Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


-chizma. Dunyodagi dinlarning tarkibiy tuzilishi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
3-chizma. Dunyodagi dinlarning tarkibiy tuzilishi 
Dindorlar soni ko‘p bo‘lgan dinlar bo‘yicha mamlakatlar taqsimoti (2010 yil, 
million kishi.):
Xristianlik-(AQSh-243,0, Braziliya-173,3, Meksika-107,9, Rossiya-104,7, 
Filippin-86,3, Nigeriya-78,0, Xitoy-68,4, Kongo-63,2, Germaniya-56,5, Efiopiya-
52,0);
Islom-(Indoneziya-209,1, Hindiston-176,1, Pokiston-167,4, Bangladesh-133,5, 
Nigeriya-77,3, misr-76,9, Eron-73,7, Turkiya-71,3, Jazoir-34,7, Marokko-31,9);
Budaviylik-(Xitoy-244,1, Tailand-64,4, Yaponiya-45,8, Birma-38,4, Shri-
Lanka-14,4, Vetnam-14,3, Kamboja-13,6, Koreya respublikasi-11,0, Hindiston-9,2, 
malayziya-5,0);
Hinduiylik- (Hindiston-973,7, Nepal-24,1, Bangladesh-13,5, Indrneziya-4,0, 
Pokiston-3,3, Shri-Lanka-2,8, AQSh-1,7, Malayziya-1,7, Birma-0,8, Buyuk 
Britaniya-0,8). 
islom
xristian
Universal 
dinlar
buddizm
Jahon dinlari 
Etnik dinlar 
Dunyodagi dinlar 
An‘anaviy dinlar
Hinduizm 
iudaizm 
Sintoizm 
Daosizm, konfusiylik 


81 
Keyingi yillarda barcha jahon dinlari tarkibida miqdoriy o‘sish kuzatilmoqda, 
bunda turli diniy tashkilot va davlatlarning roli kattadir.
 
3.4. Aholining ijtimoiy tarkibi 
 
Har bir mamlakat aholisining ijtimoiy tarkibi avvalo o‘sha mamlakatda 
hukmron bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlarning 
o‘zgarishi esa, aholining ijtimoiy tarkibini ham keskin o‘zgartiradi. Aholining 
ijtimoiy tarkibini xarakterlovchi belgi ishlab chiqarish munosabatlaridir.
Mamlakatlarda aholining ijtimoiy tarkibining o‘zgarishi esa aholi tarkibida 
intelektual salohiyatga ega bo‘lgan kishilarning (ko‘payishiga olib keladi) miqdoriga 
bog‘liq. Bundan buyon aqliy mehnat sohasida band bo‘lgan kishilar ko‘payib boradi. 
Bu sohaga o‘rta maktab ham, oliy ta‘lim tizimi ham, bilimlarni ommalashtirishgan 
nashriyot faoliyati ham, radio, televideniya ham kiradi.
Aholining ijtimoiy tarkibiga kiruvchi ishchilar guruhidan malakali 
mutaxassislar, xizmatchilarga talab doimiy ravishda ortib bormoqda, bu talabning 
oshishi 20 asrning ikkinchi– yarmida migratsiyaning yana bir shakli ―oqillar ketishi‖ 
deb nomlangan migratsiya boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi.
Aholining ijtimoiy tarkibini belgilovchi yana bir ko‘rsatkich – aholining bilim 
darajasidir. Bilim darajasi-aholinining sifat ko‘rsatkichlaridan biri. Aholining sifat 
tushunchasi turmush va ovqatlanish sharoiti, sog‘ligi, yangilanishlarni qabul qilib 
olishi, malakasini o‘z ichiga oladi. BMTning bolalar fondi ko‘rgazmali tasvirida 
tasvirlangan afrikalik qiz ―Sen katta bo‘lganingda qanday bo‘lishni xoxlaysan?‖ – 
degan savolga eng qisqa qilib ―Tirik bo‘lishni‖, - deb javob qiladi. ―20 asr o‘lati‖ 
nomini olgan SPID yuqumli kasalligi ham global muammoga aylandi. Iqtisodiy 
rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy tarkiblaridan yana biri aholining 
savodxonlik darajasidir. BMT ma‘lumotiga ko‘ra hozirda dunyoda 900 minga yaqin 
kishi o‘qishni ham yozishni ham bilmaydi. Jarayondagi ilmiy xodimlar soni 5,5 
millionga yaqin.
Industrial mamlakatlar qatoriga g‘arbiy, shimoliy va janubiy Evropa 
mamlakatlari, AQSh, Kanada Avstraliya, Yaponiya hamda Argentina, Liviya va 
boshqa davlatlar kiradi. Ularda noishlab chiqarish sohasiga jami band aholining 50-
70% i to‘g‘ri keladi. Butun dunyo aholisining 45% i yoki 2 milliarddan ortiqroq 
qismi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi.
Shundan 350 milliondan ziyod aholi sanoatda, 1,7 milard kishi yoki iqtisodiy 
faol aholining 70% dan ko‘prog‘i qishloq xo‘jaligida banddir. Sanoat va qishloq 
xo‘jaligida band bo‘lgan aholi, aholining ijtimoiy tarkibidagi eng katta guruhlar 
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda talabalarni ham alohida ijtimoiy tarkib qilib 
ajratiladi. Aholining ijtimoiy tarkibidan kelib chiqadigan yana bir holat 
mamlakatlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaMM dir.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling