Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Qirg’izlar. Qirg‘iz xalqi etnik tarixining ilk bosqichlari xun, dinlin, sak, usun 
qabilalarining qabilaviy ittifoqlari bilan bog‘liqdir. 6-10 asrlarda qirg‘iz xalqining 
tarkibiga kiruvchi turkiy qabilalar Sayan-Oltoy, Irtishbo‘yi, Sharqiy Tyan-Shan 
hududlarida tarqalgan. Mo‘g‘ul bosqinidan keyin bu qabilalarning bir qismi markaziy 
va g‘arbiy Tyan-Shan va Pomir hududlariga kelib joylashdi. Ular Tyan-Shan 
hududida qirg‘iz etnosining shakllanishi uchun asos bo‘lib, ularning tarkibiga yana 
qarluqlar va uyg‘urlar, keyinchalik mo‘g‘ullar va qozoq-no‘g‘ay qabilalari ham 
aralashgan. Umuman olganda qirg‘iz xalqi Tyan-Shan hududida 16 asrda tarkib 
topdi. 17 –18 asrlarda qirg‘iz erlari jung‘or xonlarining doimiy bosqinlariga duchor 
bo‘ldi, 19 asrning birinchi yarmida esa ular Qo‘qon xonligi ta‘siriga tushib qoldilar. 
Ruslarning Turkistonni bosib olishi natijasida 19 asrning 60-70 yillarida qirg‘iz 
qabilalarining asosiy erlari Rossiya tarkibiga kirdi.
Turkmanlar. Turkman etnosining qadimgi asosi dax-massaget va alan-sarmat 
qabilalari bo‘lgan. Bu xalqning shakllanishida yana qadimgi davlatlar Marg‘iyona, 
Parfiya va Xorazm aholisi ishtirok etgan. Eramizning 1 asrida hozirgi Turkmaniston 
hududiga qadimiy turk qabilalari kelib o‘rnashishgan. 9-11 asrlarda o‘g‘uz (saljuq) 
qabilalari kirib kelishgan va ular turkman etnosining o‘zagini tashkil etishadi. 
Turkman xalqining shakllanish jarayoni 15 asrda tugallandi. Bu vaqtga qadar o‘g‘uz 
qabilalarining tarkibiga bir qancha boshqa qabilalarning xususan qipchoqlarning 
aralashuvi yuz berdi. Oktyabr to‘ntarilishiga qadar turkman xalqi bir qancha yirik 
qabilalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning eng yiriklari hududiy jihatdan bir-biridan 


89 
quyidagicha ajralgan edi: takinlar (Axal, Murg‘ob va Tajan daryolari havzalari), 
yovmitlar (Kaspiy bo‘yi oblasti, Xiva xonligi), ersarilar (Amudaryo vodiysi), salirlar, 
sariqlar, go‘klanlar, chavdarlar (Xiva xonligi). Shuningdek xo‘jalik yuritish jihatidan 
turkmanlar chorvadorlar va dehqonlar(chamurlar)ga bo‘lingan.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling