Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

ko’rsatkichlardagi geografik farqlar va bu farqlarning sabablariga qiziqadi. Shunday 
qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o‘rtasida birgalikda hal qilinishi kerak 
bo‘lgan bir qator muammolar vujudga keladiki (aholi rivojlanishining qonuniyatlari, 
konsepsiyalari, ularni bashoratlash, aholi siyosatlari), bularni faqatgina aholi 
geografiyasi va demografiya asoslari fani hal qiladi.
Aholini ob‘ektiv ijtimoiy qonun va qonuniyatlar asosida rivojlanib borishida, 
har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar davrida aholi rivojlanishini boshqaradigan 
o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy qonun va qonuniyatlarning harakat qilishi kuzatiladi. 
Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, ularning har biriga xos ijtimoiy ishlab 
chiqarish munosabatlari amal qiladi. O‘z navbatida ularning turli davrlarda va 
mamlakatlarda aholining tabiiy va migratsion harakatini nazorat qilish, tartibga 
solishni ko‘zda tutadigan «demografik siyosat» yurgizishni taqozo etadi. 
Turli davrlarda maydonga kelgan demografik konsepsiyalar, aholini alohida 
ijtimoiy 
siyosiy 
manfaatlari 
yo‘lida yaratilganligi bilan xarakterlanadi.
Merkantilizm, maltuschilik, hozirgi zamon maltuschilari (neomaltuschilik) kabi 
demografik konsepsiya va nazariyalar shular jumlasidandir. Hozirgi davr jahon 
demografik muhiti va muammolari ham uzluksiz ravishda demografik siyosatda aks 
etishi lozim. 
Hozirgi zamon jahon demografik siyosati va konsepsiya-nazariyalarini ishlab 
chiqayotgan dunyoviy demografik institutlar (BMT, uning aholishunoslikka oid
bo‘linmalari, jahon demografik kongressi va boshqalar) dolzarb ilmiy tadqiqotlar olib 
borishmoqda. Demografik ilmiy bashoratlashning (prognozlash) dunyoviy va 
hududiy harakati amal qilmoqda. Aholi o‘sishiga xos ilmiy bashoratlashning 
demografik asoslari, usullari, ularning aniqlik darajasi va amaliy ahamiyati ortib 
bormoqda. Aholi o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tabiatni muhofaza etish 
va ekologiya muammolar, ularning sabab va oqibatlari atroflicha o‘rganilmoqda. 



O‘zbekistonda aholining o‘sishi, farovonligini ta‘minlash va salomatligini 
muhofaza etish yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlarning: «Oila yili», «Ayollar 
yili», «Onalar va bolalar», «Mustahkam oila», «Farovon turmush yili» o‘tkazilishi, 
«Sog‘lom avlod yili» ordenlarining ta‘sis etilishi va boshqa tadbirlar bugungi kunda 
respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning asosini tashkil etadi. 
Jumladan, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, jamiyat 
taraqqiyotining asosiy qonunlari ana shunday muhim nazariy masalalardan 
hisoblanadi.
Ma‘lumki, demografik jarayonlar tarixi insoniyat tarixi kabi qadimiy bo‘lib, 19-
20 asrlar davomida ancha faol tus oldi. 

19 asrda 50 mln. evropalik boshqa qit‘alarga 
ko‘chishdi. Ko‘chishlarining asosiy sababi, yashayotgan joylarida erlarning 
etishmovchiligi va ko‘chib borgan joylarida esa erlarning arzon baholarga sotilishidir. 
Ko‘chib borgan muhojirlarning ko‘pchiligi qishloq joylarida o‘rnashdilar. 19 asrning 
oxiri 20 asrning boshlarida esa migratsiya oqimi yirik sanoatlashgan shaharlarga 
qaratildi‖
1
. Migratsiya jarayonlarini o‘rganish esa uzoq o‘ttiz yillik tanaffusdan so‘ng, 
50 yillarda boshlangan bo‘lib, bu davrda Evropadagi Polsha, Germaniya, Chexiya, 
Slovakiya mamlakatlari va Rossiyaning asosan sharqiy qismi aholisi migratsiyasi 
chuqurroq tadqiq etilgan. 
Bugungi globallashuv jarayoni faol kechayotgan sharoitda demografik 
jarayonlar xususiyatlari o‘tgan asrga nisbatan tubdan farq qiladi. Ya‘ni ishlab 
chiqarish tezligi va aholi daromadlari yuqori, kommunikatsiyalar rivojlangan, qulay 
shart-sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarga mehnat resurslarining intilishi bilan 
xarakterlanadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirilgan iqtisodiyotdan 
farqli o‘laroq, demografik jarayonlarga yangicha yondashishni taqozo etmoqda. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmada demografik jarayonlarning yuqorida bayon 
etilganidek, geografik omillar bilan bog‘liq xususiyatlariga e‘tibor qaratilganligi 
muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi ham barcha Sobiq ―Ittifoq‖dagi 
respublikalar 
singari 
migratsiya 
tarixiga 
ega. 
Respublikada 
demografik 
jarayonlarning nazariy va amaliy masalalariga doir qator tadqiqotlar olib borilgan. 
Ayniqsa, davlat mustaqilligi yillarida ushbu muammolarni tadqiq etishga olimlardan 
O.B.Otamirzaev, M. Bo‘rieva, A.S.Soliev, A.A.Qayumov, Z.X.Rayimjonov va 
boshqalar munosib hissa qo‘shdilar. 
Rus olimlaridan K.V.Papenov, M.G.Trudova, V.I.Yushkovlar qishloq aholisi 
migratsiyasiga oid ilmiy ishlarni amalga oshirdilar. Shaharlar aholisi migratsiyasini 
V.I.Staroverov (Rossiya), A.Maryanskiy (Polsha), T.A.Ashimbaev (Qozog‘iston) 
kabi olimlar o‘rganishgan. Mintaqa va alohida hududlar migratsiyasini 
J.A.Zayonchkovskaya, V.I.Perevedensev, L.L.Ribakovskiy kabi olimlar chuqur 
o‘rganishgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada ba‘zi juziy kamchiliklar, munozarali qarashlar va 
atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko‘ra qo‘llanma haqidagi fikr-mulohazalarini 
bildirgan hamkasblarga muallif oldindan o‘z minnatdorchiligi va uzirini bildiradi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling