Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
geografiyasi, iste’mol geografiyasi
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
geografiyasi, iste’mol geografiyasi kabi yo‘nalishlari bilan ham mustahkam
aloqador. Bu har ikkala yo‘nalishda ham aholining soni, yoshi, jinsi tarkibi va boshqa ko‘rsatgichlar muhim ahamiyatga ega. Aholi geografiyasi bilan tarixiy geografiya o‘rtasidagi aloqa shundan iboratki, o‘tgan tarixiy davrlar aholi geografiyasi ichidagi maxsus yo‘nalish – tarixiy aholi geografiyasi shug‘ullanadi va u yo‘nalish shu bilan birga tarixiy geografiyaning ajralmas bir qismidir. Geografiya fanining barcha tarmoqlari va yo‘nalishlari singari aholi geografiya ham kartografiya bilan chanbarchars bog‘liqdir. Aholi geografiyasida aholi va aholi manzilgohlarining maxsus xaritalari tuziladi, ulardan keng foydalaniladi. Chunki, aholi va aholi manzilgohlariga xos bo‘lgan xilma-xil ko‘rsatkichlar, ularning hududiy joylashuvi hamda regional farqlarini xaritaga tushirish yo‘li bilan yaqqol ko‘rsatish mumkin. 2) Aholi geografiyasi bilan chanbarchas va har tomonlama aloqador bo‘lgan fanlarning ikkinchi guruhi demografiya va etnografiya fanlaridir. Demografiya va etnografiya fanlarini alohida guruhga ajratamiz, buning boisi shundaki, ular ham aholi geografiyasi singari aholini o‘rganadi. Ularning har qaysisi aholini o‘z nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. Ammo shunday masalalar borki, ularni bu fanlarning har uchalasi o‘rganadi, biri ikkinchisining materiallaridan foydalanadi. Demografiya – grekcha – demos – ―xalq‖ va grafiya – ―tasvirlash‖ so‘zlaridan iborat bo‘lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi va tarkibini, ularning o‘zgarishi va bu o‘zgarishning sabablarini, aholidagi o‘zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy omillarning aloqalarini o‘ziga xos isullar bilan o‘rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini ochib beradi. Ko‘rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya o‘rganadigan masalalar bir biriga juda yaqin. Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o‘rganadigan va aholiga ta‘luqli bo‘lgan demografik statistika tomonidan to‘planadigan ma‘lumotlardan keng foydalanadi. Demografiya ham o‘z navbatida o‘rganilayotgan demografik jarayon va ko‘rsatkichlardagi geografik farqlar va u farqlarning sabablariga qiziqadilar. Shunday qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o‘rtasida birgalikda hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator muammolar vujudga keladiki, bularni faqatgina ana shu ikki fan chegarasida vujudga kelgan yo‘nalish – demogeografiya hal qiladi. 11 Aholi geografiyasi etnografiya bilan ham chanbarchs bog‘liq. Etnografiya – xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy – tarixiy aloqalarini o‘rganadi. Etnografiya xalqlarning etnik birligi urug‘, qabila, elat, millat, xalqlarning geografik tarqalishi bilan ham qiziqadi. Xalqlarning geografik tarqalishi (xalqlar geografiyasi) masalalarini etnogeografiya o‘rganadi. Etnogeografiyani ayni vaqtda etnografiyaga ham, aholi geografiyasiga ham kiritish mumkin, to‘g‘rirog‘i, ular chegarasida vujudga kelgan yo‘nalishdir. Shunday qilib, aholi geografiyasining demografiya va etnografiya fanlari bilan aloqasi va hamkorligi juda yaqin va kengdir. Shu narsani qayd qilish kerakki, aholi geografiyasi aholini demografiya va etnografiyaga nisbatan chuqurroq va har tomonlama o‘rganadi. Chunki, aholi geografiyasi aholini o‘rganayotganda uning xo‘jalik va tabiat bilan aloqalarini chuqur tahlil qiladi, bu o‘zaro aloqa va munosabatlarning o‘rganilayotgan har bir rayonda vujudga kelish xususiyatlarini aniqlaydi, aholi geografiyasi muammolarini shular bilan bog‘lab tushuntiradi. 3) Aholi geografiyasi aloqa qiladigan fanlarning uchinchi guruhiga antropologiya, sotsiologiya, mehnat iqtisodiyoti, rayon planirovkasi kabi fanlar kiradi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling