Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
3.2. Aholining etnik umumiyliklari 
Kishilarning qadim zamonlarda vujudga kelgan umumiyliklari etnik 
birliklardir. Etnik birliklarning ibtidoiy jamoa tuzumidan to hozirgi davrlargacha 
uchraydigan tushunchalari (kategoriyalari) asosan, urug‘, qabila, elat, millatlardan 
iboratdir. Kishilarning eng qadimiy etnik–birligi–urug’ (qavm) kategoriyasidir. Bu 
kategoriya asosan ibtidoiy jamoa tuzumida vujudga kelib, ana shu formatsiyaning 
asosiy ijtimoiy-iqtisodiy yacheykasi bo‘lgan va u odamlarning qon-qardoshligiga 
asoslangan edi. Urug‘chilik kishilarni xo‘jalik va ijtimoiy jihatdan bir-biri bilan 
bog‘lagan. Urug‘chilikning asosiy belgilari: 1. Urug‘ a‘zolarining bir-biri bilan qon-
qardoshligi; 2. Urug‘ a‘zolari xo‘jalik faoliyatining birligi (barcha urug‘ a‘zolarining 
jamoa bo‘lib birgalikda mehnat qilishi); 3. Ijtimoiy hayotning, turmushning va endi 
vujudga kelayotgan madaniyatning birligi. 
Hozirgi davrda urug‘chilik faqat Osiyo, Afrika va Amerikaning ayrim tog‘li 
rayonlarida va o‘rmonlarida yashaydigan hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasidan 
ajralib, ancha orqada qolgan ayrim mayda xalqlardagina uchraydi. Ammo 
urug‘chilikning ayrim qoldiqlari ba‘zan boshqa xalqlarda (masalan, Kavkazdagi ba‘zi 
xalqlarda, Hindistonda) ham uchrab turadi. Odamlar etnik birligining ikkinchi 
yuqoriroq bosqichi–qabiladir. Urug‘larning qabilalarga birlashuvi ham kishilarning 
ibtidoiy jamoa tuzimiga xos umumiyligidir.
Dastlabki qabilalarni bir necha urug‘ (odatda juft sondagi urug‘larni) 
birlashtirar, ular o‘zaro dual ekzogamiya (urug‘larning bir-biriga qiz berib, qiz olishi) 
asosida bog‘langan bo‘lar edilar. Qabilalar sekin-asta o‘zining to‘la tuzilishiga ega 
bo‘lib bordilar. Rivojlangan qabilalarning odatda, o‘z tili yoki shevasi va alohida 


72 
hududi bo‘lgan, maxsus kengash (sovet) tomonidan boshqarilgan. Kengash qabila 
tarkibiga kiruvchi barcha urug‘larning boshliqlaridan iborat bo‘lgan. Urug‘ 
boshliqlarining eng keksasi qabila boshlig‘i qilib tayinlangan. Eng muhim 
masalalarni, masalan, urush yoki tinchilik masalalari va hokazoni hal qilish uchun 
umumqabila yig‘ilishlari o‘tkazilgan. Ayrim xalqlarda hozirda ham ijtimoiy 
hayotning qabila doirasida tashkil etish haligacha saqlangan. 
Urug‘ va qabila kategoriyalaridan keyin elat kategoriyasi vujudga kelgan. Elat 
– urug‘ va qabila birliklariga nisbatan yuqoriroq bosqichdir. Elat birligi asosan 
feodalizm jamiyati davrida, ba‘zan esa quldorlik davridayoq tashkil topa boshlagan. 
Urug‘chilik va qabilachilik kishilarning ibtidoiy jamoaga, ya‘ni sinfsiz jamitga xos 
umumiyligi bo‘lsa, elat sinfiy jamiyatga xos umumiylikdir.
Bu davrda ijtimoiy mehnat taqsimoti (dehqonchilikning chorvachilikdan 
ajralishi va ulardan hunarmandchilikning alohida bo‘lib chiqishi) va u bilan bog‘liq 
geografik (hududiy) mehnat taqsimoti vujudga kela boshlaydi. Natijada mahsulot 
ayirboshlash munosabatlarining o‘ziga xos yangi shakllari shakllana boshladi. 
Urug‘chilik, qabilachilik munosabatlari yangi davrga mos kelmay qoldi. Qon-
qarindoshlik aloqalari emas, balki xo‘jalik faoliyatining xususiyati savdo yoki boshqa 
iqtisodiy munosabatlar orfali bir-biri bilan chambarchas bog‘langan muayyan 
hududiy aloqalar umumiylikning mazkur yangi shaklining negizini tashkil eta 
boshlaydi. Kishilar birligining ana shunday yangi shakli elatdir. 
Elat kishilarning millatdan oldingi tarixiy birligidir. Elatlarning o‘z nomlari, tili 
umumiy madaniyat va psixik xususiyatlari tarkib topa boradi. Elatlar hududiy 
umumiylikka ega bo‘lib, ma‘lum darajada iqtisodiy aloqalar qila boshlaydi. Bu 
belgilar millatlardagi singari hali yaxshi taraqqiy etgan emas, albatta. Elatlarning 
tashkil topishida feodalizm davriga xos jarayon-davlatlarning tashkil topishi ham 
ma‘lum rol o‘ynagan, ammo ayrim elatlarning hududiy joylashuvi ba‘zi hollarda 
davlatlarning chegaralariga to‘g‘ri kelavermas edi. Kapitalizmning taraqqiy etishi 
bilan elatlar millatlarning vujudga kelishi va tashkil topishida baza bo‘lib xizmat 
qildi. Ammo bu holda ham chegara to‘g‘ri kelishi shart emas. Masalan, bitta elat bir 
necha millatlarning tashkil topishi uchun ba‘za bo‘lib xizmat qilishi yoki aksincha bir 
necha elatlarning birlashuvidan bitta millat vujudga kelishi mumkin. 
Millat-etnosning eng yuksak darajasidir. Millat bo‘lishi uchun tili, hududi, 
umumiqtisodiy faoliyati va milliy ong shakllangan bo‘lishi kerak. Millat ma‘lum 
hududda yashovchi odamlarning ijtimoiy-etnik birligi bo‘lib, feodalizmdan 
kapitalizmga o‘tish davrida tashkil topa boshlaydi va kishilar umumiyligining o‘ziga 
xos shaklidir. Millat shu bilan farqlanadiki, millatlarda hududiy birlik, iqtisodiy va 
madaniy aloqalar mustahkam o‘rin oladi, yagona milliy til tashkil topadi, milliy ong 
rivojlangan bo‘ladi. Millat-kishilarning shunday barqaror jamligiki, bu jamlik til 
umumiyligi, hudud umumiyligi, iqtisodiy hayot umumiyligi hamda ijtimoiy 
psixologiya ba‘zi bir xususiyatlarining umumiyligi bilan bog‘langan bo‘lib, bu 
psixologiya ushbu xalq madaniyatining o‘ziga xos belgilarida mustahkamlangandir 
va ular bu xalqning madaniyatini boshqa xalqlar madaniyatidan ajratib turadi. Xalq 
tushunchasi keng ma‘noda bo‘lib, barcha etnik umumiyliklarlarning mu‘lum hudud 
(respublika, davlat yoki butun dunyo) aholisiga nisbatan ham ishlatish mumkin. 
Ayrim mamlakat yoki butun jahon aholisining milliy tarkibini aniqlash juda 


73 
mushkul vazifadir. Turli mamlakatlarda yashovchi xalqlar ro‘yxatini tuzish dastlabki 
bosqichdanoq aholining biror guruhining qandayligini: etnik birlikni ya‘ni alohida 
xalqni tashkil etadigan yoki xalqning bir qismini (etnografik guruhini) yoki birlikning 
boshqa bir ko‘rinishini, masalan davlat siyosiy ko‘rinishini tashkil etadimi ko‘rsatish 
zarur ammo bunday masalalarni hal qilish ko‘pincha qiyin bo‘ladi. Ko‘p hollarda 
etnografik guruhlar o‘ziga xos madaniy va maishiy elementlar tavofut qilibgina 
qolmay, balki alohida dialektlarda gaplashib, etnik jihatdan o‘z-o‘zini butunlay 
boshqacha anglashga ham olib keladi. Qisman ancha yaxshi o‘rganilgan xalqlarda 
(bolgarlar, polyaklar va boshqalarda) ayrim guruhlar yaqin o‘tmishda ham rasmiy 
statistika ma‘lumotlariga ko‘ra alohida xalq sifatida ajralib kelinar edi. 
Jahon mamlakatlarida konsolidatsiya (milliy jipslashish) va assimilyatsiya 
(qorishish) jarayonining keng ko‘lamga avj olish tufayli o‘ziga xos o‘tkinchi til va 
madaniy shaklli, milliy jihatdan o‘z-o‘zini anglash kabi etarli, muhum belgili aholi 
guruhlari mavjuddir. Binobarin bunday guruhlardan biriga misol qilib, 
Boshqirdistonda yashovchi tatarlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Aholining bu qismi 
hozircha tatar xalqini bir bo‘lagi hisoblanadi. 
Xalqlarni sonini aniqlashdagi qiyinchilik esa, jahon aholisini etnostatistik 
jihatdan etarli o‘rganilmaganligiga bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda butun jahon 
mamlakatlari aholi soni ro‘yxatga olindi. Biroq bunday ro‘yxatlarning ko‘pchiligi 
aholining milliy tarkibini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan. Bir qator 
mamlakatlarda milliy tarkib (yoki til) haqidagi masalaning yo‘qligi, aholining etnik 
jihatdan nisbatan bir xilligiga bog‘liqdir. Bunda maskur masala muhum rol 
o‘ynamaydi. Ammo butun dunyo aholisining milliy tarkibini bilish mushkul masala. 
Bu 
masalaning 
mushkulligi 
jahon 
aholisini 
etnostatistik 
jihatdan 
etarli 
o‘rganilmaganligidir. Hatto hozirgi aholi ro‘yxatlari o‘z oldiga vazifa qilib 
qo‘ymaydi. Bunga birqancha sabablar bor ayrim mamlakatlarda ro‘yxatlar 
o‘tkazishda milliy mansublik etnik jihatdan nisbatan bir xil bo‘ladi. Boshqa hollarda 
bunday ko‘rsatkich bo‘lmasligi mumkin.
Chunki hukmron davlatlar mayda millatlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan milliy 
muammolar go‘yo hal bo‘lgan demoqchi bo‘ladilar hamda o‘z mamlakatlarini yaxlit 
milliy mamlakat sifatida ko‘rsatishga intiladilar. Xorij ro‘yxatlarining milliy masala 
aks etgan ma‘lumotlaridan ham foydalanish ancha qiyin. Chunki, ayrim olimlar 
tomonidan qabul qilingan etnik terminologiya, hamda etnik umumiylik odatda chet el 
adabiyotlaridagi terminologiya va tushunchalardan farq qiladi.
Masalan ingliz, fransuz yoki ispan tili terminologiyasidan foydalanuvchi 
ko‘pgina mamlakatlarda «millat» tushunchasi doimo «davlat» tushunchasi bilan 
tenglashadi, «millat» termini esa davlatga mansublikni bildiradi. Ayrim aholishunos 
olimlar esa aralashtirib yuboradilar. AQShda o‘tkazilgan aholi ro‘yxatlarida millat 
masalasi irq masalasi bilan aralashtirilgan (oq tanli, negr, amerikalik, indeys, xitoy, 
yapon, filippinlik va boshqalar). 
Shuningdek dunyoning barcha qismlarida milliy jipslashish va qorishish 
jarayonlari keng ko‘lamda yoyilganligini e‘tiborga olsak, sayyoramiz aholisini milliy 
tarkibini aniqlashning mushkulligi yanada aniq ko‘rinadi. Biz quyidagi Evropa, 
Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya va Okeaniya bo‘yicha aholining milliy tarkibi 
haqidagi ma‘lumotlarni keltiramiz. 


74 
Evropa mamlakatlari aholisining milliy tarkibi bo‘yicha 3 guruhga bo‘lamiz: 1. 
Bir millatli davlatlar. 2. Ko‘p millatli davlatlar. 3. Oraliq davlatlar. Bir millatli 
davlatlarga Evropada 20dan ortiq davlatlar kiradi (Polsha, Shvetsiya, Germaniya, 
Vengriya, Daniya, Portugaliya va boshqalar). Bu davlatlarning har birida o‘z asosiy 
millati xalqning 90% ini yoki undan ortig‘ini tashkil etadi. 
Ko‘p millatli davlatlarga Buyuk Britaniya, Ispaniya, Shveytsariya, Chexiya, 
Sloveniya, Belgiya va boshqa davlatlar kiradi. Jumladan B. Britaniyaning asosiy 
millati inglizlardan tashqari, shotlandiyaliklar, irlandlar, yahudiylar va boshqa 
mamlakatlardan ko‘chib kelgan ko‘plab muhojirlar yashaydi.
Ispaniyaning shimoliy-sharqida katalonlar, shimoliy-g‘arbida galisiyaliklar va 
shimolida basklar istiqomat qiladi. Shveytsariyada ham-mamlakatning markazi va 
sharqida 
–german-shveytsarlar, g‘arbida-fransuz-shveytsarlar, janubi-sharqida 
italyan-shveytsarlar yashaydi. Manashu xalqlarning hammasi yagona shveytsar 
millatini tashkil etadi. 
Osiyo aholisining soni jihatidangina emas ko‘p millatligi bo‘yicha ham 
dunyoning boshqa qismlaridan ajralib turadi. Bu erda bir millatli davlatlar juda kam. 
Bir millatli davlatlarga asosan Yaponiya, Koreya va ayrim arab davlatlarining kiritish 
mumkin. Arab mamlakatlaridan Iroq, Suriya, Livan va shuningdek Turkiyada asosiy 
millatlardan tashqari ko‘plab mayda millatlar (kurdlar, armanlar, cherkeslar) 
yashaydi. Eron–Osiyoda aholisining etnik tarkibi xilma xil bo‘lgan mamlakatlardan 
biridir. Eronda asosiy millat eronlardan tashqari ko‘plab mayda millat va elatlar (20 
dan ortiq xalqlar) yashaydi.
Afg‘oniston, Pokiston, Myanma, Xitoy va Filippin ham ko‘p millatli 
davlatlardir. Osiyoning ko‘pchilik mamlakatlarida milliy masala hal qilingan emas. 
Ayrim xalqlar bir necha davlatlarga bo‘linib ketgan, masalan kurdlarning etnik 
hududi Turkiya, Eron, Iroq, Suriya o‘rtasida bo‘lib olingan, balujlar etnik hududi 
Eron, Afg‘oniston, Pokiston o‘rtasida, afg‘onlar (pushtular) Afg‘oniston bilan 
Pokiston, panjoblar Pokiston bilan Hindiston o‘rtasida bo‘lingan. Bunday misollarni 
bir nechtasini keltirish mumkin. Bunday hollar esa milliy o‘zaro hamkorlikni 
qiyinlashtiradi va davlatlar o‘rtasida munosabatlarda ayrim nizolarni keltirib 
chiqaradi. Kurd va pushtu muammolari milliy masala negizida kelib chiqgan va 
murakkab, keskin siyosiy muammoga aylangan. Xitoyda mayda millatlarga qarshi, 
millatlarni «Xitoylashtirish» siyosati, yahudiy-arab mojarolari ana shunday 
muammolardandir. 
Afrika aholisining milliy tarkibi o‘ziga xos, uzoq davom etgan 
mustamlakachilik afrikaliklarning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy rivojlanishini ancha 
orqada qoldirdi. Ularning yirik millatlar va elatlarga birlashuviga xalaqit berdi. 
Mutaxassislar Afrikani aholisini milliy tarkibiga qarab 3 ta etnik oblastga (viloyatga) 
bo‘ladi: 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling