80
aholining aksariyati katolikka e‘tiqod qiladi. Xuddi shunday Janubiy Amerikada ham
katolik dini hukmronlik qiladi. Umuman olganda, Amerika qit‘asiga
barcha
katoliklarning yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.
Amerikada islom diniga e‘tiqod qiluvchilar AQSh aholisining ma‘lum qismi,
hamda Karib dengizi havzasidagi ba‘zi bir orollar aholisining ichida mavjud.
Avstraliya va Okeaniyada katolik dini keng tarqalgan. Keyingi yillarda xalqaro
munosabatda siyosat,
iqtisodiyot, madaniyat va mafkurada islom dinining o‘rni
kengaymoqda va ahamiyati oshmoqda (9-jadval).
Rim papasi rezidensiyasini an‘anaga ko‘ra, shveytsariyaliklar qo‘riqlaydi.
Shveysariyalik qo‘riqchilar kostyumlari 1505 yildan buyon o‘zgarmagan. Bu
liboslarni o‘z davrida Mikelanjelo o‘ylab topgan. Papaning ilgari rezidensiyasi
Avinonda bo‘lgan va 1377 yilda hozirgi Vatikanga ko‘chirilgan. Vatikan davlati 1925
yilda paydo bo‘lib, diktator Mussolina bu erlarni cherkovga sovg‘a qilgan.
Dunyo aholisining diniy tarkibini tahlil qilishda diniy ta‘limotlar va
dunyoqarashlarning tarqalish geografiyasiga e‘tibor qaratish muhimdir.
Binobarin,
dunyodagi dinlarning tarkibiy tuzilishini quyidagi 3-chizma ko‘rinishida tasavvur
etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: