Ta’lim tizimidagi keng ko’lamli islohotlarning mohiyati va ahamiyati.
O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan maqsad yurtimizda sog‘lom va
barkamol, bilimli, yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni
shakllantirishdan iborat. Aynan shu maqsadga erishish uchun mamlakatimizda 1997
– 2010 yillarda keng miqyosdagi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirildi.
Uning zamirida aholining uzluksiz ta‘lim olishini ta‘minlash, 12 yillik majburiy
ta‘limga, jumladan, 9 yillik maktab ta‘limi va undan keyingi 3 yillik o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta‘limiga bosqichma-bosqich o‘tildi.
Bu davr oralig‘ida 1500 dan ziyod o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari va
akademik litseylar qurib bitkazildi. Ta‘limning barcha bosqichlarida o‘quv dasturlari
qayta ko‘rib chiqildi va zamonaviy xalqaro talablarga mos holga keltirildi. 2004 –
2010 yillarda Maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi amalga
oshirildi. Bu davr mobaynida 7800 tadan ziyod umumta‘lim maktabi yangitdan
qurildi, ta‘mirlandi va rekonstruktsiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga
etdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy
davlat dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida ta‘lim jarayonining barcha
bosqichlarini qamrab oladigan, zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va
kompyuter texnikasi bilan jihozlangan umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari
va akademik litseylar, oliy ta‘lim muassasalaridan iborat, yuqori talablarga javob
beradigan uzluksiz ta‘limning yaxlit tizimi yaratildi (10, 11 va 12-jadvallar).
10-jadval. Maktab ta’limi rivojining ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar
1990
yil
2000
yil
2005
yil
2009
yil
Darsliklar bilan ta‘minlash
55,4
76
99,5
100
Kompyuter o‘quv xonalari bilan ta‘minlash
(maktablar soni foiz nisbatida)
2,4
10,4
46,4
68,2
Zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan
ta‘minlanganlik (maktablar soniga nisbatan foiz
hisobida)
16,4
21,5
69,3
71,5
Maktabdan tashqari ta‘lim muassasalari soni
371
483
563
575
Do'stlaringiz bilan baham: |