Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibiga ko‘ra, mutaxassislar ikkita  oblastga bo‘lishadi: 1) Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Avstraliya va Okeaniya aholisini etnik tarkibiga ko‘ra, mutaxassislar ikkita 
oblastga bo‘lishadi:
1) Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlari. Bu mamlakatlar aholisining 
milliy tarkibi bir xil bo‘lib, avstraliyalik – inglizlardan va zelandiyalik- inglizlardan 
iborat. Avstraliya va Yangi Zelandiyaning tub xalqlari juda kam qolgan. 
2) Polineziya, Melaneziya va Mikroneziya orollari. Bu orallardagi aholi 
etnik qabila-qabila bo‘lib yashaydi. Ularda konsolidasiya (etnik jinslashish) jarayoni 
Okeaniyaning ayrim katta orollaridagina boshlangan. Hozirgi paytda elatlar sifatida 
jipslasha boshlagan xalqlarga samoaliklar, fidjiliklar, gavayliklar va taitiliklarni 
kiritish mumkin. Odatda butunlay boshqa tillarda gaplashuvchi bir necha xalq 
umumiy nom bilan Yangi Gvineya papuaslari deb ataladi. Okeaniyaning boshqa 
kichik orollarida etnik jarayonlar ham past bosqichdaligini ko‘rishimiz mumkin. 


76 
3.3. Aholining diniy tarkibi 
 
Din xudoga farishtalarga, xudo nomidan yuborilgan payg‘ambarlarga va 
muqaddas hisoblangan kitoblarga ishonishdir. Sayyoramiz aholisi juda ko‘p dinlarga 
e‘tiqod qiladilar. Hozirgi paytda Afrikaning tropik o‘rmonlarida yashovchi ba‘zi 
qabilalrida, Amazonka havzasi indeyslarida va ijtimoiy taraqqiyotdan ancha orqada 
qolgan ayrim xalqlarda, allaqachonlar tugab ketgan ibtidoiy din shakllari (totemizm, 
magiya, fetishizm, animizm kabilar) hamon saqlanib qolgan. Shuningdek ba‘zi 
xalqlar e‘tiqod qiladigan mahalliy va milliy ahamiyatga ega bo‘lgan dinlar (iudaizm, 
zardushtiylik, braxmanizm, sintoizm kabilar) ham mavjud.
Agar biz 2010 yil ma‘lumotiga ko‘ra dunyo bo‘yicha dunyo dindorlarining 
taqsimlanishini foizda ko‘rsak, quyidagicha ko‘rsatkichga egadir: xristianlar-31,70 
%, musulmonlar-23,40%, hindular-13,26%, dinsizlar-11,46%, buddistlar-7,30%, 
mahalliy xitoy dinlarining e‘tiqodchilari-6,60%, mahalliy an‘anaviy dinlarning 
e‘tiqodchilari-3,90%, sikxlar-0,36%, iudaistlar-0,21%, baxaitlar-1,11%, boshqa 
dinlar-1,7%. 
Sayyoramiz aholisining ko‘pchilik qismi (ko‘plab xalqlar, bir necha 
mamlakatlar aholisi) e‘tiqod qiladigan asosiy dinlar 3 ta: nasroniylik (xristian), islom 
va budda dinlari. Odatda bu dinlarni ―dunyo dinlari ― deb atashadi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling