Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
-jadval. Bolalar sportining rivojlanishi
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
11-jadval. Bolalar sportining rivojlanishi Ko’rsatkichlar 1990 yil 2000 yil 2010 yil 2012 yil Bolalar sporti maskanlari soni 1825 2783 5980 6190 84 12-jadval. Oliy ta’limning rivojlanish ko’rsatkichlari Ko’rsatkichlar 1990-1991 o’quv yili 2000-2001 o’quv yili 2010-2011 o’quv yili 2012-2013 o’quv yili Oliy o‘quv yurtlari soni 37 60 66 66 Xorijiy oliy o‘quv yurtlari filiallari – 1 6 6 Shu bilan birga, amaldagi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ta‘lim tizimidagi o‘zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida tubdan isloh qilishning ob‘ektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon bo‘ldi. Ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning amaldagi ikki bosqichli tizimi (fan nomzodi va fan doktori) rivojlangan demokratik davlatlarda qabul qilingan oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlashning zamonaviy, xalqaro tan olingan talablariga mos kelmaydi. Bugungi kunda amal qilayotgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi ta‘lim jarayoni bakalavriat va magistratura standartlariga o‘tkazilganidan so‘ng nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish mohiyatan ortiqcha ekanini ko‘rsatmoqda hamda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri dissertatsiya himoya qilishni nazarda tutadigan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limning bir bosqichli tizimini joriy qilish zarurligini taqozo etdi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor vazifalarini va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlarni, ilg‘or jahon tajribasi va ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish maqsadida 2012 yil 24 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida‖gi Farmoni qabul qilindi. Prezident Farmoniga ko‘ra, 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab, umumiy qabul qilingan xalqaro talab va standartlarga muvofiq, dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limning bir bosqichli tizimi joriy qilindi. Shuningdek, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar instituti bekor qilinib, unda ta‘lim olayotgan shaxslar, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim tizimining yangi talablariga muvofiq, attestatsiyadan o‘tkazilib, dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari tanqidiy qayta ko‘rib chiqilib, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga o‘tkazildi. 2012 yil 16-17 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferentsiya uzluksiz ta‘lim va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi. Unda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish natijasida mamlakatimiz tanlagan taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ning ajralmas tarkibiy qismi ekani alohida ta‘kidlandi. Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlash, uzluksiz ta‘limni isloh 85 qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular AQSh, Frantsiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular garchi umumiy qoida va yo‘nalishlar bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, lekin mazkur mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib farqlanadi. Masalan, Yaponiya ta‘lim tizimida oila omiliga katta e‘tibor berilgan. AQSh va Frantsiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda o‘zini oqlagan va samara bergan modellarni o‘zga davlatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab yoki tatbiq etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganilib, milliy hamda yurtimizga xos bo‘lgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, ilm-fan va ishlab chiqarish tizimlarining yaxlit ma‘rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-ma‘naviy mushtarakligidan tashkil topgan. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling