Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Markaziy Osiyo aholisining geografik va demografik xususiyatlari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
3.5. Markaziy Osiyo aholisining geografik va demografik xususiyatlari 
 
Qadimiy turkiy qabilalar–antik davr va ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo 
tekisliklarida ko‘chmanchilik bilan hayot kechirgan qabilalar. Bu erda o‘ziga xos 
qabilalar ittifoqi shaklangan. Qabilalar ittifoqi–O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo 
hududida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan birlashgan ko‘chmanchilik bilan 
hayot kechiruvchi qabilalar bo‘lgan.
5
QADR-QIMMATIM, TAYaNChIM VA IFTIXORIMSAN, MUSTAQIL O’ZBEKISTON! O‘zbekistonning 22 
yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida turli sohalarda qo‘lga kiritgan yutuq va natijalari, mamlakatimizning salohiyati va 
qudrati, tub islohotlarning mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga etkazish, joylarda tashkiliy-amaliy
ijtimoiy-siyosiy, ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan 
uslubiy qo’llanma. ―Ma‘naviyat‖ nashriyoti. Toshkent – 2013. 


87 
Dunyo aholisining geografik va demografik xususiyatlari haqida so‘z borar ekan 
Markaziy Osiyo hududiga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, 20 
asrning so‘nggi yillarida ro‘y bergan ijtiomiy va siyosiy o‘zgarishlar Markaziy Osiyo 
davlatlari aholisining hayotida tub burilishlar yasadi va bu hududdagi 
mamlakatlarning demografik taraqqiyotiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatmay qolmadi. 
Binobarin Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy shakllanishidan tortib bugungi 
kundagi vaziyatini etnogeografik va demogeografik tahlil qilish orqali mintaqa 
aholisining bugungi va kelajakdagi rivojlanishi haqida xulosalar chiqarish mumkin. 
Markaziy Osiyo respublikalarining mustaqillikka erishishi bu hududdagi xalqlarning 
milliy shakllanish jarayonini tezlashtirib, yangi ijtimoiy va siyosiy munosabatlarning 
vujudga keltirmoqda. Xalqlarning sobiq Ittifoq davridagi unutilib ketayozgan milliy–
etnik qadriyatlari qayta tiklanmoqda. Mintaqa aholisining bugungi kundagi geografik 
va demografik xususiyatlarini tahlil qilish xalqlarning tarixiy shakllanish 
jarayonlarini o‘rganishdan boshlanishi kerak. 
Markaziy Osiyo xalqlari etnik jihatdan yaqinligi va tarixiy taqdirlarining 
mushtarakligi natijasida iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy taraqqiyotda umumiylikka 
egadirlar. Uzoq davom etgan etnik jarayonlar, aholining juda ko‘p migratsion 
harakati, mintaqa hududiga kirib kelgan boshqa xalqlarning aralashuvi natijasida 
mintaqa hududida yirik etnoslar shakllandi.
Tub joy millatlar bo‘lgan o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, turkmanlar, 
qoraqalpoqlar, kam sonli uyg‘urlar shuningdek sobiq Ittifoq davrida ko‘plab ko‘chib 
kelgan tatarlar oltoy til oilasidagi turk til guruhiga mansubdirlar. Sobiq Ittifoq 
davrida hududga ko‘p millatlar jumladan ruslar, ukrainlar, beloruslar, tatarlar, 
nemislar va armanlar ko‘plab ko‘chib kelishdi va hatto ayrim hududlar aholisining 
salmoqli qismini tashkil etishgan. Shuningdek hududda doimiy istiqomat qiluvchi
kam sonli boshqa millat vakillaridan arablar, eronlar, kurdlar, belujlar, uyg‘urlar, 
dunganlar, koreyslar va b. mavjud. Turk tili guruhiga mansub aholi mintaqada 70% ni 
tashkil etadi. Sobiq Ittifoq davrida asosiy millatlarning istiqomat hududlari asosida 
milliy respublikalar tashkil etildi va bu respublikalar 1991 yilda mustaqillikka 
erishganlaridan keyin ham o‘z nomlarini saqlab qoldilar. Chunki respublikalarning 
nomlanishi tarixiy haqiqatga mos edi. Respublikalar aholisini tashkil etgan 
xalqlarning tarixiy shakllanish hududlari ham respublikalar chegaralariga deyarli mos 
keladi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling