1. Hindevropa oilasi: 1. Slavyan guruhi: ruslar, ukrainlar, beloruslar,
polyaklar, chexlar, slovaklar, serblar, xorvatlar, sloveniyaliklar va boshqa
yugoslaviya xalqlari, bolgarlar. 2. Baltika guruhi: litvaliklar, latishlar. 3. Germaniya
guruhi: nemeslar, avstraliyaliklar, shveytsariyaliklar (nemes, italyan, fransuz tilida
gaplashuvchilar), gollandlar, flamandiyaliklar (finlar), afrikanerlar, surinamlar,
shvedlar, norveglar, islandiyaliklar, datchenlar (farer orolidagilar), anglichanlar va
shotlandlar, anglo-avstraliyaliklar, angliya-yangizellandiyaliklar, anglo-kanadaliklar,
yamaykaliklar, gayyaliklar, shuningdek ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar (markaziy
va janubiy Amerika), amerikaliklar (aqshdagi negrlar ham). 4. Kelt guruhi: irlandlar,
uelsliklar, bretonlar. 5. Roman guruhi: italyanlar, fransuzlar, korsikaliklar, vallonlar,
frankokanadaliklar, gaitiyaliklar va boshqa frankotilli xalqlar (markaziy va janubiy
amerika), ispanlar, katalonlar, galisiyaliklar, meksikaliklar, kubaliklar, argentinlar,
kolumbiyaliklar va boshqa ispan tilida gaplashuvchilar (markaziy va janubiy
Amerika), braziliyaliklar, portugallar, ruminlar, moldavanlar. 6. Alban guruhi:
albanlar. 7. Grek guruhi: greklar. 8. Eron guruhi: forslar, kurdlar, lo‘lilar, baxtiarlar,
tojiklar, xazareyslar, afg‘onlar (pushtilar), belujlar, osetinlar. 9. Hind (Hindariy)
guruhi: bengallar va assemlar, oriyaliklar, hindlar, bixarlar, rajastxonlar, panjobliklar,
gudjaratliklar, sinxlar, maratxiliklar, singallar, kashmirliklar, nepalliklar va boshqa
paxari xalqlari. 10. Arman guruhi: Armanlar, evropa va amerika evreylari.
2. Afrosiyo (Semit-hamit) oilasi: 1. Semit guruhi: arab xalqlari, isroil
evreylari, amxaraliklar, tigrelar va tigranlar. 2. Kushit guruhi: oromaliklar,
somaliyaliklar va boshqalar. 3. Berber guruhi: Tuareglar, shlyoxlar, kabilar va
boshqalar. 4. Chad guruhi: xausaliklar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |