Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


§. «Xalqaro huquq normasi» tushunchasi


Download 333.3 Kb.
bet5/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


§. «Xalqaro huquq normasi» tushunchasi

  • §. Xalqaro huquq normalarining tasnifi

  • §, Xalqaro huquq normalarining yuridik majburiyligi

  • §. Xalqaro huquq institutlari va sohalari

  • §. «Xalqaro huquq manbalari» tushunchasi va tizimi

  • §. Xalqaro huquqning universal manbalari

    • Shartnoma — xalqaro huquq manbai

    • Urf-odat — xalqaro huquq manbai

    1. §. Xalqaro huquqning maxsus manbalari

    1. §. Xalqaro huquqning qo'shimcha manbalari

    • Huquqning umumiy prinsiplarixalqaro huquq manbai

    • Xalqaro tashkilotlarning rezolyutsiyalari — xalqaro huquqn­ing manbai

    • Xalqaro sudlar va arbitrajlar qarorlarixalqaro huquqn­ing manbai

    1. §. Davlatlarning bir tomonlama hujjatlari

    2. §. Xalqaro huquq ta’limoti (doktrinasi)ning oTni

    3. §. Xalqaro huquqni kodifikatsiya qilish

    4. §. Xalqaro huquqda norma ijodkorligi

    5. §. Konstitutsiya va xalqaro huquq

    1. §. «Xalqaro huquq normasi» tushunchasi

    Xalqaro huquqning o'ziga xos jihatlari, ayniqsa, uning normalarida yaqqol namoyon bo'ladi. Xalqaro-huquqiy norma xalqaro huquqning mazmun-mohiyatini namoyon etuvchi tashqi shakl bo'lib, umumlashgan huquqdir. Xalqaro-huquqiy normalar xalqaro huquq subyektlarining yurish- turish qoidalarini belgilab beradi va umumiy xususiyat kasb etadi.
    Xalqaro huquq normasi — xalqaro huquq subyektlarining bitimi asosida tuzilgan rasmiy qoida bo'lib, ushbu subyektlarning huquqlari, majburiyatlarini belgilaydi va ulami yuridik mexanizm bilan ta’minlaydi.
    Norma bir qancha holatlar uchun mo'ljallangan umumiy yurish- turish qoidasidir. Xalqaro huquq normalari o'ziga xos tuzilishga ega. Muhimi shundaki, aksariyat normalar dispozitsiyadangina iborat bo'lib, sanksiyalar esa xalqaro huquq tizimi tomonidan umumiy tarzda belgila- nadi. Normalar buzilgan hollarda qo'llaniladigan qarshi choralar alo­hida xalqaro shartnomalarda ham ko'zda tutilishi mumkin.
    Xalqaro huquq normalarini yaratish muayyan jarayon, ya’ni xalqaro huquq subyektlarining kelishilgan irodasini ifodalash jarayonidir. Dav- latlarning suveren irodasini kelishtirishdan maqsad xalqaro huquq nor­malarini yaratish hisoblanadi. Bu jarayonga xalqaro vaziyat, davlatlar- ning ichki va tashqi ahvoli ham muayyan ta’sir ko'rsatadi. Xalqaro huquq normalarini yaratish uchun aynan muayyan bir xil davlat irodasi talab etilmaydi. Asosiysi, davlatlaming kelishuvidir. Xalqaro huquq nor­malarini ishlab chiqishda suveren va teng huquqli subyektlar ishtirok etadilar. Ularning yuridik irodasi teng bo'lib, har bir davlat bir ovozga ega bo'ladi. Xalqaro huquq normalari xalqaro huquq subyektlari iroda- sining kelishtirilishi natijasidir. Hozirgi zamonda xalqaro huquq nor­malarini yaratishda xalqaro tashkilotlarning roli oshib bormoqda.
    Xalqaro huquq normalar shaklida mavjuddir. Normaning yuridik mazmuni xalqaro munosabatlar subyektlarining xulq-atvor qoidasidan iborat. Shu bilan birga, xalqaro huquq normasi subyektlar kelishuvi asosida yaratilgan, ular uchun huquq va majburiyatlarni ko'zda tutadi- gan hamda yuridik mexanizm bilan ta’minlaydigan aniq shakldagi qoi­da deganidir. Norma noaniq miqdordagi holatlar uchun mo'ljallangan umumiy qoidadir. Xalqaro huquq nazariyasida qaror, xalqaro shartno­ma ko'rinishida bayon etilgan, aniq bir tartibga solishni ko'zda tutadi- gan va boshqa holatlarda qo'llash mumkin bo'lmagan qoidalar norma hisoblanadimi yoki yo'qmi, degan mavzuda anchadan buyon bahs bor­moqda. Bunday qarorlarda normaga xos belgilar mavjud bo'lib, ular tomonlar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi, yuridik majburiy kuchga ega, ammo bir necha bor qo'llash uchun mo'ljallanmagan. Bu qabildagi qarorlar, odatda, individual normalar deb ataladi.

    1. §. Xalqaro huquq normalarining tasnifi

    Xalqaro-huquqiy normalami har xil mezonlar asosida turlicha tas- niflash mumkin.

    1. Xalqaro huquq normalari o‘z mazmuni va xalqaro-huquqiy tizimda tutgan o‘rni bo'yicha norma — maqsadlar va norma — prinsiplarga bo'linadi.

    Xalqaro-huquqiy maqsad subyektlar birgalikdagi intilishlari asosida amalga oshirishga kelishib olgan va unga yuridik kuch bergan istiqbolda kutilayotgan holatning modelidir. Maqsadlar xalqaro huquq tizimida muhim o'rin tutadi. Xalqaro shartnoma maqsadlari uni amalga oshirish borasidagi choralar qonuniyligining mezoni bo'lib xizmat qiladi.
    Xalqaro huquq prinsiplari xalqaro huquqning alohida jihatlarini, shuningdek, asosiy mazmun-mohiyatini ifodalovchi va oliy yuridik kuch- ga ega bo'lgan umumlashgan normalardir.

    1. Xalqaro huquq normalari faoliyat doirasi bo'yicha universal, min- taqaviy va partikulyar normalarga bo'linadi.

    Universal xalqaro-huquqiy normalar faoliyat doirasining globalligi, umummajburiy kuchga egaligi, butun xalqaro hamjamiyat tomonidan yaratilishi va bekor qilinishi bilan o'ziga xoslik kasb etadi. Universal normalarning asosiy shakli esa urf-odatdir. Ushbu normalar umumiy xalqaro huquqni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi.
    Mintaqaviy xalqaro-huquqiy normalar sayyoramizning alohida hududlarida davlatlar o'rtasidagi o'zaro teran hamjihatlik, ikki tomon­lama shartnomalardan ko'ra yuqoriroq darajadagi normativ tartibga solish natijasida yuzaga keladi.
    Partikulyar yoki mahalliy xalqaro-huquqiy normalar son jihatidan universal normalardan juda ko'pdir va ularning ta’siri ishtirokchilar- ning cheklangan, aksariyat hollarda ikki tomonlama munosabatlar doira­sida bo'ladi.

    1. Xalqaro huquq normalari yuridik kuchga egaligi bo'yicha im- perativ va dispozitiv normalarga bo'linadi.

    Imperativ normalar (jus cogens — imperativ huquq) alohida yuridik kuchga egaligi bilan ajralib turadi. Alohida davlatlar o'rtasidagi muno­sabatlarda jus cogens normalaridan bu davlatlarning o'zaro bitimi aso­sida chekinish mumkin emas.
    Imperativ normalarga zid keluvchi xalqaro urf-odat yoki shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Ushbu normalar buzilgan hollarda xalqaro-hu­quqiy javobgarlikning alohida qonuniy munosabatlari yuzaga keladi: nafaqat bevosita jabrlangan, balki boshqa har qanday davlat ham huquq- buzaming javobgarligiga taalluqli yuridik javobgarlik masalasini ilgari surishga haqli hisoblanadi.
    Imperativ normalarni buzish javobgarligining alohida shakli — dav­lat organlaridagi mansabdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish. Bu yerda xalqaro jinoyatlar hisoblanadigan huquqbuzarliklar haqida gap bormoqda. Imperativ normalarga yaqqol misol sifatida xalqaro huquq­ning umumiy prinsiplarini ko'rsatish mumkin. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, hozirgi kunga qadar xalqaro huquqning imperativ normalari va prinsiplari ro'yxati biror-bir xalqaro hujjatda to'liq keltirilmagan.
    Dispozitiv normalar xalqaro huquq subyektlarining o‘zaro kelishuvi asosida ularning hamjihatlikdagi munosabatlarida muayyan chegarada- gi chekinishlaiga yo'l qo'yilishini ko'zda tutuvchi normalardir. Xalqaro huquq normalarining aksariyati dispozitiv normalar sirasiga kiradi. Xalqaro huquqning dispozitiv normalariga bir misol. Zamonaviy xalqaro huquq hududiy suvlarni davlatlar hududining ajralmas tarkibiy qismi deb hisoblaydi va bu suvlarda chet davlatlaming baliq ovlash bilan shug'ullanishi taqiqlanadi. Lekin ikki davlat o'zaro shartnoma tuzishi mumkin va shu shartnoma normalari asosida bir davlat o'z hududiy suvlarida ikkinchi chet davlatga baliq ovlash bilan shug'ullanishga rux- sat berishi mumkin.

    1. Xalqaro-huquqiy tizimdagi vazifasi bo'yicha xalqaro huquq nor­malari moddiy va protsessual normalarga bo'linadi.

    Moddiy normalar bevosita xalqaro munosabatlarni tartibga soladi. Protsessual normalar esa, xalqaro huquqni yaratish va amalga oshirish jarayonlarini tartibga solishga xizmat qiladi. Amaldagi har bir xalqaro shartnoma o'zining protsessual normalariga ega bo'ladi. Protsessual huquq yuksak darajadagi dispozitivligi bilan ajralib turadi. U protsessual faoli- yatning umumiy jihatlarinigina belgilab beradi.
    Xalqaro huquq normalari o'zining yaratilish usuli va mavjud bo'ladigan shakli, ya’ni manbayi bo'yicha — odat, shartnomaviy, xalqaro tashkilotlarning qarorlari normalariga bo'linadi.
    Xalqaro huquq normalari boshqa nisbatan ahamiyati kamroq me- zonlar bilan tasniflanishi mumkin. Bular — taqiqlovchi, majburlovchi, vakolat beruvchi normalar; boshqa normalarda, aktlarda mavjud qoi- dalarni qo'llashga majbur etadigan havola qiluvchi normalar; tabiat, fan va texnika qonunlari talablariga yuridik kuch beradigan xalqaro huquq normalari texnik normalar qatoriga kiradi; dasturiy va tavsiyaviy xalqaro huquq normalariga bo'lish mumkin.

    1. §. Xalqaro huquq normalarining yuridik majburiyligi

    Xalqaro-huquqiy normalarning yuridik majburiylik kuchiga ega ekan- ligi xalqaro huquqning muhim jihati bo'lib, bu xalqaro munosabatlarni huquqqa mos usulda tartibga solishning zaruriy shartidir.
    Xalqaro-huquqiy normani yaratishda ikkita bitimga asoslanilishini ko'rsatish mumkin. Ulaming biri normaning mazmuniga, ikkinchisi esa unga yuridik majburiylik kuchi berilishiga taalluqlidir. Bir qarashda sof nazariy tuyuladigan ushbu qoida o'ziga xos amaliy ahamiyatga ega. Aksariyat hollarda davlatlar xalqaro-huquqiy normaning mazmuni yu- zasidan kelishib olgach, unga yuridik emas, balki siyosiy majburiylik kuchi berilishi to‘g‘risida shartlashadilarki, o'z-o'zidan, bunday norma xalqaro huquqiy norma hisoblanmaydi.
    Davlatlar o‘rtasidagi kelishuv nafaqat alohida shartnoma yoki nor- maga, balki xalqaro huquqqa ham to‘liq yuridik majburiylik kuchini beradi.

    1. §. Xalqaro huquq institutlari va sohalari

    Xalqaro-huquqiy institut deganda, bir turdagi xalqaro munosabat­lami tartibga soluvchi huquq normalarining guruhi tushuniladi, ular ana shu munosabatlaming umumiy obyekti bilan o'zaro chambarchas bog'liqlik kasb etadi. Misol tariqasida, huquqbuzarlik uchun xalqaro javobgarlik institutini keltirish mumkin.
    Huquqiy normalar va institutlar, o'z navbatida, xalqaro huquq so- halariga birlashadi. Bir turdagi xalqaro munosabatlaming jami majmuyi, masalan, xalqaro shartnomalar tuzishga doir (xalqaro shartnomalar hu­quqi), xalqaro tashkilotlar faoliyati bilan bog'liq (xalqaro tashkilotlar huquqi) va shu kabilar soha obyekti hisoblanadi. Ayrim sohalar (masa­lan, xalqaro dengiz huquqi va diplomatik huquq) azaldan mavjud, boshqalari (misol uchun, xalqaro atom huquqi va xalqaro kosmik hu­quqi) nisbatan yaqinda paydo bo'lgan.
    Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro huquq sohasi deganda, xalqaro hayotning muayyan jabhasidagi xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi munosabatlami tartibga soluvchi yuridik norma va prinsiplar majmuyi tushuniladi, u xalqaro huquqning o'ziga xos predmeti sanaladi va xalqaro huquqning har bir sohasiga doir normalar va prinsiplar, keng ma’noda xalqaro huquqning to'liq tarkibiy qismi hisoblanadi. Sohaviy norma va prinsiplar xalqaro huquqning umumiy prinsiplariga asoslanadi va ular huquqiy munosabatlaming muayyan sohasiga tatbiqan aniqlashtiriladi, ular xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga zid bo'lmasliklari shart. Xalqaro huquq nazariyasida har qaysi xalqaro huquq sohasining pred­meti va obyektining o'ziga xosligi bilan belgilanadigan, normalari ham­da prinsiplarining aynan shu o'ziga xosligi xalqaro huquqda uning alo­hida sohalarini farqlash uchun muhim mezon hisoblanadi.
    Xalqaro huquqni sohalarga ajratish borasida xalqaro huquq nazariya­sida yagona fikr yo'q. Bu boradagi konsepsiyalardan biriga ko'ra. xalqaro huquq sohalari faqatgina xalqaro huquq normalari va prinsiplarini ilmiy jihatdan tizimlashtirish uchun mavjud, shuningdek, ular xalqaro huquqni o'rganish va unda ta’lim berishda qulaylik yaratish maqsadida ajratiladi. Boshqa bir nuqtayi nazarga muvofiq, xalqaro huquq sohalari xalqaro munosabatlaming muayyan sohalaridagi huquqiy munosabatlaming o'ziga xosligini aks ettiruvchi obyektiv kategoriya sifatida mavjuddir.
    Shuningdek, xalqaro huquqning sohalarga bo'linish mezonlari ha- qida bir necha xil nuqtayi nazarlar bayon etiladi. Shunday nuqtayi nazar- lardan biriga qaraganda, xalqaro huquq sohasi huquqiy tartibga solish predmetining ichki yaxlitligiga ega bo'lishi hamda bunday tartibga so- lishning o'ziga xos uslubidan foydalanishi zarur. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko'ra, xalqaro huquq normalari va prinsiplari guruhini alohida sohaga ajratish uchun huquqiy munosabatlar predmetining o'ziga xosli­gi hamda huquqning maxsus sohaviy prinsiplari birligi kifoyadir. Xalqaro huquq nazariyasida, bundan tashqari xalqaro huquq sohalari va kichik tarmoqlarni ham farqlash tavsiya etiladi.

    1. §. «Xalqaro huquq manbalari» tushunchasi va tizimi

    Xalqaro huquq normalar ko'rinishida mavjuddir. Har qanday xal­qaro huquq normasining mohiyati uning subyektlari irodalarining kelishu- vi jarayonida erishilgan bitimdan iboratdir. Har xil holatlarda xalqaro- huquqiy normalami yaratish jarayoni turlicha kechadi hamda turli shakl- larni oladi. Xalqaro huquq normalarini yaratishning ana shu shakllari xalqaro huquq manbalari deb ataladi.
    Xalqaro huquq manbalari doirasini belgilashda aksariyat huquqshu­noslar ko'pincha BMT Xalqaro sudi statutining 38-moddasiga murojaat qilishadi. Ushbu moddaga muvofiq nizolami xalqaro huquq asosida hal etar ekan, Xalqaro sud konvensiyalarni, xalqaro-huquqiy odatlarni, madaniyatli millatlar tomonidan tan olingan huquqning umumiy prin- siplarini qo'llaydi. Huquqiy normalami belgilash uchun qo'shimcha vosita sifatida sud qarorlari va eng malakali mutaxassislarning nazariyalari (dok- trinalari) qo'llanilishi mumkin6.
    Keyingi paytlarda Xalqaro sud statutining 38-moddasi asosli tan- qidlarga uchramoqda va buning hayratlanarli joyi yo'q. Chunki ushbu modda Birinchi jahon urushidan so'ng Xalqaro odil sudlov doimiy palatasi uchun yaratilgan edi. O'sha davrning normativ materiallari esa ancha- gina qashshoq edi. Xalqaro tashkilotlarning soni juda kam bo'lgan, ayni chog'da alohida olimlaming asarlari katta obro' qozongandi.
    Hozirgi zamon xalqaro huquqi manbalarining tizimi quyidagi uchta guruhga jamlangan:
    Birinchi guruh — xalqaro huquqning universal manbalari:
    Xalqaro shartnoma;
    Xalqaro odat.
    Ikkinchi guruh — xalqaro huquqning maxsus manbalari, ya’ni xalqaro tashkilotlarning qarorlari.
    Uchinchi guruh — xalqaro huquqning qo'shimcha manbalari:
    Huquqning umumiy prinsiplari;
    Xalqaro tashkilotlaming rezolyutsiyalari;
    Xalqaro sud va arbitrajlaming qarorlari.

    1. Download 333.3 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling