davlatlararo munosabatlami maf- kuralashtirishga qaratilgan harakatlarga yo'l qo'yilmaydigan prinsiplar- ga quriladi («O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati asosiy prinsiplari to'g'risidagi» qonunning 3-moddasi): to'rtinchidan, O'zbekiston tashqi siyosatda ochiqlik prinsipini turli xil mafkuraviy qarashlardan xoli ravishda amalga oshirib, barcha tinch- liksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalami o'rnatmoqda; beshinchidan, O'zbekiston xalqaro huquq normalarining milliy qonun- chilikdan ustunligini tan oladi, xalqaro-huquqiy standartlarni hurmat qiladi. O'zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan bo'lgan muno- sabatlari davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqaro huquqning boshqa norma va prinsiplariga asosan quriladi. Ushbu prin- siplaming Konstitutsiyada mustahkamlangani ushbu prinsiplaming O'zbekiston hududida ichki qonun sifatida qabul qilinishini hamda milliy qonunchilikni to'liq xalqaro qonunchilikka moslashtirilishini, ularning davlat hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning to'liq hurmat qilishini bildiradi. UCHINCHI MAVZU. XALQARO HUQUQ NORMALARI VA MANBALARI Download 333.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling