Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Ta’lim tizimidagi keng ko’lamli islohotlarning mohiyati va ahamiyati


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Ta’lim tizimidagi keng ko’lamli islohotlarning mohiyati va ahamiyati. 
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan maqsad yurtimizda sog‘lom va 
barkamol, bilimli, yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni 
shakllantirishdan iborat. Aynan shu maqsadga erishish uchun mamlakatimizda 1997 
– 2010 yillarda keng miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirildi. 
Uning zamirida aholining uzluksiz ta‘lim olishini ta‘minlash, 12 yillik majburiy 
ta‘limga, jumladan, 9 yillik maktab ta‘limi va undan keyingi 3 yillik o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta‘limiga bosqichma-bosqich o‘tildi.
Bu davr oralig‘ida 1500 dan ziyod o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari va 
akademik litseylar qurib bitkazildi. Ta‘limning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlari 
qayta ko‘rib chiqildi va zamonaviy xalqaro talablarga mos holga keltirildi. 2004 – 
2010 yillarda Maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi amalga 
oshirildi. Bu davr mobaynida 7800 tadan ziyod umumta‘lim maktabi yangitdan 
qurildi, ta‘mirlandi va rekonstruktsiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga 
etdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy 
davlat dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida ta‘lim jarayonining barcha 
bosqichlarini qamrab oladigan, zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va 
kompyuter texnikasi bilan jihozlangan umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari 
va akademik litseylar, oliy ta‘lim muassasalaridan iborat, yuqori talablarga javob 
beradigan uzluksiz ta‘limning yaxlit tizimi yaratildi (10, 11 va 12-jadvallar).
 
10-jadval. Maktab ta’limi rivojining ko’rsatkichlari 
 
Ko’rsatkichlar 
1990
yil 
2000
yil 
2005 
yil 
2009 
yil 
Darsliklar bilan ta‘minlash 
55,4 
76 
99,5 
100 
Kompyuter o‘quv xonalari bilan ta‘minlash 
(maktablar soni foiz nisbatida) 
2,4 
10,4 
46,4 
68,2 
Zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan 
ta‘minlanganlik (maktablar soniga nisbatan foiz 
hisobida) 
16,4 
21,5 
69,3 
71,5 
Maktabdan tashqari ta‘lim muassasalari soni 
371 
483 
563 
575 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling