Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
“Aholi geografiyasi” oldida bir qancha muhim vazifalar turadi:
Birinchidan, mamlakatimiz aholisi va xorijiy mamlakatlar aholisi haqida, ularning soni va o‘sishi, hududiy joylashuvi, xalqlar geografiyasi, xalqlar migratsiyasi, turli mamlakatlarda sharoitga qarab shaharlarning rivojlanish muammolari va boshqa ma‘lumotlar bilan keng kitobxonlar ommasini va shuningdek bevosita amaliy maqsadlar uchun qiziquvchi tashkilotlarni ta‘minlaydi. Xalqimizning madaniy talablarini va tegishli rejalashtiruvchi organlar ehtiyojini mamlakatimiz yoki xorijiy davlatlar aholisi geografiyasi bo‘yicha maxsus kitoblar yozish, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy ommabop kitoblar va risolalar yozish, ayrim mamlakatlar va tumanlarga bag‘ishlangan geografik asarlarning aholiga bag‘ishlangan maxsus boblarini yozish yo‘li bilan qondirish mumkin. Ikkinchi muhim vazifa aholi geografiyasining nazariy masalalari ustida ishlashni davom ettirish. Uchinchi vazifa – aholi geografisi bevosita amaliy vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadqiqot ishlarini kuchaytirish. Mamlakatimiz butun hududi bo‘yicha ayniqsa qishloq aholi manzilgohlarida maktab, savdo korxonalari, madaniyat muassasalarini oqilona joylashtirish, shaharlar va ularning hududiy guruhlarini rejali rivojlantirish, mehnat resurslaridan mumkin qadar to‘la va oqilona foydalanish masalalarini hal qilish ishiga va bu bilan shahar bilan qishloq o‘rtasidagi tafovutlarni sekin-asta tugatib borish kabi muammolarni hal qilishda aholi geografiyasi o‘z munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. 1.2. Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi juda keng va har tomonlamadir. Chunki aholiga ta‘luqli bo‘lgan masalalarga katta e‘tibor beradigan fanlar va fan tarmoqlari juda ko‘pdir. Aholi geografiyasining o‘z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan yoki hamkorlikda ishlaydigan fanlarni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin: 1) Geografiya fanining boshqa tarmoqlar bilan aloqasi. Xo‘jalik geografiyasi orqali u tabiiy geografiya bilan aloqada bo‘ladi. Har qanday ishlab chiqarish – muayyan tabiiy sharoitda va har xil tabiiy resurslardan foydalangan holda vujudga keladi va rivojlanadi. Xo‘jalikning (ayniqsa qishloq xo‘jaligining) ixtisosi va boshqa ayrim xususiyatlari ko‘p jihatdan tabiiy sharoit bilan belgilanadi. Aholi geografiyasining tibbiyot geografiyasi bilan aloqalari ham tez rivojlanmoqda. Tibbiyot geografiyasi ikki fan tibbiyot va geografiya fanlari chegarasida vujudga 10 kelib, u tabiiy muhitning hamda turli rayonlarda yashash va mehnat qilish sharoitining aholi sog‘ligiga ta‘sirini, shuningdek, ayrim kasalliklarning geografik tarqalishini o‘rganadi. Turli rayonlarga aholining gigienik yashash sharoiti nuqtai nazaridan baho berish, ovqatlanish, kiyinish xususiyatlari bo‘yicha tavsifnomalar berish ham tibbiyot geografiyasining muhim vazifalari qatoriga kiradi. Aholi geografiyasi bilan xizmat doirasi geografiyasining aloqadorligi va o‘zaro hamkorligi ayniqsa mustahkamdir. Xizmat doirasi geografiyasi aholining barcha ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatuvchi xizmat doirasi tarmoqlarining rivojlanishi darajasi va hududiy joylashishini geografik taqsimlash usulida o‘rganadi. Xizmat doirasi geografiyasi o‘rganishi kerak bo‘lgan barcha masalalarning hammasi faqat aholi va aholi manzilgohlari haqidagi batafsil ma‘lumotlar asosidagina analiz qilinishi va hal qilinishi mumkin. Shuning uchun ham u dastavval aholi geografiyasi tarkibida vujudga kelgan bo‘lib, ular o‘rtasidagi aloqalar har tamonlamadir. Aholi geografiyasi geografiya fanining yangi vujudga kelayotgan turizm Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling