Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14. Avstraliya (Avstroneziya) oilasi
11. Xitoy (Sin) -tibet oilasi: 1. Tibet-barman guruhi: tibetliklar, ladakvi, balti
va boshqalar. Nevarlar, kanaurlar, laxuli va boshqalar. Himolay xalqlari, baro-bodo xalqlari, birmaliklar, itszu, kuki-ginlar, kaga, karenlar va boshqalar. 12. Paratay: Tay guruhi : Siamliklar, lao, chjuanlar, shanilar va boshqalar. 13. Avstroosiyo oilasi: 1. Vetnam guruhi: vetnamliklar. 2. Mon-kxmer guruhi: kxmerlar, monilar. 3. Munda guruhi: Santallar, mundaliklar va boshqalar. 4. Myao- yao guruhi: Myao, yao. 14. Avstraliya (Avstroneziya) oilasi: Yavaliklar, sundilar, madurlar va boshqa indoneziya xalqlari, malaytslar, maleyzan va chamilar. Tagallar, visayya, iloki va boshqa fillipin xalqlari, gaoshan, malgashlar, gavayaliklar, taitiyaliklar, maorlar, samoaliklar, tongaliklar va boshqa polineziya xalqlari. Fidjiliklar va boshqa melaneziyalik xalqlar. Mikroneziyaliklar, andamanlar. Papuasxalqlari, avstraliyaliklar (aborigen xalqlar), hind xalqlari. Kechua, aymera, mayya va boshqalar. Xalqlarning rivojlanishi tarixiy – ijtimoiy hodisadir. Har bir xalq (etnos) o‘z shakllanish tarixida bir qancha bosqichlarni bosib o‘tgan. Etnik jarayonlar turli xalqlarning tarixida alohida o‘rin egallaydi. Masalan: o‘zbek millatining shakllanishi tarixini ayni bir davrdan boshlab bo‘lmaydi, chunki hozirgi O‘zbekiston hududida ming yillar davomida til, turmush tarzi, urf-odati va hatto dini jihatidan farq qiluvchi etnoslar va qabilalarning assimilyatsiya jarayoni kechgan. Turli bosqinchilik urushlari bu jarayonni tezlashtirdi va rang-baranglik baxsh etdi. Bu jarayonda qadimgi davrda saklar, massagetlar, so‘g‘dlar, yunon- makedoniyaliklar, eron xalqlari, o‘rta asrlarda qoraxitoylar, arablar, qipchoqlar, mo‘g‘ullar faol qatnashganlar (14-jadval). 14-jadval. Dunyoda eng ko’p tarqalgan xalqlar va tillar (2012 yil) № Dunyodagi eng yirik xalqlar Soni (mln kishi) Dunyodagi eng ko‘p tarqalgan tillar Shu tilda so‘zlashuvchi aholi (mln kishi) Aholisi eng ko‘p davlatlar Soni (mln kishi) 1 Xitoylar 1100 Xitoy 1100 Xitoy 1358 2 Hindistonliklar 220 ingliz 350 Hindiston 1268 3 Amerikaliklar 190 ispan 250 AQSh 318 4 Bengallar 180 arab 220 Indoneziya 246 5 Ruslar 150 hindi 200 Braziliya 205 6 Braziliyaliklar 140 bengal 160 Rossiya 145 7 Yaponlar 125 portugal 160 Pokiston 181 8 Panjobliklar 90 rus 150 Yaponiya 125 9 Bixarliklar 90 yapon 125 Bangladesh 154 10 Meksikaliklar 85 nemis 90 Nigeriya 167 94 Hozirgi paytda dunyoda 3-4 ming turli etnoslar mavjud bo‘lib, ularga mansub kishilar soni bir necha o‘ntadan yuz milliongacha boradi. Ayni vaqtda soni 100 mlndan ko‘p bo‘lgan 10 ta xalqni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular er yuzi aholisining 50% ini tashkil etadi. Til millatlarning farqini bildiruvchi asosiy omildir. Dunyo xalqlarida tilning shakllanishi tabiiy-geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar kabi omillar ta‘sirida kechadi. Kishilik jamiyatining birlamchi so‘zlashuv tili qabilalar shakllangan davrlarda rivojlana boshlagan. Bunday til lug‘ati juda kambag‘al, grammatik jihatdan tizimlashmagan bo‘lgan. Ibtidoiy qabilalarning hududiy ajralishi va dunyo bo‘ylab tarqalishi yangi tillarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini kuchaytirdi. Tilning shakllanishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi geografik – tabiiy sharoit omili haqida juda qiziqarli fikrlar bildirilgan. Masalan shimol xalqlarining undosh tovushlarni juft talaffuz qilishini iqlimning sovuqligi bilan izohlaydilar. Xalqlarning iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyoti turli omillar ta‘sirida har-xil kechganligi tillarning rivojlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatgan. Shuning uchun bugungi kunda dunyoda bir necha o‘nlab kishilar so‘zlashuvchi, yozuvsiz qabila tillari ham, bir necha millatlarga tegishli millionlab kishilar foydalanadigan, boy adabiyotga ega jahon tillari ham mavjud. Ayni vaqtda dunyoda mavjud tillarning soni 3 ming atrofida deb hisoblanadi. Ammo ularning aniq miqdorini ko‘rsatish mumkin emas, chunki juda ko‘plab xalqlarning tillari to‘liq o‘rganib chiqilmagan va ularning qaysi til guruhiga mansubligi aniqlanmagan. Bunda til va lahja tushunchalarinig ba‘zan chalkashish holatlari ham ko‘p uchraydi. Shunga qaramay dunyodagi tillarning klassifikasiyasi birmuncha o‘rganib chiqilgan, aytish mumkinki, dunyoda keng ishlatiladigan, shuningdek muayyan millatlar tillarining kelib chiqishi, mansublik holati aniqlangan. Shunga ko‘ra dunyo aholisining milliy tarkibi xalqlarning qaysi til oilalari va til guruhlariga tegishli ekanligi bilan ifodalanadi. Imkon doirasida, soddaroq tarzda dunyo xalqlari geografiyasiga e‘tibor bersak (15-jadval). Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling