Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Antropologiya – odamlarning paydo bo‘lishi, kishi organizmining evolyutsiyasi va
undagi jismoniy o‘zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek irqlarning vujudga kelishi va geografik tarqalishini o‘rganadigan fan. Aholi geografiyasining asosiy o‘rganish ob‘ekti bo‘lgan kishilarning mehnat faoliyati, turmush sharoiti va madaniyati, aholi manzilgohlarining hududiy shakllaridagi farqlar kishilar tashqi ko‘rinishidagi antropologik farqlar bilan bog‘liq emas. Sotsiologiya jamiyatimizdagi kishilar o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi. Turli maqsadlarda o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar (migratsiya sabablarini, aholininng talab va ehtiyojlarini bilish, bo‘sh vaqtdan foydalanishni o‘rganish va hokazolar) aholini geografik jihatdan ta‘riflash uchun zarur bo‘lgan muhim ma‘lumotlar beradi. Turli mamlakatlar va rayonlarda aholining mehnat sharoiti va hayoti xususiyatlarini o‘rganuvchi aholi geografiyasining ko‘pgina materiallari o‘z navbatida, sotsiologlarni qiziqtiradi. Aholi geografiyasining mehnat resurslari va ulardan foydalanishini o‘rganadigan yo‘nalishi iqtisodiyot fanining mehnat iqtisodiyoti va uni tashkil qilish yo‘nalishi bilan yaqindan aloqadordir. Jumladan, geograflar mehnat resurslarni o‘rganishda iqtisodchilarning mehnat balansi tuzish kabi ayrim usullaridan keng foydalanadi. Ammo iqtisodchilar va geograflar mehnat resurslarini o‘rganishda bir- birlarining tadqiqotlarini takrorlamaydilar. Ma‘lumki, iqtisodchilar mehnat resurslaridan foydalanishning ko‘proq mehnat unumdorligi, kadrlar qo‘nimsizligi kabi masalalarni ayrim korxonalar yoki ayrim xo‘jalik tarmoqlari miqyosida o‘rganadilar. Geograflarning asosiy vazifalari esa, mehnat resurslarining hududiy tashkil topishi va ulardan foydalanishning hududiy masalalarini tahlil qilishdan iborat. Nihoyat, aholi geografiyasi bir qator ilmiy-amaliy fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Chunonchi, rayon planirovkasi aholi geografiyasi bilan ayniqsa mustahkam aloqadadir. Shuningdek, aholi geografiyasi har bir rayonning tabiiy– iqtisodiy sharoitlarini e‘tiborga olgan holda, ularning rivojlanish istiqbollari haqida 12 asosli takliflar berishi mumkin. Aholi geografiyasi o‘z navbatida, ilmiy-amaliy fanlarning ayrim me‘todlaridan (texnikaviy-iqtisodiy hisoblar, har xil variantlarni taqqoslash) foydalanadi. Rayon planirovkasi rayondagi barcha korxonalar, yo‘llar, aholi manzilgohlari, dam olish joylarini oqilona joylashtirish bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun bunday hamkorlik aholi geografiyasi uchun ham, rayon planirovkasi uchun ham muhimdir. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling