Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


§. Xalqaro huquqning maxsus manbalari


Download 333.3 Kb.
bet7/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


§. Xalqaro huquqning maxsus manbalari

Xalqaro tashkilotlar qarorlari — xalqaro huquq manbai.
Hozirgi zamon xalqaro tashkilotlari sonining ortib borishi, ularning nufuzi va xilma-xilligi xalqaro-huquqiy ijodkorlik jarayonida ishtiroki- dagi vazifalarining ham xilma-xilligini belgilaydi. Xalqaro tashkilotlarning huquq normalarini yaratish huquqi ularni tuzgan davlatlar tomonidan belgilab qo‘yiladi va bu haqda xalqaro tashkilot ta’sis hujjatida qayd etiladi. Unda xalqaro tashkilot vakolatlarining umumiy ko’lami va uning yuridik normalar yaratish bo’yicha huquqlari aniq bayon etiladi.
Ko‘p tomonlama xalqaro tashkilotlar asosan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha xalqaro shartnomalar tayyorlash va qabul qilishi bi­lan ajralib turadi. Bunday hollarda xalqaro tashkilot doimiy ravishda shartnoma Ioyihalarini tayyorlash uchun zarur tashkiliy asoslarga ega bo’ladi. Bunda xalqaro shartnoma ham, uni qabul qilish jarayoni ham to’g’ridan to’g’ri muzokaralar davomida yoki xalqaro konferensiyalarda tasdiqlanadigan shartnomalardan ko’p farq qilmaydi.
Xalqaro tashkilotlarga a’zo davlatlar vakillari o’rtasidagi muntazam aloqalar tufayli tashkilotda u yoki bu sohada mavjud ehtiyojlar va yangi shakllar yaratish zarurati zudlik bilan aniqlab olinadi. Shuning uchun xalqaro tashkilot doirasida yangi xalqaro-huquqiy normalar tayyorlash- ni tashkillashtirish qulayroq va ularni mazmun-mohiyati bo’yicha dara- jalab chiqish ancha osondir. Masalan, davlat yoki bir guruh davlatlar xalqaro shartnoma (yuridik kuchga ega normalardan iborat) qabul qi- lishni yoki umumiy fikrlarini siyosiy normalardan tashkil topgan dek- laratsiyalarda yoxud bayonotlarda bildirishni ham taklif qilishi mum­kin.
Hozirgi zamon xalqaro shartnomalari nafaqat yuridik soha, balki siyosiy, iqtisodiy, harbiy, transport, aloqa, sog’Iiqni saqlash kabi max­sus sohalar bo’yicha ham yuksak malakali bilimga ega bo’lishni talab qiladi va aynan xalqaro tashkilotlar doirasida yuqori saviyali ekspert- lardan foydalanishni ta’minlash imkoniyati nisbatan kengroqdir. Bu ayniqsa maxsus masalalar bo’yicha tuzilgan xalqaro tashkilotlar va BMTning ixtisoslashtirilgan muassasalariga ko’proq taalluqlidir. Haqiqa­tan ham, bugungi kunda alohida sohalar bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yishda ularning ahamiyati beqiyosdir. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat ishlari bo’yicha maxsus tashkiloti — YUNESKO, Xalqaro fuqaro avi- atsiyasi tashkiloti, Butun jahon pochta ittifoqi, Butun jahon sog’Iiqni
saqlash tashkiloti va boshqalar maxsus ekspertiza va huquqiy qarorlarni amalda birlashtingan holda faoliyat korsatayotgani bilan ajralib turadi.
Transport, aloqa, sogliqni saqlash kabi sohalarda band bo'lgan ko'pchilik tashkilotlar huquqiy emas, balki mamuriy va texnik norma- Iardan tashkil topgan reglamentlar qabul qiladi va shu yo'l bilan ichki davlat huquqiga bevosita tasir ko'rsatadi.
Ayrim xalqaro tashkilotlarda shartnomalami qabul qilishning alohida tartibi mavjud. Misol uchun XMT konferensiyasida qabul qilingan kon- vensiyalar uzil-kesil tasdiqlash uchun tegishli hukumatlaiTga yuboriladi.

  1. §. Xalqaro huquqning qo'shimcha manbalari

Huquqning umumiy prinsiplari — xalqaro huquq manbai.
Huquqning umumiy prinsiplari har qanday huquq tizimida amal qilaveradigan prinsiplardir. Ulaming tarkibi haqida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim huquqshunos olimlarning fikricha, ular «qilmishiga yarasha jazo olishi kerak» yoki «keyingi norma awalgisini bekor qiladi» deganga o'xshash yuridik-texnikaviy qoidalardan iborat. Boshqa olimlarning uqtirishiga qaraganda, huquqning umumiy prinsiplari qatoriga adolat- parvarlik yoki vijdoniylik kabi prinsiplami kiritish o'rinlidir.
Xalqaro tashkilotlaming rezolyutsiyalari — xalqaro huquqning manbai.
Ko'pchilik hollarda xalqaro tashkilotlar o'zlarining majburiy yu­ridik kuchga ega bo'lmagan rezolyutsiyalarida keyinchalik uning ishti- rokchilari tomonidan imzolanadigan shartnomalarda aks etishi ko'zda tutilgan prinsiplar va normalarni belgilaydilar. Masalan, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyalari inson huquqlari bo'yicha shartnoma­lar majmuyini yaratishda bosh omil bo'ldi. Bu qarorlar, shuningdek. yadroviy qurollarni tarqatmaslik to'g'risidagi shartnoma, Kosmos to'g'risidagi shartnoma va boshqa shu kabi xalqaro shartnomalar im- zolanishida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Xalqaro tashkilotlar o'z nizomlariga muvofiq rezolyutsiyalar qabul qiladilar. Bunday rezolyutsiyalamingayrimlari majburiy bo'lsa, boshqalari tavsiyaviy xususiyat kasb etadi. Misol sifatida BMT Bosh Assambleya­sining rezolyutsiyalarini keltirish mumkin. Ularni yuridik kuchi bo'yicha uch guruhga bo'lish mumkin.
Birinchi gumh: BMT Bosh Assambleyasining majburiy yuridik kuchga ega bo'lgan rezolyutsiyalari. Bunday rezolyutsiyalar qatoriga BMTga yangi a’zo davlatlarni qabul qilish yoki a’zolarini muayyan huquq va imtiyozlarini to'xtatish yoxud budjet masalalari to'g'risidagi rezolyutsi- yalami kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh: davlatlar harakati uchun huquqiy asos bo'luvchi rezolyutsiyalar. BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyalari a'zo dav­latlar uchun muayyan huquq va majburiyatlar keltirib chiqarishi mum- kin. BMTning bunday rezolyutsiyasi har qanday a’zoga rezolyutsiya asosida harakat qilish huquqini bersa, boshqa davlatlarga ushbu ha- rakatlaming huquqiyligini tan olish majburiyatini yuklaydi.
Uchinchi guruh: BMT Bosh Assambleyasining siyosiy va axloqiy ahamiyatga molik rezolyutsiyalari. Bunday rezolyutsiyalar yuridik maj­buriy kuchga ega emas va tavsiyaviy xususiyat kasb etadi. Shuning uchun ular xalqaro huquq normalari emas. Albatta, BMT Bosh Assambleya rezolyutsiyalarini bajarmagan a’zo davlatlarga nisbatan muayyan cho- ralar ko‘rishi mumkin, ya’ni davlatlarni o‘z rezolyutsiyalarini bajarishga chaqirishi yoki maxsus qo‘mita (masalan, dekolonizatsiya bo’yicha qo’mita) tuzishi mumkin. BMTning bunday choralari o‘z mazmuni jihatidan yuridik sanksiyalarga yaqindir.
Xalqaro sudlar va arbitrajlar qarorlari — xalqaro huquqning man-
bai.
Xalqaro sudlar va arbitrajlaming qarorlari nizoda o’ziga nisbatan qaror chiqarilayotgan tomon uchungina majburiy kuchga ega bo’ladi. Ammo BMT Xalqaro sudining qarorlari, odatda, yangi normalami ish­lab chiqishda e’tiborga olinadi, sudlar va arbitrajlaming dalil-isbotlari esa ko’p hollarda bunday nizolarda tomonlaming pozitsiyasini asoslash uchun ishlatiladi.

  1. Download 333.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling