Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Tojiklar. Tojik xalqining etnogenezi eramizdan avvalgi 2 asrning oxiri va 1 
asrning boshidan boshlangan deb hisoblanadi. Bu davrda Markaziy Osiyo hududida 
mahalliy Eron til guruhiga mansub aholi bilan ko‘chmanchi turkiy qabilalarning 
aralashuvi va assimilyatsiya jarayoni boshlangan. Tojik etnosi shakllangan hududda 
qadimgi dehqonchilik bilan shug‘ullanuchi aholi baqtriyaliklar, so‘g‘dlar, qadimgi 
farg‘onaliklar, shuningdek ko‘chmanchi chorvadorlik bilan shug‘ullanuvchi saklar 
istiqomat qilishgan. Eramizgacha bo‘lgan 2 asrda Baqtriya hududiga saklar bilan 
birgalikda yuechjilar (echjilar) bostirib kirib, keyinchalik Kushon imperiyasiga asos 
solishgan. Eramizning 4-5 asrlarida Markaziy Osiyoga eftalitlar (oq xunnlar) kirib 
kelishadi.
Shuningdek 6 asrda tashkil topgan Turk xoqonligi ta‘sirida turkiy tilning 
ustunligi orta boradi. Bu hududda tojik etnosining tashkil topishida eron til guruhiga 
mansub qabilalarning turkiy tili qabilalar bilan aralashuvi katta rol o‘ynagan va uchta 
yirik etnografik guruh ajralib chiqqan bular: shimolda so‘g‘diylar, shimoli-sharqda 
farg‘onaliklar, janubda tohariylardir. Tojik xalqi etnik yadrosining shakllanishi 9-10 
asrlarda Somoniylar davlati davrida tugallandi. Shuni ta‘kidlash kerakki bu etnosning 
shakllanishiga doimiy ravishda turkiy tilga mansub qabilalar ta‘sir ko‘rsatib turgan. 
Oktyabr to‘ntarishi va Tojikiston Respublikasining tashkil topishi bilan tojik etnosiga 
Pomir tog‘ligi hududida istiqomat qiluvchi bir qancha xalqlar: yazg‘ulomliklar, 
rushonliklar, bartangliklar, oroshorliklar, shug‘nonliklar, xufliklar, bajuyliklar, 
ishkashimliklar, vohanliklar shuningdek Zarafshon daryosining yuqori qismida 
yashovchi yag‘nobliklar qo‘shildi. 
Markaziy Osiyo aholisini tashkil etuvchi millatlar asosan qishloq xo‘jaligiga 
asoslangan erlarda yashaganligi uchun ko‘p farzandlilik bu hududlar uchun odatiy hol 
edi. Oktyabr to‘ntarishi va respublikalarning tashkil topishi, mintaqada meditsina va 
aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining yaxshilanishiga sabab bo‘ldi va aholining 
tez ko‘payishiga olib keldi. 20 asr davomida mintaqa aholisi 5,5 baravar o‘sganligi 
qayd etiladi.
Markaziy Osiyo aholisining demografik rivojlanishi 21 asrning birinchi 10 
yilligida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyat mustaqil respublikalarning 
o‘z milliy ijtimoiy va siyosiy yo‘llariga ega bo‘layotganliklari bilan bog‘liqdir. Ayni 
kunlarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining 30 mln kishidan oshib ketganligi 
ma‘lumdir (13-jadval). 
Mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlari industrial rivojlanish yo‘lidan 
bormoqda. Binobarin urbanizatsiya darajasi ham shunga mos ravishda o‘sib 
bormoqda. Ayni vaqtda urbanizatsiya darajasi bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi 
eng yuqoridir (58%).
Bu ko‘rsatkich Turkmaniston Respublikasida ham o‘sib bormoqda. Mustaqil 
respublikalar aholisining yashash darajasi va iste‘mol sifatini oshirish bugungi 
kundagi respublikalar hukumatlarining asosiy vazifasidir. 
2010 yilda ekspertlar tadqiqotlariga ko‘ra Markaziy Osiyo davlatlari yashash 


90 
darajasi bo‘yicha: Qozog‘iston-o‘rta (daromadi jon boshiga-o‘rtachadan past-3 945-
12 195 AQSh dollar), Turkmaniston, O‘zbekiston-o‘rtadan past (daromadi jon 
boshiga o‘rtacha bo‘lgan-996-3 945 AQSh dollar), Qirg‘iziston, Tojikiston-past 
(daromadi jon boshiga past bo‘lgan-995 AQSh dollaridan kam.). Ayni vaqtda 
Markaziy Osiyo respublikalarida ishlab chiqarish texnologiyalarining yangi usullari 
joriy qilinmoqda. Bu esa mintaqa aholisining ish bilan ta‘minlanishi, yashash 
darajasining yaxshilanishi, binobarin demografik rivojlanishiga ijobiy ta‘sir 
ko‘rsatadi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling