Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Aralash irqiy shakllar. Qadimgi aralash irqiy shakl yoki tiplarga “efiop” tipi
kiradi. Ularning ko‘p belgilari Arablarga o‘xshamaydi. Ammo ular negroidlar singari qora tanli. Shuningdek, G‘arbiy Afrika (Senegal, Gvineya) da yashovchi fulbe xalqlari ham aralash tiplarni tashkil qiladi. Mongoloid bilan Evropoid o‘rtasidagi qadimgi aralash shakllar G‘arbiy sibirning janubiy qismida yashaydi. Aralash irqiy shakllarning ikkinchi katta guruhi-o‘rta asrlar va yangi davr aralash shakllaridir. Bunday aralsh shakllari tarqalgan hududdan biri Markaziy Osiyo respublikalaridir. 71 Aralash shakllar o‘z navbatida ikki tipga bo‘linadi: Birinchi tipi turon tipi yoki Janubiy Sibir tipi-bu tipga asosan mongoloid irqi belgilari ko‘proq bo‘lgan, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqolpoqlar kiradi. Ikkinchi tipi- O‘rta Osiyo tipi (o‘zbeklar, turkmanlar va b.). Bularda Evropoid irqining janubiy avlodiga xos belgilar saqlangan bo‘ladi. Umuman dunyodagi uchta asosiy katta irq orasida juda ko‘plab boshqa aralash shakl va tiplar vujudga kelgan va vujudga kelmoqda. Masalan, Afrikada Sahroi Kabirdan janubda, ayniqsa arablar bosib olgan hududlarda shunday aralash irqiy guruhlar tarkib topgan. Nil daryosining yuqori oqimida Sudan aralash shakllari bunga misol bo‘la oladi. Janubiy Afrikada ham golland mustamlakachilari bilan gattentot ayollarining aralashuvidan vujudga kelgan yangi davr aralash tiplari bor. Madagaskar orolida bu erga Indoneziyadan ko‘chib kelgan janubiy mongoloidlar bilan mahalliy negroidlarning aralashuvidan malgash antropologik tipi paydo bo‘lgan. Amerikada turli irq vakillarining aralashuvidan bir necha aralash guruhlar- tiplar vujudga kelgan. Masalan, evropaliklar bilan indeetslar aralashuvidan metislar (Latin Amerikasi mamlakatlarida), bu erga keltirilgan negrlar bilan evropaliklarning aralashuvidan mulatlar vujudga kelgan. Mulatlar ko‘proq Braziliyada, Karib dengizi havzasidagi davlatlarda yashashadi. Amerika qit‘asining ayrim rayonlarida mahalliy indeyslar bilan negrlar aralashuvidan alohida tip-sambolar paydo bo‘lgan. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling