Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
-chizma. Dunyodagi dinlarning tarkibiy tuzilishi
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyodagi dinlar
3-chizma. Dunyodagi dinlarning tarkibiy tuzilishi Dindorlar soni ko‘p bo‘lgan dinlar bo‘yicha mamlakatlar taqsimoti (2010 yil, million kishi.): Xristianlik-(AQSh-243,0, Braziliya-173,3, Meksika-107,9, Rossiya-104,7, Filippin-86,3, Nigeriya-78,0, Xitoy-68,4, Kongo-63,2, Germaniya-56,5, Efiopiya- 52,0); Islom-(Indoneziya-209,1, Hindiston-176,1, Pokiston-167,4, Bangladesh-133,5, Nigeriya-77,3, misr-76,9, Eron-73,7, Turkiya-71,3, Jazoir-34,7, Marokko-31,9); Budaviylik-(Xitoy-244,1, Tailand-64,4, Yaponiya-45,8, Birma-38,4, Shri- Lanka-14,4, Vetnam-14,3, Kamboja-13,6, Koreya respublikasi-11,0, Hindiston-9,2, malayziya-5,0); Hinduiylik- (Hindiston-973,7, Nepal-24,1, Bangladesh-13,5, Indrneziya-4,0, Pokiston-3,3, Shri-Lanka-2,8, AQSh-1,7, Malayziya-1,7, Birma-0,8, Buyuk Britaniya-0,8). islom xristian Universal dinlar buddizm Jahon dinlari Etnik dinlar Dunyodagi dinlar An‘anaviy dinlar Hinduizm iudaizm Sintoizm Daosizm, konfusiylik 81 Keyingi yillarda barcha jahon dinlari tarkibida miqdoriy o‘sish kuzatilmoqda, bunda turli diniy tashkilot va davlatlarning roli kattadir. 3.4. Aholining ijtimoiy tarkibi Har bir mamlakat aholisining ijtimoiy tarkibi avvalo o‘sha mamlakatda hukmron bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi esa, aholining ijtimoiy tarkibini ham keskin o‘zgartiradi. Aholining ijtimoiy tarkibini xarakterlovchi belgi ishlab chiqarish munosabatlaridir. Mamlakatlarda aholining ijtimoiy tarkibining o‘zgarishi esa aholi tarkibida intelektual salohiyatga ega bo‘lgan kishilarning (ko‘payishiga olib keladi) miqdoriga bog‘liq. Bundan buyon aqliy mehnat sohasida band bo‘lgan kishilar ko‘payib boradi. Bu sohaga o‘rta maktab ham, oliy ta‘lim tizimi ham, bilimlarni ommalashtirishgan nashriyot faoliyati ham, radio, televideniya ham kiradi. Aholining ijtimoiy tarkibiga kiruvchi ishchilar guruhidan malakali mutaxassislar, xizmatchilarga talab doimiy ravishda ortib bormoqda, bu talabning oshishi 20 asrning ikkinchi– yarmida migratsiyaning yana bir shakli ―oqillar ketishi‖ deb nomlangan migratsiya boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. Aholining ijtimoiy tarkibini belgilovchi yana bir ko‘rsatkich – aholining bilim darajasidir. Bilim darajasi-aholinining sifat ko‘rsatkichlaridan biri. Aholining sifat tushunchasi turmush va ovqatlanish sharoiti, sog‘ligi, yangilanishlarni qabul qilib olishi, malakasini o‘z ichiga oladi. BMTning bolalar fondi ko‘rgazmali tasvirida tasvirlangan afrikalik qiz ―Sen katta bo‘lganingda qanday bo‘lishni xoxlaysan?‖ – degan savolga eng qisqa qilib ―Tirik bo‘lishni‖, - deb javob qiladi. ―20 asr o‘lati‖ nomini olgan SPID yuqumli kasalligi ham global muammoga aylandi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy tarkiblaridan yana biri aholining savodxonlik darajasidir. BMT ma‘lumotiga ko‘ra hozirda dunyoda 900 minga yaqin kishi o‘qishni ham yozishni ham bilmaydi. Jarayondagi ilmiy xodimlar soni 5,5 millionga yaqin. Industrial mamlakatlar qatoriga g‘arbiy, shimoliy va janubiy Evropa mamlakatlari, AQSh, Kanada Avstraliya, Yaponiya hamda Argentina, Liviya va boshqa davlatlar kiradi. Ularda noishlab chiqarish sohasiga jami band aholining 50- 70% i to‘g‘ri keladi. Butun dunyo aholisining 45% i yoki 2 milliarddan ortiqroq qismi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. Shundan 350 milliondan ziyod aholi sanoatda, 1,7 milard kishi yoki iqtisodiy faol aholining 70% dan ko‘prog‘i qishloq xo‘jaligida banddir. Sanoat va qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholi, aholining ijtimoiy tarkibidagi eng katta guruhlar hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda talabalarni ham alohida ijtimoiy tarkib qilib ajratiladi. Aholining ijtimoiy tarkibidan kelib chiqadigan yana bir holat mamlakatlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaMM dir. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling