Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Hozir Respublikamiz xalq xo‘jaligining barcha sohalariga, shuningdek fan va 
madaniyat uchun ham zarur kadrlarni oliy ta‘lim, o‘rta maxsus o‘quv yurti tayyorlab 
beradi. Yildan yilga Respublikamiz xalq xo‘jaligida ishlaydigan malakali 
mutaxassislar soni ko‘payib bordi. O‘zbekiston keyingi vaqtlarda industrial 
taraqqiyotning jadallashuvi bilan hunar–texnika bilim yurtlari (hozirgi kunda 


82 
kollejlar) orqali malakali ishchilar tayyorlashga alohida e‘tibor berila boshladi. Shu 
yillarda O‘zbekiston xotin–qizlar hayotida ham sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ldi.
Ma‘lumki xotin – qizlarning jamiyatdagi tutgan o‘rni va huquqlari turli 
davrlarda turlicha bo‘lgan. Inqilobdan avval o‘zbek xotin qizlari ishlab chiqarishda 
kamdan – kam qatnashganlar, asosan uy – ro‘zg‘or ishlari, bola tarbiyasi bilan 
mashg‘ul bo‘lganlar. Hozirgi vaqtda o‘zbek xotin qizlari xalq xo‘jaligining barcha 
tarmoqalrida faol mehnat qilmoqdalar. O‘zbekiston endilikda barcha fan sohalari 
bo‘yicha ilmiy muassasalarni birlashtirgan 2 ta fanlar akademiyasiga ega.
O‘zbekistonda aholining bandlik darajasi juda murakkabdir. Mamlakatimizda 
qadimdan qishloq xo‘jaligi rivojlanganligi va tabiiy sharoitning qulayligi tufayli 
aholining taxminan 36%dan ortiqrog‘i qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi. 
Shuningdek sanoat ham mamlakatimizda istiqbolli sohalardan biri bo‘lib unda 
aholining taxminan 12,6% qismi faoliyat ko‘rsatadi.
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalik yuritishning reindustrial 
shakli ommalashib borayapti (ya‘ni nomoddiy sohaning rivojlanishi). O‘zbekistonda 
esa xo‘jalik yuritishning bu shakli hozirgi kunda asta–sekin rivojlanib bormoqda. 
O‘zbekistonda 1926 yilda nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan 
aholining bor yo‘g‘i 6 % i ishlagan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich ortmoqda.
Musataqillikdan so‘ng O‘zbekistonda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari 
yuqori sur‘at bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga aholi moddiy va madaniy turmush 
darajasini yuqori bo‘lishi birma–bir xizmat ko‘rsatish sohalariga bo‘lgan talabni 
oshiradi. Nomoddiy tarmoqlar ichidan sog‘liqni saqlashda aholi tezroq o‘sib 
borayapti. Moddiy tarmoqlar ichida bu jarayon qurilish va transportda ko‘proq 
kuzatilyapti.
Barcha band aholining 3|5 qismidan ko‘prog‘i nodavlat sektorga to‘g‘ri keladi. 
2001 yilda mehnat tashkilotlariga 463 ming kishidan ziyodroq aholi ish so‘rab 
murojat qilgan. Ularning yarmidan ko‘prog‘i 16-30 yoshdagilar tashkil etadi. Shu 
yilda barcha ish so‘rab murojat qilganlarning 68,7% ni talabi qondirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi makro iqtisodiyot va statistika vazirligi ma‘lumotlari 
bo‘yicha, respublikada rasman ―ishsiz‖ maqomiga 7,5 ming kishi qayd qilingan. Bu 
jami iqtisodiyotdagi faol aholining 0,4% ga teng.
Keyingi yillarda mamalakatda yangi ish o‘rinlari yaratishga katta e‘tibor 
qaratilmoqda: Ularning asosiy qismi qishloq joylarga to‘g‘ri keladi. Bu borada 
ayniqsa Farg‘ona, Samarqand, Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Umuman olganda esa mehnat resurslaridan to‘la va samarali 
foydalanish muhim muammo hisoblanadi.
Bu muammo eng avvalo davlatning ―bandlik‖ dasturi doirasida ham etilib 
boradi. Ma‘lumki jahon mamlakatlarida nomoddiy sohalardagi aholining bandligi 
oshib bormoqda. Bizda esa u hozircha kamroq. Masalan sog‘liqni saqlash, jismoniy 
tarbiya, sport, ta‘lim, madaniyat, san‘at va fan kabi ijtimoiy sohalarda band bo‘lgan 
mehnat resurslarini ulushi ko‘pgina viloyatlarda oz.
O‘zbekistonda ham endilikda nomoddiy sohada band aholi asta sekin o‘lib 
bormoqda. Ayniqsa O‘zbekistonda ilm fanga alohida e‘tiborni qaratish o‘zbek 
xalqining jahonshumul yutuqlari ifodasidir. Lekin shuni alohida ta‘kidlab o‘tish 
zarurki respublika aholisining ijtimoiy tarkibi va bilish darajasinini hozirgi talablar 


83 
doirasiga ko‘tarish uchun ham ancha ish qilinish kerak. Iqtisodning bundan buyon 
bozor munosabatlari asosida rivojlanib borishi O‘zbekistonda zamonaviy sanoat 
ishlab chiqarish malakasiga ega bo‘lgan kadrlarni ko‘plab tayyorlashni talab etadi. 
Jumladan, hozir respublikamiz xalq xo‘jaligining barcha sohalariga, shuningdek 
fan va madaniyat uchun ham zarur sog‘lom kadrlarni tayyorlashda keyingi vaqtdarda 
olib borilayotgan davlat siyosati ham katta ahamiyatga egadir.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling