Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Taxminiy hisobga ko‘ra nasroniylik diniga 2,1 milliard atrofida kishi e‘tiqod
qilishali. Nasroniylik dini eng keng tarqalgan dindir. Nasroniylik dini eramizning 1- asrining ikkinchi yarimida Rim imperiyasining sharqida paydo bo‘lgan. U o‘rta asr boshlaridayoq Evropaning barcha xalqlari diniga aylangan. Nasroniylik dinini dunyoning boshqa hududlariga kirib borishi ko‘proq buyuk geografik kashfiyotlar davriga (16 asr) to‘g‘ri keladi. Nasroniylik bir necha tarmoqlarga (mazhablarga) bo‘linadi. O‘nbirinchi asr o‘rtalarida nasroniylikning 2 mazhabi: katolik va pravoslavlar vujudga keldi. 16 asrdagi feodalizm krizisi dinga ham ta‘sir qilib, rim-katolik dinining islohatiga olib keldi. Lyuter (Lyuter Martin-1483-1546) xristian dini protestantlik asoschisi islohati tufayli Nasroniylikning 3 asosiy tarmog‘i protestantlik (lyuteranlik) paydo bo‘ldi. Nasroniylikning Rim papasi tan olmaydigan protestantlik mazhabi Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiyada va nemislar orasida tarqalgan. Buyuk Britaniyadagi anglikanlik (eng konservativ yo‘nalish) va er sharida taxminan 26 milion kishi e‘tiqod qiladigan baptistlik ham protestantlikning turlaridir. Katolik mazhabiga Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Irlandiya, Avstriya, Germaniyaning janubiy rayonlari katolik cherkovi ta‘sirida, dinchi polyaklar, chexlar, slovaklar, vengrlar katolikka e‘tiqod qiladi. Er sharida katoliklar taxminan 800 milion kishidan ortiq. Xristianlikning pravoslav mazhabiga Gretsiya aholisi, dinchi bolgarlar, ruminlar, sobiq Yugoslaviya aholisining bir qismi e‘tiqod qiladi. Xristian dini butun Amerika qit‘asida ham asosiy din hisoblanadi. AQSh va Kanadada asosan protestantlik keng tarqalgan. Biroq AQSh aholisining 1/4 qismi katoliklar, Lotin Amerikasi ham asosan katolik diniga e‘tiqod qiladi. Protestantlik, shuningdek, Avstraliya, Tinch okean orollari va Janubiy Afrikaning kelgindi aholisi o‘rtasida ham keng tarqalgan. Xristianlikning pravoslav mazhabiga yaqin bo‘lgan yo‘nalishi 77 Efiopiyada hukmronlik qiladi. Nasroniylik, shuningdek, Hindistonda (3% aholisi), Yaponiya, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika aholisining ayrim guruhlari asosida ham uchraydi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling