Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Sog’liqni saqlash tizimidagi keng ko’lamli islohotlarning mohiyati va


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Sog’liqni saqlash tizimidagi keng ko’lamli islohotlarning mohiyati va 
ahamiyati. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimiz hayotining barcha 
soha va tarmoqlari qatori aholi salomatligini muhofaza qilish masalasi 
Prezidentimizning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Bu borada yangi 
zamonaviy tizimni barpo etish, keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini ta‘minlash 
uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratildi. Ma‘lumki, sobiq totalitar tuzumda 
O‘zbekistonda ham aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifati talabga mutlaqo 
javob bermas edi. Masalan, aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 1991 yilda 67 
yilni tashkil etgan bo‘lsa, onalar o‘limi 65,3 nafarni (har 100000 ta tirik tug‘ilgan 
bolaga), go‘daklar o‘limi 34,5 nafarni (har 1000 ta tirik tug‘ilgan bolaga) tashkil 
etgan edi.
1991 yilda O‘zbekistonda aholi soni 20,8 million kishini tashkil etgani holda, 
jami vrachlar soni 71131 nafar, ya‘ni har 10000 aholiga 34,1 nafar shifokor to‘g‘ri 
kelar, shahar va qishloq aholisiga ambulatoriya va poliklinika xizmatini ko‘rsatishda 
katta tafovutlar mavjud edi. Qishloq aholisi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan paytda 
birinchi bor feldsherlik-akusherlik punktlaridagi feldsherga murojaat etar, shaharlarda 
esa bitta oilada yashaydigan turli yoshdagi insonlar tibbiy yordam olish maqsadida 
kamida 3 ta poliklinika tipidagi tibbiyot muassasasiga murojaat qilishga majbur 
bo‘lardi. Ya‘ni oiladagi bolalar – bolalar poliklinikasi (pediatrlar)ga, katta 
yoshdagilar – shahar poliklinikasi (hududiy terapevtlar)ga, homilador ayollar esa 
ayollar konsultatsiyasi (akusher-ginekolog)ga qatnar edi. Ushbu muassasalar 
faoliyatida o‘zaro uzviylik, bog‘liqlik bo‘lmagani sababli kattalar poliklinikasida 
bolalar salomatligi haqida, ayollar konsultatsiyasida qizlar, o‘smir qizlar to‘g‘risida 
tegishli ma‘lumotlar bo‘lmas, ularga tibbiy yordam faqat ular murojaat qilgan 
davrdagi ma‘lumotlarga asoslangan holda ko‘rsatilar, profilaktik ishlarga, ayniqsa, 
birlamchi profilaktikaga e‘tibor berilmas edi. Boshqacha aytganda, ambulatoriya-
poliklinika xizmatini ko‘rsatayotgan vrachlar dispetcherlik funktsiyasini bajarar edi, 
xolos. Xususan, hududiy shifokorlar bemorlarni o‘zlari davolash o‘rniga ularni 
boshqa mutaxassislarga yoki statsionarlarga yuborish bilan shug‘ullanar edi.


86 
Aholiga statsionar yordam 1370 ta kasalxona muassasasida ko‘rsatilar edi. 
Ularda jami o‘rinlar soni 256585 tani, ya‘ni har 10000 aholiga o‘rtacha 123 tani 
tashkil etar edi. Kasalxonalar, o‘rinlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, tibbiy 
yordam ko‘rsatish sifati juda past edi. Statsionar tibbiy xizmat qishloq aholisiga kam 
o‘ringa ega, hech qanday sharoiti bo‘lmagan qishloq uchastka shifoxonalarida (25-75 
o‘ringa mo‘ljallangan) ko‘rsatilar edi. Bu shifoxonalarda bemorlarning ahvoli 
og‘irlashgan taqdirda ular tuman markaziy shifoxonalariga, juda og‘ir bemorlar esa 
viloyat kasalxonalariga yuborilar edi.
Shifoxonalardagi tibbiy asboblar eski, aksariyat shifoxonalarda esa tibbiy 
uskunalar umuman yo‘q yoki yaroqsiz ahvolda edi. Ana shu misollarning o‘ziyoq 
ko‘z oldimizda ayanchli manzarani namoyon etadi. Achinarli tomoni shundaki, 
bemorlar sifatli, malakali, ixtisoslashgan statsionar yordami olish uchun bir necha 
murakkab byurokratik bosqichlardan o‘tishga majbur bo‘lar edi. Buning ustiga 
vaqtida to‘g‘ri diagnoz qo‘yilmagani, malakali davolanmagani uchun bemorning 
ahvoli yanada og‘irlashar, kasalligi surunkali tus olib ko‘p hollarda nogironlikka
ba‘zan esa bevaqt o‘limga sabab bo‘lar edi. Statsionarlarda nafaqat davolash-
profilaktika ishlarining sifati, balki sanitariya-gigienik holat ham talabga javob 
bermas edi. Palatalardagi o‘rinlar soni 6-8 tani tashkil etar, 1 ta bemorga 3-4 m.kv joy 
to‘g‘ri kelar, aksariyat shifoxona binolari ta‘mirlashga muhtoj, issiq suv u yoqda 
tursin, hatto sovuq suv ta‘minoti ham nochor ahvolda edi. Sog‘liqni saqlash tizimi 
qoldiq tamoyiliga asosan moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘ning aksariyat qismi 
(80 foizi) ko‘p xarajat talab qiladigan statsionar xizmatni ta‘minlashga ketar edi.
Mustaqillik yillarida bunday holatlarga butunlay barham berildi. Bugungi kunda 
sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatning eng katta 
boyligi bo‘lgan inson salomatligini yaxshilash, uning manfaati, turmush farovonligini 
ta‘minlash, kasalliklarni kamaytirish va oldini olish, sog‘lom turmush tarzini qaror 
toptirish, aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasini uzaytirish, sog‘lom naslni 
dunyoga keltirish va tarbiyalab, voyaga etkazishga qaratilgani bilan g‘oyat 
ahamiyatlidir. Ayni shu maqsadlar asosida yurtimizda zamonaviy talablar, xalqaro 
andozalar darajasidagi tibbiy xizmat tizimini barpo etish, eng muhimi, barkamol 
avlodni voyaga etkazish – tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-
mohiyatini tashkil etmoqda
5
.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling